o’qituvchisi.
Taqrizchi:________Atamuratov A.A. UrDu “Arxitektura” kafedrasi
Katta o’qituvchisi
“Arxitektura” kafedrasining ____ _____2022 yildagi yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnoma № __.
“Arxitektura”
kafedrasi mudiri:_______________arx.f.n.,dots. Setmamatov M. B.
Mazkur “ishchi dastur” texnika fakul’teti ilmiy kengashida ko`rib chiqilgan va ma’qullangan ___ ______ 2022 yildagi № ___- sonli bayonnoma
UrDU texnika fakulteti dekani
Fakultet kengashi raisi:___________ f-m.f.n., dots. Qurbanov M.Q.
KIRISH
Dastur shaharsozlik va me’moriy yodgorliklarning ta’riflari, ularning tarihiy va badiiy – me’moriy qiymatlarni aniqlash, ularga nisbatan qo’llanilishi mumkin bo’lgan qayta tiklash va ta’mirlash tadbirlarini o’tkazish loyihalarini tuzish, ulardan zamonaviy maqsadlarda foydalanish xamda bunday yodgorliklar bilan bog’liq bo’lgan boshqa masalalarni qamrab olgan.
Fanining maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak mutahasislarni o’z faoliyatlarida shaxarsozlik va me’moriy yodgorliklarning munosib ravishda qadrlay oladigan darajada tayyorlashdan iborat.
Fanning muhim vazifalari qatoriga talabalarda tarihiy joylarni, me’moriy majmualarni, osori – atiqalarni zamon talablariga ko’ra tahlil qilishga, ularni malakali baholashga, muayyon vaziyatlarni inobatga olgan holda bunday yodgorliklarga nisbatan lozim bo’ladigan tadbirlar turlaridan eng optimalini tanlay olishga o’rgatishni va bunga mos ravishda talabalarda kerakli bilim va malakani shakllantirishni o’z ichiga oladi.
Fan bo`yicha talabalarning tassavur bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar.
“Arxitektura yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash” fanini o’qitish jarayonida talabalar:
Me’moriy va shaxarsozlik merosiga doir qonunchilik bo’yicha,
Qayta tiklash va ta’mirlash nazariyasi boyicha bilimlarga ega bo’lishlari,
Tarihiy joylarni qayta tiklash: qo’riqhonalar tashkil etish, saqlangan obidalarni inobatga olgan holda hududlarni qayta tiklash xamda ayrim me’moriy obidalarga, ularning tarihiy – badiiy qiymatlariga ko’ra konservatsiya, anastiloz, ta’mirlash, yodgorliklarni yangi funksiyalarga moslashtirish va boshqa usullarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishlari,
Tarihiy mahallalarni, me’moriy majmualarni qayta tiklash loyixalarini, ayrim osori – atiqalarni ta’mirlash loyixalarini tuzish xamda ularda qabul qilingan yechimlarni ilmiy jihatdan asoslab berish (ximoya qilish) malakalariga ega bo’lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |