Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Globallashuv hodisasi va globalistika


Download 1.22 Mb.
bet123/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Globallashuv hodisasi va globalistika. Bugun globallashuv jarayonining turli mamlakatlarda o‘tkazayotgan tasiri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, manaviy va boshka sohalardagi salohiyatiga bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy tasirini kamaytirish va ijobiy tasirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim.
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, manaviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro tasir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Albatta, globallashuv tushunchasiga berilgan tariflar juda ko‘p. Masalan, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi globallashuv jarayonining uch belgisini quyidagicha keltiradi:

  1. globallashuv bu – doimiy davom etuvchi tarixiy jarayon;

  2. globallashuv bu – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; 3) globallashuv bu – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni119.

XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, yani tashkillashuvi kuchaygandan so‘ng, bu jarayonning o‘zi ham shiddatli tus oldi. Bugungi globallashuv jarayonida asosiy etibor iqtisodiyot sohasiga qaratiladi. Ammo, bu jarayonning manaviyatga, madaniyatga tasiri ijtimoiy fanlarda etarlicha tadqiq etilmagan.
CHetdan o‘tkaziladigan mafkuraviy tasirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval qanday tasirlarni maqullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish zarur. Hozirgi kunda birorta ham xalq yo‘qki, u boshqa xalqlar madaniyati va manaviyatidan to‘lik to‘silgan bo‘lsa. qolaversa tarix boshqa xalqlar manaviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar manaviyati yuksaklikka erishganidan guvohlik beradi. Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari manaviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o‘rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina manaviyat cho‘qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga tasir o‘tkazayotgan yoki tasir o‘tkazmoqchi bo‘layotgan g‘oyalarni qay birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o‘tkazish uchun bazan hafsalasizlik, baza XX asr insoniyat taraqqiyotida ko‘plab yirik o‘zgarishlar, tarkibiy siljishlar, buhronlar (krizislarga) asri sifatida o‘rin oldi. Insoniyat o‘z taraqqiyot yo‘lida hamkorlikda va hamjihatlikda hal etishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘lami, sohalari tobora orta bormoqda. YAngi ming yillikda bu o‘zgarishlar yanada chuqurlashuvi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib borishi tabiiydir.
Globallashuv o‘z mohiyati jihatidan koinotimizdagi har bir inson, har bir davlat, qolaversa jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan va uni faqatgina xamkorlikdagina hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘z tarkibiga oladi. Global jarayon asosiy ziddiyati shakllanayotgan umuminsoniy turmush tarzi bilan milliy turmush tarzlari o‘rtasidagi farq va tafovudlarni umumiy maxrajga olib kelishi masalalari bilan bog‘likdir. Ammo umumbashariy turmush tarzlarining ijobiy, asosli, barcha millatlar va elatlar qabul qilgan jihat va hislatlarini umumlashtirish asosida quriladi. SHu nuqtai nazardan olganda, har bir xalqning turmush tarzi uziga hos ijobiy hislat va xususiyatlarini saqlab qolgan holda, umuminsoniy mazmunga
ega bo‘lib, barcha xalqlarning asosiy talablariga javob berishi kerak. L.E.Grininning fikricha, “Globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir”. U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi tarifni beradi. “Globallashuv bu jarayon, uning natijasida dunyo o‘zining barcha subektlariga yanada aloqador va yana ham bog‘liq bo‘ladi”.
2006 yilda “Globallashuv” tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan tasirini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari hamkorligida “Globalistika mejdunarodnыy mejdissiplinarnыy ensiklopedicheskiy slovar” tayyorlanib elon qilindi. Unda globallashuv tushunchasiga olimlar turlicha tarif berganlar va uning tasir doirasini aniqlashga harakat qilingan. Lekin ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy manaviyatga o‘tkazayotgan salbiy tasiri etibordan chetda qoldirilmoqda. Globallashuvning boshlanish davri bo‘yicha G‘arb olimlari ham turli fikrlarni ilgari surib kelmoqdalar. Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi olimlar globallashuv to‘lqinlarini mamlakatlar o‘rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning natijasida iqtisodiyotdagi o‘sish bilan bog‘laydilar hamda uning boshlanish davrini XIX va XX asr bilan chegaralaydilar. Ularning fikricha,
Britaniya o‘zining dengiz, industriya va moliyaviy qudrati bilan globallashuv to‘lqinining birinchi bosqichi kafolati bo‘lgan. Ular globallashuvning ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970 yillarning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada sodir bo‘lgan inqiloblar asosida boshlanganligini takidlaydilar120. Aslida globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli daraja va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Dastlab, u stixiyali ravishda kechgan bo‘lsa, malum vaqtdan keyin iqtisodiyotni taraqqiy ettiruvchi omilga aylangan.
Uning bu imkoniyatidan hamma manfaatdor bo‘lgan va bu jarayonning avj olishi XXI asrga kirib kelish davriga to‘g‘ri kelmoqda.
Hozirgi kunda “globalistika” termini zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo uning manosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Bazilar bu yangi fan, u hali shakllanish jarayonida deb aytsalar, boshqalar ilmiy bilish integratsiyasi natijasi deb bilib, o‘ziga xos fanlararo tadqiqotlar sohasi, deb tan olmoqda.121 Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy ustunligi – talim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni manaviy rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling