Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, ananaviy axloqiy meyoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi.
So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. SHu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfellilik singari axloqiy meyorlarda namoyon qiladi. Ayniqsa bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uni ko‘proq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobidir. Bu borada mutasavvif olimlarimizdan Imom G‘azzoliy bir qancha o‘rinli fikrlarni bildiradilar:«Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni do‘st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo‘qki, maxfiratga sabab bo‘lmoqg‘a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda»214. Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi meyordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib keladi. YOmon insonlarning yomon ligi aynan muomaladan kelib chiqadi. YAni, yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bo‘lsa ham, o‘sha yomon ning yo‘lida yurishga chorlaydi. Donishmandlarning “YUziga boqma, so‘ziga boq” – degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy go‘zalligini yaxshi , ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir-biriga bog‘lovchi, YAqinlashtiruvchi, katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonnning go‘zal xayot kechirishida, jamiyat orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalar tomonidan hurmat ehtiromga erishuvida muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, manodorligi uning ziyoliligi, bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi. “Muomala SHaxslararo munosabatning shunday ko‘rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, tasir o‘tkazadilar va tasirlanadilar”.215 Muomala qilishni bilish – avvalambor, suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Muomala odobi boshqa, kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, ananaviy axloqiy-meyoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi nutq vositasida amalga oshadi. So‘zlash va tinglay bilish suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfellik singari axloqiy meyorlarda namoyon qiladi. Muomala shaxslararo munosabatning shunday ko‘rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, tasir o‘tkazadilar va tasirlanadilar. SHu boisdan muomala ijtimoiy kategoriya sifatida turmushning barcha sohalarida qo‘llanish mohiyatiga ko‘ra bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Dastlab «muomala» va «aloqa-kommunikatsiya» tushunchalarining o‘xshash tomonlarini aniqlab olish lozim. Aloqa-kommunikatsiya - yalpi aloqaning bir turi bo‘lib, yo‘naltirilgan aloqa deb yuritiladi. U mohiyatan malum bir hodisa haqidagi malumotni boshqalarga uzatadi. Masalan, ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatuv uchun yo‘naltirilgan malumotlarda muomala aloqa-kommunikatsiya vositasi vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, bunday holatda muomala, eng avvalo, subekt-obekt munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Muomala jarayoni ikki taraflama xarakterga ega: u o‘z mohiyatiga ko‘ra axborot yoki malumotlarni shunchaki uzatish va qabul qilishga qaraganda keng qamrovli bo‘lib, ikki yoki undan ortiq insonlar o‘zaro tasirining murakkab tizimi hisoblanadi. SHunga ko‘ra muomala akti bir insonning boshqa inson(lar) bilan muomalaga kirishib, unda o‘zinikiga o‘xshash xususiyatlarni topa olishi, ularga munosib javob qaytarishi. Ular bilan o‘zaro muloqotda optimal darajaga erishsagina o‘zining muomala jarayonidagi munosib o‘rniga ega bo‘ladi. Bunday holatda muomala, eng avvalo, subekt-subektga munosabati tarzida ko‘zga tashlanadi. Muomala madaniyatida xushfellik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy meyorlar muhim sanaladi. Biz shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling