Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Real tarif chin yoki xato bo‘lishi mumkin asl hukmdan iborat150


Download 1.22 Mb.
bet152/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Real tarif chin yoki xato bo‘lishi mumkin asl hukmdan iborat150.
Genetik tarifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko‘rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy birikmadir», degan tarif genetik tarifga misoldir. Bu tarifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali tariflash bilan bir xildir.
Tariflash malum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. tarif teng hajmli bo‘lishi kerak, yani aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan

aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig‘indisi teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, tarif yo haddan tashqari keng, yo haddan tashqari tor bo‘lib qoladi. Masalan, «Mantiq tafakkurni o‘rganuvchi fandir» – haddan tashqari keng, «Mantiq isbotlash tarkibini o‘rganuvchi fandir» – haddan tashqari tor tarifdir;

  1. tarif aniq bo‘lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol – uchqur ot», «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo‘lishidir» (Gegel) degan tariflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur mano bo‘lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas;

v) tarif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak. Tarif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat etilsa, tarifda aylana hosil bo‘ladi. Masalan, «Mantiq to‘g‘ri fikrlash haqidagi fandir», deyilganda tarifda aylana vujudga keladi. CHunki «To‘g‘ri fikrlash nima?» degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan holda fikrlashdir», deb javob berishga to‘g‘ri keladi, yani «mantiq» tushunchasiga murojaat qilinadi.
Tariflash qoidalari turlicha nomlanishi, har xil iboralar bilan nomlanishi mumkin, lekin mohiyatan bir xildir. Fikrimiz tasdig‘i sifatida Koen va Nagelning tarifni hosil qiluvchi qoidalar deb nomlangan qoidalariga murojaat qilsak bo‘ladi.
Tarifni hosil qiluvchi qoidalar:

  1. Tarif aniqlanuvchining mohiyatini ifoda etishi kerak. Aniqlovchi ifoda aniqlanuvchiga ekvivalent bo‘lishi zarur, yani u aniqlanuvchi ifoda etadigan barcha narsaga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lishi kerak

  2. Tarifda aylana bo‘lmasligi kerak; u ko‘rinarli yoki ko‘rinmas ravishda aniqlanuvchi predmetni o‘zidanazarda tutmasligi kerak.

  3. Tasdiqlovchi terminlarda berish mumkin bo‘lgan holda, inkor shaklda berilmasligi kerak.

  4. tarif noaniq shaklda yoki metafora orqali ifodalanmasligi kerak151.

Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‘ladi.
Masalan, «Tamagir tamagirlik qiluvchi kishidir», desak, tavtologiyaga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.
g) Tarif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak. Aks holda predmetga xos bo‘lgan belgi o‘rniga unda yo‘q bo‘lgan belgi ko‘rsatiladi. Masalan, «Ong moddiy emas», degan tarif «ong» tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling