Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Global jarayonlarning shakllanish tarixi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Global miqyosdagi muammolar ilmiy munozaralar predmeti sifatida XX asrning 60-70 yillarda jahon hamjamiyatida jiddiy qiziqish uyg‘otgan. Dastlab 1930 yillarda E.Lerua, Teyyar de SHarden va V.I.Vernadskiylar insoniyat hamjamiyatining global mohiyatini va uning Erdagi yashash tarixi uchun masuldir deganlar. Keyin bu masala malum vaqtga unutildi va bir necha yildan keyingina 1970-80 yillarda yana esga olindi. Bugungi kunda globallashuv jaryonining jadallashuvi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro tasir dialektikasi qonunlari asosida ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga, tasir o‘tkazmoqdaki, bu o‘z navbatida yoshlardagi ijtimoiy masullik jarayoni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, texnika-texnologiya, xalqaro axborot almashinuvining jadal rivoji bilan o‘zaro aloqadorlikda yuzaga keladi.
Globallashuvning asosiy ko‘rinishlari, tendensiyalari va oqibatlari tevaragidagi munozaralar so‘ngi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg‘in tus olmoqda. Bugun nafaqat bir davlatda, balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash olib borayotgan "globalistlar" va "anti globalistlar"ga ajraldi. Ayrim olimlar globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va yanada ko‘prok erkinlik, yani ko‘chib yurish, to‘liq axborot olish, ko‘proq xaq to‘lanadigan joyda ishlash, eng yaxshi universitetlarda talim olish erkinligi bilan bog‘lasalar, boshqalar uchun esa globallashuv insoniyatga tahdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi, nazoratsiz migratsiya omillarining vujudga kelishi, ishsizlarning ko‘payishi, ananaviy qadriyatlarga putur etishi kabi muammolarni tug‘diruvchi jarayon sifatida baholamoqdalar. Bizning nazarimizda, globallashuv, eng avvalo, taraqqiyot suratlarining tezlashuvi orqali butun insoniyat yalpi Yer shari taqdirini birlashtirayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy-axloqiy, madaniy-ruhiy hodisa sifatida o‘zini namoyon etayotgan bir paytda, uning yaxlit mohiyatining ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ayni shu nuqtai-nazardan qaraganda, globallashuv odamlar orasida malum bir universal va umumhajmli aloqani o‘rnatishni nazarda tutadi. Globallashuv jarayonining yani bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy tasir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganligini har qanday odam ham sezishi qiyin albbatta. Ana shunday sharoitda milliy manaviy qadriyatlarimizni tiklash yoshlar tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling