Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Sharq va g‘arb falsafasida inson muammosi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Sharq va g‘arb falsafasida inson muammosi. Qadimgi Sharq, xususan
Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda rioya qilish inson hayotining muhim manosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan meyorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim. SHu manoda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»107. Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, yani antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb elon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy talimoti – jaynizm nuqtai nazaridan inson o‘zining manaviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va og‘ir yo‘l – jonning erkinlashuvi yo‘lini bosib o‘tishi lozim. Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi. Jumladan al-Forobiy fikricha “Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat o‘ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq etish, yani joriy qilishga qobil emas”1. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch tasir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo‘lib, o‘z mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining tashqi voqealarga tasir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy tabiri bilan “moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga ko‘tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko‘zni solishtirlandek bo‘ladi”2. Agar quyosh bo‘lmasa, inson narsalarni ko‘ra olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhi da paydo bo‘lganidan keyin, aqliy quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, yani aqlli mavjudod. Yusuf Xos Xojib fikricha inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam vaqti etgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan o‘tgandan so‘ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji boricha o‘zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb takidlagan Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi tabiat o‘zining barcha tog‘lari, okeanlari, daryolari, o‘zining Cheksiz kuchlari, Cheksiz rang-barangligi bilan juda ulug‘vor, lekin undan ham ulug‘vorroq dunyo borki, bu insonning ichki dunyosidir. U quyosh, yulduzlar, Yer va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sig‘maydigan dunyodir. G‘arb odami tashqi dunyoda «o‘ziniki» bo‘lganidek, bu ichki dunyoda Sharq odami ham xuddi shunday «o‘ziniki»dir. SHu bois... G‘arb manaviy dunyo nima ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, dunyoning siri va mazmuni nimada ekanligini anglab etmoqchi bo‘lsa, u Sharq oyoqlari ostiga cho‘kib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo hozir malum manaviy uyg‘onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan oladi»108... Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar odamlar o‘z holiga qo‘yilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo nematini qo‘lga kiritish kamdan –kam kishiga muyassar bo‘ladi. Xayr va shayorr oralig‘ida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim bo‘lganida, unda sharrni tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik ko‘proq. Adolatsizlik va boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. Shuning uchun jamiyatda kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun maxrifatga erishmoq zarur. Keltirilgan so‘zlar nafaqat teran manoga ega, balki hozirgi dunyoning globallashuvi va yagona insoniyatning shakllanishi nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi. G‘arb falsafasida inson. Kosmotsentrizm nuqtai nazaridan inson avvalo kosmosning bir qismi sifatida, «kichkina dunyo» sifatida (Demokrit), bazan jonli organizm sifatida tasavvur qilinadigan makrokosm bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan mikrokosm sifatida idrok etiladi. Antik faylasuflar Koinotni va unda mavjud tartibni tushunish orqali insonning o‘zini ham anglab etish mumkin deb hisoblaganlar (Platon, Aristotel). Bunda tafakkur, bilim, aql-zakovat va donishmandlik muhim rol o‘ynagani bois, ular doim kosmotsentristlar tomonidan yuksak baholangan, inson va uning qobiliyatlariga baho berishda birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Bunday qarashlar Evropa falsafiy ananasida V asrgacha, ularning o‘rnini teotsentrizm konsepsiyasi egallagunga qadar kuzatiladi. Bu konsepsiyaga muvofiq hamma narsani Xudo belgilaydi. Teotsentrizm nuqtai nazaridan insonning mohiyatini anglab etish, masalan, qadimgi yunon faylasuflari yoki keyingi falsafiy konsepsiyalardagi kabi oqilona fikrlash yo‘li bilan emas, balki Muqaddas Kitobda tariflangan vahiylar yordamida amalga oshiriladi. Bu vahiylarni faqat Injil aqidalariga e’tiqod qilish orqali tushunib etish mumkin. Teotsentrizm nuqtai nazaridan e’tiqod nuridan charog‘on bo‘lgan aql dunyodagi ilohiy tartibning tarkibiy qismi sanalgan va «Xudoning timsoli» sifatida amal qiladigan insonning o‘zini emas, balki uning bazi bir jihatlarinigina aniqlashga yordam beradi. Ayni shu sababli xristianlik, Xudoni oliy mohiyat deb etirof etadigan va insonga U yaratgan banda sifatida qaraydigan boshqa teotsentrik falsafiy tizimlar kabi, insonni Xudoning o‘zi singari tagiga etish mumkin bo‘lmagan sir, jumboq deb elon qiladi. Uyg‘onish davrida inson o‘zlikni anglash tuyg‘usi va ijtimoiy nuqtai nazari o‘sishi natijasida o‘z manfaatlarini ifoda eta boshladi. Inson shaxs sifatida kamol topdi, o‘zini o‘z shaxsiy hayoti va taqdirining bunyodkori sifatida tobora kuchliroq anglay boshladi. Inson mustaqillikka va tabiatni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qildi, o‘z ijodiy imkoniyatlari Cheksiz ekanligiga ishona boshladi. Mazkur qarashlar italyan faylasufi Piko della Mirandolaning «Inson qadr-qimmati haqida so‘z» deb nomlangan mashhur asarida o‘z aksini topdi. Tasviriy sanat, memorchilik, axloq, estetika, adabiyot va pedagogikani yaxshi tushunadigan har tomonlama komil inson o‘sha davrning idealiga aylandi. Uyg‘onish davri bu idealga to‘la mos keladigan Leonardo da Vinchi, Alberti Bottichelli, Rafael kabi atoqli shaxslarni dunyoga berdi. O‘sha davr falsafasida insonga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bilan bir qatorda tabiatga bo‘lgan qiziqish ham tiklandi. N.Kuzanskiy, J.Brunoning panteistik konsepsiyalari xristianlar Xudosini siqib chiqara boshladi. Yunonlarning kosmotsentrizmi tabiiysentrizm sifatida qayta anglab etildi. Bunda antik faylasuflarning markazida Yer joylashgan pirovard kosmos haqidagi tasavvurlari Cheksiz va markazsiz kosmosga o‘rin bo‘shatdi. Bunday kosmos umumiyroq va kengroq tushuncha – «tabiat» bilan tenglashtiriladi. SHundan beri u turli falsafiy tizimlarda faol o‘rganiladi. Xususan, Marifat davri falsafasida fundamental tushunchaga aylanadi, SHelling ijodida markaziy o‘rin egallaydi, shuningdek ekologiyaga qarab mo‘ljal oluvchi ayrim hozirgi falsafiy konsepsiyalarda dunyo va insonni tushunishda tayanch nuqtasi hisoblanadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra inson tabiatning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Bunday qarashlarning izchil tarafdorlari, masalan, XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan ijtimoiy ekologiya namoyandalari etiborni haddan tashqari keng qaratadigan tabiatdan uning muayyan qismiga – inson o‘z hayot faoliyatini amalga oshiradigan biosferaga qaratish lozimligini qayd etadilar va bunda antropotsentristik qarashlardan voz kechib, ularni biosferotsentrizm bilan almashtirishni talab qiladilar. Biosferotsentrizmda falsafiy tadqiqotlar markaziga inson o‘rniga tabiatni qo‘yish taklif qilinadi va shu tariqa tabiat inson ehtiyojlari nuqtai nazaridan qaralmaydi, inson mohiyati va uning ehtiyojlari esa tabiiy qonunlarni va biosferaning tadrijiy rivojlanish tendensiyalarini bilish nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling