Asr yutuqlari manaviyatga hizmat qilsin, internet ajal to'RI


Download 16.58 Kb.
Sana20.03.2023
Hajmi16.58 Kb.
#1285227
Bog'liq
ASR YUTUQLARI MANAVIYATGA HIZMAT QILSIN


ASR YUTUQLARI MANAVIYATGA HIZMAT QILSIN, INTERNET AJAL TO'RI
Ma’lumki, bugungi kunda butun dunyo oldida turgan global muammo bu – giyohvandlik muammosidir.

Samarqand qishloq xo’jalik institutining veterinariya, qorako'lchilik va zootexnika fakultetida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning bosh maqsadi ham ayni shu masalalarga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.


Tadbirni institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektori A. Hamzayev kirish so’zi bilan ochib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan keng ko’lamli imkoniyatlar va shart-sharoitlar hamda bu sharoitlardan yoshlar to’g’ri foydalanishlari zarurligi haqida ma’ruza qildi. Shundan so’ng tadbir mavzusi bo’lgan giyohvandlikning salbiy oqibatlari, bu jirkanch illatni keltirib chiqaruvchi omillar haqida ham talabalarga tushuntirishlar o'tkazdi. Shuningdek, A. Hamzayev o’z so’zida mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi olib borilayotgan keng ko’lamli kurash choralari, bu illat ta’siriga tushib qolishning ayanchli oqibatlari xususida aniq dalillar yordamida ma’lumotlar berib o’tdi. Shundan so’ng giyohvanlikka qarshi kurashish maqsadiga yo’naltirilgan, mavzuning mohiyatini ochib beradigan "Ajal to’ri” deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi. 


Talabalar ushbu filmni tomosha qilish jarayonida anglab yetdilarki, inson bolasi giyohvand bo’lib tug’ilmaydi, balki u atrof-muhit va tarbiyadagi loqaydliklarning oqibatida ana shu kabi illatga yaqin borib qolishini o’zlari ham sezmay qoladi.


Tadbir so’ngida ma’ruzalar va namoyish etilgan film syujetlari bo’yicha fikr va mulohazalar ko'rib chiqildi . 

ASR YUTUQLARI MANAVIYATGA HIZMAT QILSIN, INTERNET AJAL TO'RI
Download 16.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling