Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Download 1.22 Mb.
bet224/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Axloqiy qadriyatlar majmuasi odamzodning manaviy boyligini, ruhiy teranligini, komilligini bilish, halollik va adolat, ezgulik va yaxshilik bilan hayot kechirish kabi oliyjanob umuminsoniy va milliy xislat–fazilat, ongu tafakkur, xulq– odob, faoliyat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning mantiqiy ifodasi, desak xato bo‘lmaydi. Axloqiy qadriyatlar atamasi axloqiy xislat, fazilat va xususiyatlarda ifoda qilinadi. Ammo, axloqning hamma qirralari, mazmun– mohiyati, jamiyat, millat va fuqarolarning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lish shakpi va tamoyillari, axloqiy qadriyatlar tizimida muayyan darajada ifodalanadi. Axloqiy qadriyatlar axloqiy qoida, meyor, ideal va maqsadlarni baholash mezoni va usullarni ham o‘zida aks ettiradi. Ular ezgulik, yaxshi lik, adolat, dahldorlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, saxovat, ishonch, or-nomus, vijdon, baxt, burch, mehnatsevarlik, YUrtparvarlik, sadoqat, jasorat, kamtarlik, halollik kabi fazilatlar shaklida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy qadriyatlar tabiat hamda inson, jamiyat va milliy– elatlarning ijtimoiy hayotidagi jarayon, voqealik xodisalarga xos axloqiy munosabatlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Axloqiy qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga millat xususiyatlarga ham boydir. Ayniqsa, qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga milliy xususiyatlarga o‘zining mazmun– mohiyati, mavqei, jamiyat va inson kamolidagi ahamiyati va betakrorligi, serqirra va sermazmunligi bilan millatimiz mentalitetiga xos va manaviyatimizga mos hamda hayotimizning uzviy bir qismi, YAni manaviy hayotimizning negizi sifatida ajralib turadi.
Axloqiy qadriyatlarning tub manosi har bir jamiyatga adolat, birdamlik, ezgulik, mustaqillik, tenglik va erkinlik imkoniyat asosida komil, etuk va mukammal insonni kamol toptirishga qaratilgan. Mustaqil YUrtimizda yuz berayotgan salohiyatli iqtisodiyotni barpo etish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, xuquqiy va ijtimoiy munosabatlarni YAngi lash, ijtimoiy– mafkuraviy va manaviy–axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, fuqarolarda fikr erkinligi, tafakkur teranligi, Vatanga sadoqat, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik, kasbkorlik, odob va madaniyatni yuk saltirish, mulkdorlik sinfini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar muhim zamin va omil bo‘ladi va bo‘lmoqda.
Axloqiy qadriyatlar turli xalqlarning madaniyati, turmush tarzi, mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, e’tiqodi, psixologiyasi, diniy qarashlari, milliy manfaatlari, mafkurasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu esa axloqiy qadriyatlar milliy, mintaqaviy qiyofa kasb etishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun, turli xalqlarda axloqiy qadriyatlarga, ularni belgilash mezonlariga yondoshish, ularga amal qilish darajasi ham aynan bir xil bo‘lmaydi. Axloqiy qadriyatlarning milliy jihatlari ana shu tariqa shakllanadi. Har bir millat o‘z qadriyatlarining nafaqat yaratuvchisi, balki asrab-avaylovchisi va kelajak avlodlarga etkazuvchisi hamdir.
Milliy axloqiy qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning o‘zi masuldir. Ushbu masullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan axloqiy burchning alohida SHaxslarga emas, butun millatga xos namoyon bo‘lishini anglatadi. Hatto, mustamlakachilik sharoitida yashagan xalqlarda ham milliy axloqiy qadriyatlar butunlay yo‘qolib ketmaydi.
Axloq tufayli xalqlar, elatlar, millatlar bir-birlari bilan aloqada bo‘lib, fikr almashib, o‘zlariga xos, manfaatlariga mos keladigan umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni ishlab chiqadilar hamda ularga og‘ishmay amal qilishni yo‘lga qo‘yadilar. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab odamlar o‘rtasida vujudga kelgan axloqiy munosabatlar hayot chig‘riqlaridan qayta-qayta o‘tib, axloqiy amaliyotda o‘z tasdig‘ini topib inson va jamiyat uchun nihoyatda ijtimoiy ahamiyat kasb etib eng qadrlanadigan narsa-axloqiy fazilatga aylanib borgan. Ana shu axloqiy fazilat, sifatlar asta-sekinlik bilan kishilar hayotida axloqiy qadriyat maqomini olgan.
Axloqning kelib chiqishi, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, bajaradigan funksiyalari hamda qadriyatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlardan kelib chiqqan holda “axloqiy qadriyatlar” tushunchasiga quyidagicha tarif berish mumkin. Axloqiy qadriyatlar deb, har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, manaviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib o‘zligini bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlarining muayyan tizimiga aytiladi.
Axloqiy qadriyatlar sirasiga insonparvarlik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. Axloqiy qadriyatlarga rioya qilishni har bir SHaxs o‘zidan boshlashi kerak. Eng asosiysi jamiyatda bor axloqiy qadriyatlarni bilish emas, balki ularga amal qilishdir. Har bir SHaxsning o‘zi uchungina alohida axloq bo‘lmaydi. Buni anglamagan odam boshqalar rioya qilayotgan axloq meyorlari bilan hisoblashishni o‘zi uchun majburiy, deb bilmaydi. Axloq mezonlarini faqat “men” bilan bog‘lashning o‘zi axloqsizlikdir. Axloq - odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi manaviy mezon ekan, demak, axloqlilik - shaxs faoliyatining jamoatchilik belgilagan manaviy mezonlariga mos kelishidir. Axloqiy qadriyatlarning tabiatini quyidagi tasnifga ko‘ra izohlash mumkin: Birinchidan, axloqiy qadriyat shaxsning qilgan har qanday xatti-harakati emas, balki, har tomonlama o‘ylab ongli ravishda sodir etadigan yoki sodir etgan ijobiy axloqiy xatti-harakatidir. Aniqrog‘i, axloqiy qadriyat bu ideallik va reallikning dialektik birligidir, yuksak orzu va unga mos keluvchi aniq xatti-harakatlarni o‘zida aks ettirgan ijtimoiy-axloqiy munosabatlar tizimidir. Masalan, baxtli hayot kechirish har bir insonning hayot mazmunini tashkil etuvchi yuksak orzusi bo‘lsa, unga erishish uchun sodir etayogan aniq axloqiy xatti-harakati, YAni mehnatsevarligi, insoniyligi, sabr-qanoati bu reallikdir. Baxt- insonning yurish turishi, turmush sharoitlari jamiyatdagi o‘rniga berilgan axloqiy bahodir. Insonning hayotda baxtga erisha olishining asosiy sharti bu axloqiy etuk likdir. Axloq-inson qalbidan chiqayotgan nurga qiyoslanar ekan, baxtni ham ana shu nurga o‘xshatish mumkin. Bu nur bazilarda juda ravshan, yorug‘ bo‘lsa, bazilarda xira bo‘ladi. Bazilarda esa, umuman sezilmaydi. Baxtning mazmuni insonning SHaxsiy hayoti doirasi bilangina belgilanmaydi. Baxt odamlar o‘rtasidagi munosabatlar asosida belgilanadi. Agar inson faqat o‘z SHaxsiy manfaatlarini o‘ylab, boshqalar bilan adolat, iymon, insof bilan munosabatda bo‘la olmasa, u insonni baxtli deb ayta olmaymiz. Baxt har bir insonning SHaxsiy hayotiga daxldor bo‘lsa ham, uning mezonlarini jamiyat, jamoatchilik belgilaydi.
YOshlarimizning shaxs sifatida kamol topishida millatimizga xos, umuminsoniy qadriyatlarga mos xislat–fazilatlar ruhida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki, yoshlarimizning fikrlash qobiliyati, teran tafakkur egasi bo‘lmish, etuk dunyoqarashni anglab olish – dolzarb vazifadir. Bu xislatlar mazmun-manosini egallash ularda jamiyatdagi o‘rni, burchi, Vatanga, millatiga muhabbat tuyg‘usini kamol toptiradi. Kamol topgan sari har bir yoshda boshqalarga ijobiy axloqiy munosabat shakllanib, o‘zligini anglab boradi. Xullas, hayot taraqqiyoti bilan birga ijtimoiy talablarga xos axloqiy xislatlar qurshovida yashayotganini, bu qadriyatlar sog‘lom turmush tarzi mezoni ekanligini, o‘z faoliyati – xulq-odobi va hatti-harakatida ularga amal qilish zaruratini anglab etadi va umri davomida ularga asoslanib yashashga odatlanadi. XXI asr yoshlarida insonparvarlik, oilaparvarlik, Vatanga mehr-sadoqat, adolat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, matonat, sabr-qanoat, zehn-uquv, chidamlilik, muruvvatli hamda yonib yashash va savob ishlar qilish, bular uchun esa etuk aql-zakovat, bilim egasi, zamonaviy kasb-hunarni chuqur egallash kabi fazilatlarni axloqiy munosabat mezoniga aylantirish, har bir yoshning ongu – shuuriga singdirish hamda ezgu maqsadlarga erishishda yuksak omil va o‘lchov bo‘lishini hayot taqozo etmoqda.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling