Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Download 1.22 Mb.
bet17/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Alisher Navoiy. XIV-XV asr Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining buyuk namoyondasi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li SHohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher tug‘ilgan xonadon Temuriylar saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi.
O‘zbek adabiy tili va ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy-falsafiy fikri, madaniyatining shakllanishida alohida o‘rin tutgan alloma Alisher Navoiy ijodiyoti o‘zbek demokratik tafakkur taraqqiyotida gumanistik ijod namunasidir. Uning ijodi asosida insoniyat jamiyatining asosiy omili bo‘lgan inson va uning baxt-saodati, ma’naviy qiyofasi masalasi yotadi. Alisher Navoiy «Badoyi’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlarini, «Hamsa» nomli besh dostondan iborat asarini, so‘fiylar haqidagi «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasini, «Xazoyin ul-maoniy» devonini, «Mahbub ul-qulub», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Siroj ul-muslimin», «Muhokamat ul-lug‘atayn» asrlarini, «Lison ut-tayr» falsafiy dostonini va yana boshqa bir qancha asarlarni yozib qoldirgan. Adib qaysi sohada ijod etishidan qat’i nazar uning asarlari mohiyatida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, tolerantlik, do‘stlik va muhabbat masalalari yotadi. O‘zbek ijtimoiy falsafiy tafakkur taraqqiyotida shakllangan xususiyatlar Alishen Navoiy g‘oyalari va fikr rangbarangligi bilan boyidi. Alisher Navoiy o‘z davrigacha bo‘lgan tasavvuf falsafasidagi panteistik g‘oyalarni gumanistik mafkuraga xizmat qildira oldi, bu sohada go‘zal namunaviy asarlar yaratib qoldirdi. U o‘zining bir g‘azalida:
Kimki bir ko‘ngli buzuqni xotirin yod aylagay,
Oncha borki ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay25, - deydi.
Demak, Navoiy nazdida inson qalbi musulmon olami uchun eng muqaddas go‘sha hisoblangan Ka’batullohdan ham muqaddasroqdir. Uning insoniyat jamiyati, ideal davlat, farovonlik haqidagi ideal g‘oyalari ham ana shu e’tiqoddan kelib chiqadi. Alisher Navoiy falsafasida ideal davlat haqidagi siyosiy nazariya komil inson to‘g‘risidagi axloqiy nazariya bilan uzviy bog‘liqlikda olib qaralgan. Bu ta’limotga asosan ideal farovon davlat bu davlatda yashovchi kishilarning komil ma’naviyatisiz mumkin emas. Demak, ilg‘or G‘arb demokratik nazariyalarida, faqatgina XIX-XX asrlarda shakllangan bu kabi nazariya Navoiy davrida o‘zining konsepsiya shaklidagi ko‘rinishiga ega edi. Alisher Navoiy yaratgan ideal jamiyat haqidagi ta’limotni yana Shuning uchun ham konsepsiya deb olib qarash mumkinki, alloma bu jamiyatga borishning amaliy uslublarini ham o‘z asrlarida badiiy obrazlar, tasvirlar orqali ko‘rsatib bera olgan. Navoiyning gumanistik xarakterdagi falsafiy ta’limotining buyukligi shundaki, XIV-XV asr Markaziy Osiyoda ro‘y bergan uyg‘onish davrining ma’naviy asosi, tamal toshi bo‘lib xizmat qilgan.
Alisher Navoiy “Muhokamat ul lug‘atayn” asarini arab tilida yaratib turkiy va forsiy tillarini solishtirib, turkiy til imkoniyatlari ham forsiy tildan kam emasligini nazariy isbotlashga erishadi. Ushbu asardan so‘ng u turkiy tilning imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun “Xamsa” (1483y.) ni yozdi. Bu beshta katta dostondan iborat bo‘lgan beshlik atayin xamsa(beshlik) usulida yozilgan. Sababi “Xamsa” yozish allomalar orasida an’ana bo‘lgan. Bu sohada ijod qilish juda murakkab, bo‘lib bunda ular o‘z mahoratini namoyon qilishi kerak bo‘lgan. Beshlikka kiruvchi barcha dostonlar she’r usulida yozilishi kerak bo‘lgan. Bunday holatda esa qofiya, vazn, ma’noni bera olish nuqtai nazaridan asar yozilayotgan tilning barcha xususiyatlari va imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanilgan. Alisher Navoiygacha bir necha allomalarning xamsalari bor edi. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy kabi adiblar xamsalari juda mashhur bo‘lib, ular fors tilida yaratilgan edi. Shuning uchun Navoiy birinchi dostonning boshidayoq aytadi, “Oson ermas, bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq”26, deb. Alisher Navoiy Turkiy tildan shu darajada unumli foydalanadiki, shu davrga qadar klassik adabiyot sohasida uning “Xamsa” sidan yaxshiroq e’tirof etilgan xamsa mavjud emas. Asar nafaqat shakl va badiiy mahorat yuzasidan mukammal bo‘lib qolmay, unda Navoiygacha bo‘lgan mutasavvuflik falsafasining gultoji o‘z ifodasini topgan.
Adibning “Xamsa”si namunasida adabiyot insonlarni haqiqiy ma’noda tarbiyalashi mumkinligi ham isbotlangan. Asardagi dostonlar ketma ketligida ham hatto Navoiy bermoqchi bo‘lgan g‘oyaning konstruksiyasi yotadi: “Hayratul abror”, “Farhod va SHirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. Bunda xamsaning rivoji insonning ahloqiy xususiyatlari qanday bo‘lishi kerakligi, inson qanday bo‘lishi kerak va u o‘zini nimada topishi kerak, u o‘zini insoniy sevgiga qanday tayyorlash kerak, undan ortig‘i ilohiy sevgi qanday bo‘ladi aslida, degan savollarga javob beradi. Asta sekin xamsa g‘oyasi “Sab’ai sayyor”da insonning dunyo bilan kosmologik birlashuviga etib boradi. Bunda shoh Bahrom bir qancha kiyiklarni o‘ldirgandan qo‘ng o‘zi dahshatli halokatga mahkum bo‘lgani haqidagi falsafiy hukm bor. Va oxir oqibatda “Saddi Iskandariy” da insonning yashashdan maqsadi nima, degan butun “Xamsa” davomida pishib etilgan savolga javob berish bo‘ldi. Navoiy bu qadar murakkab konstruksiyada turkiy tildan shunday mohirona va unumli foydalanadiki, bu asar Navoiy ijodidagi ulkan merosning bir qismi bo‘lsa ham milliy til shakllanish tarixida o‘zining alohida qadrli o‘rniga ega. Unda Navoiyning so‘zdan foydalanish boyligi 29000 so‘zni tashkil qilgan.
Alisher Navoiy ijodida o‘z davrigacha bo‘lgan barcha mifologik, falsafiy, adabiy meros namunalari, ularda mavjud bo‘lgan obrazlar va dunyoning yaratilishi haqidagi ontologik fikrlar adabiy asarlar sifatida bizgacha etib kelgan, aslida o‘zida mohiyatan falsafiy konstruksiya va mazmun kasb etgan ijod namunalarida aks etdi. Ularni aksariyat holatda adabiy talqin etilishi hamda adabiy asar sifatida qabul qilinishi shundaki, O‘rta asr Sharq falsafasi Navoiy davri adiblari va Navoiy ijodida neoplatonizmning Sharqona ko‘rinishi bo‘lgan tasavvuf falsafasining deyarli adabiy usulda ifodalanishi, qadimgi Yunon faylasuflari ijodlaridan qabul qilingan g‘oyalar transformatsiyasini ko‘proq nazmiy usulda takomillashtirish etakchilik edi. CHunki Sharq falsafasi, xususan O‘rta asr Sharq falsafasi XIV-XV asr Movaraunnahr adabiy muhiti misolida G‘arbdan farqli o‘laroq inson haqidagi bilimlarni nazariy usulda tizimlashtirishdan ko‘ra insonni tarbiyalash uchun moslashtirilgan adabiy usulni o‘zida namoyon etgan edi.
Dunyoning yaratilishi haqidagi kosmologik ta’limot va unda insonning paydo bo‘lishdan fono bosqichigacha o‘tgunigacha kamolot pog‘onalarini bosqichmabosqich bosib o‘tishi zarurati va o‘z mohiyatiga g‘arq bo‘lishi haqidagi Sharq falsafasi “Xamsa”da adabiy janrda ifodalangan bo‘lib, uning to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor” Navoiyning borliqning ontologik xususiyatlari haqidagi falsafiy qarashlarining yaqqol aks ettirgan asardir. Alisher Navoiy kosmologik konstruksiyaning falsafiy talqinini o‘zigacha bo‘lgan adabiy an’analarda davom ettirdi. Turkiy tilda birinchi bo‘lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‘z dostonini “Sab’ai sayyor” deb atadi. “Sab’ai sayyor” dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat bo‘lib, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi.
Alisher Navoiy, xolbuki barcha asarlarida o‘z kosmologik qarashlarining mag‘zini singdirib, Forobiy va Ibn Sino ta’sirida shakllangan Sharq peripatetik panteizmining eng kreativ namunasini bersa-da, “Sab’ai sayyor” dostoni bu sohada yaxlitlik, g‘oyaviy asosining kuchliligi bilan ajralib turadi. Uning dastlabki yaratgan devonidan biri — “Badoyi’ ul-bidoya” boshlanishida: Subhonallohi huval-aliyul-mutaol, Kim ayladi ishq bahrini molomol.
Insonni chu anda soldi g‘avvos misol, Ham gavhari hol berdi, ham durri maqol,-
degan misralarida Navoiy ishq dengizini to‘ldirgan ul oliy xudo insonni g‘avvos kabi unga g‘arq etdi va insonga gavharsimon ruh va so‘z durrini berdi, deydi. Bu erda “ham durri maqol” birikmasini Sharqqa ilk yunon falsafasi orqali kirib kelgan ontologik ta’limotning transformatsiyasi sifatida ham tushunish mumkin. Geraklit ontologiyasidagi butun dunyoni boshqaruvchi logos qonuni olloh, ollohda yashiringan so‘z va so‘zda yashiringan borliqdan iborat bo‘lib, logos bir vaqtning o‘zida so‘z, olloh va butun dunyoni boshqaruvchi qonuniyat sifatidagi so‘z bo‘lib keladi va bu Aflotun falsafasi orqali xristian teologiyasiga “dastlab so‘z mavjud edi, ollohda so‘z mavjud edi va so‘z olloh edi”, - degan aqida bilan kirgan. Alisher Navoiyda ham biz borliq dengizini ishq bilan to‘ldirgan ollohning insonni ishqqa g‘arq etgani va ishqning ruh va so‘z orqali ikkilanib insonda jo bo‘lishi va ollohning ruhining parchasi bo‘lgan xilqatga aylanishini ko‘rishimiz mumkin.
“Sab’ai sayyor”ning birinchi misrasi: Ey siposing demakda el tili lol,
Elga til sendin o‘ldi tilga maqol27,-der ekan,
Alisher Navoiy ilohiy hamdga inson tili ojiz, lekin inson tiliga so‘z jo etilishida sen so‘z namunasi bo‘lding, deydi. Ikkinchi qatordagi ma’noda “sen insonni o‘zing yaratding, unga namuna bo‘lib yarata olish qudratini berding, so‘z ruhi va inson so‘zining moddiyot dunyosi bilan adekvatligini ta’minlading”-, degan serqatlam ma’no yotadi. Bu fikr “Sab’ai sayyor”ning “So‘z ta’rifida bir so‘z” deb boshlanuvchi beshinchi bobida Geraklitning Logos qonuni yanada yaqqolroq ifodalangan:
So‘z kelib avvalu jahon so‘ngra, Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra28.
Bu erda so‘z jahondan avval paydo bo‘lib, nafaqat jahon, dunyo(borliq, olam, koinot) va makon ham undan so‘ng vujudga keldi, degan fikr bor. Falsafa tarixida butun dunyoning yaratilish, ya’ni ontologik tizimi Mitraizm, Zardushtiylik, Xristianlik va Islom a’analarida bir-birini to‘ldiruvchi va konstruktiv jihatdan deyarli bir xil mazmunga ega bo‘lgan ta’limotdan iborat, degan fikr mavjud.
Navoiy ijodida biz Forobiy yondoshuvidan ko‘ra panteizm, ya’ni ilohiyot bilan mavjudot o‘rtasida bir-biriga singib ketish, birida ikkinchisining mavjud bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin:
Sen senu sendin o‘zga xud nima yo‘q,
Gar ko‘runsa sen o‘lg‘ung, ul nima yo‘q.
Ya’ni barcha narsa sen va sendin o‘zga hech narsa mavjud emas, ko‘ringan narsaning yo‘qligi sening yo‘qligingdir, yoki,
Bas seni avval ul qilib zohir,
Sanga ham avval o‘ldi ham oxir29,
ya’ni, borliq seni o‘zida aks ettirdi, senga yaratilish va yo‘q bo‘lish sifatini
berdi, deydi. Buning ma’nosi, sen o‘zing yaratgan vujudi mumkin, ya’ni borliqda avval va oxiringga egasan, va yana o‘zingni ana shu borliqda yarata olasan degan mazmunga ega.
Alisher Navoiyda inson aqli va ixtiyori haqidagi masala ham Forobiy qarashlaridan ancha farq qiladi. Biroq, Forobiy aqliy bilim bilan bir qatorda, faol aqlning inson qalbiga ta’siri natijasi bo‘lgan intuitiv (hissiy) bilimga ham katta ahamiyat beradi.Uning borliq haqidagi ta’limoti negizida aqlga alohida o‘rin ajratiladi, u emanatsiyaning uchinchi bosqichida joylashadi va samoviy ong hisoblanadi. Va faqat ugina unsurlarning mohiyatiga erishishga muvaffaq bo‘lishi mumkin, demak Forobiyning bilish nazariyasiga muvofiq, unsurlar mohiyati inson intuitsiyasida ong nazariyasi ta’siri ostida ochiladi. Ayni paytda tashqi jismoniy sifatlar singari unsurlar xossasiga ham inson sezgisi bilan emas, balki uning tafakkuri bilan erishiladi.
Alisher Navoiyning falsafiy merosi serqirra bo‘lib, uning asarlariga munosib bo‘lgan e’tiborni talab etar ekan, uning adabiy hamda lisoniy merosi tamal toshida zamonaviy O‘zbekiston hayotiga tegishli dolzarb fikrlar yotgani yurtimizda navoiyshunoslik sohasiga katta e’tibor berishni talab qiladi. X asr mustabid tuzum navoiyshunosligi H.Sulaymonov, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, A. Hayitmetov, S.G‘anieva kabi zabardast olimlar mehnati bilan shakllantirildi, davrning milliy ma’naviy ildizlarga qarshi siyosatiga qaramay, adib ijodini tadqiq etish bo‘yicha mustahkam tamal toshi qo‘yildi, lekin shunday bo‘lsa ham Navoiy asarlarining progressiv xarakteri mustaqillik davri uchun inson omilining falsafiy negizlarini yorituvchi mohiyatni yanada teranroq mulohaza qilishga, Navoiyni yangidan kashf etishga bo‘lgan zaruratni namoyon etadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling