Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biriinson hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. shu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida bioetika tirik mavjudotlar, SHu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning axloqiy xarakatlantiruvchi kuchi deb qaraladi. Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini manaviy tahlil asosida, tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik bioetikaning madaniy negizini tashkil etadi. Bioetika, ijtimoiy masalalar bilan birgalikda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi. Bioetika maqsadlaridan biri –shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar, sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va axloqshunoslar qatnashmoqda. Bioetika muammoning dolzarblashuvi, ilmiy texnik taraqqiyot, biotexnologiya, irsiyat texnologiyasini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, tabiiy muhitni maqsadga muvofiq va tez o‘zgartirishda, insonga katta quvvat berdi. Tabiiy evolyusion jarayonlar uchun ilgari millionlab yillar kerak bo‘lsa,endi inson bu jarayonlarni qisqa vaqt ichida amalga oshirishi mumkin bo‘ldi. Irsiyat texnologiyasi va biotexnologiya inson taqdiriga bevosita aralashib, irsiyatni dasturlashtirish, turli tirik organizmlar, irsiyat asosida yangi organizmlar, biologik robotlar yaratish masalalarini ko‘tarib chiqdi. Natijada, insoniyatning rivojlanishi, fiziologik jihatdan qayta o‘qish imkoniyatlarini, diniy tahlil etish muammolarini keltirib chiqardi. Irsiyatga qanday manaviy mezonlarga ko‘ra, qaysi ideallarga, qaysi qadriyatlarga asoslanib, aralashish muammolari Bioetika etikaning tadqiqot obekti bo‘lib hizmat qiladi.
Bioetika, klassik tibbiyot etikasidan farq qiluvchi yangi yo‘nalish sifatida, XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi va jadal rivojlana boshladi. Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilmfan tajovuzidan himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va biologiyaning salbiy tasiridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi. Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlariga, evtanaziya va o‘limni aniqlash, inson azolarini transplantatsiya qilish, homila tushirish (abort), klonlash, irsiy injeneriya masalalariga alohida etiborni qaratmoqda. Akademik doiralarda «bioetika» tushunchasi aynan shu manoda qo‘llaniladi. XX asrning ikkinchi yarmida transplantologiya, irsiy diagnostika, irsiy injeneriya va klonlash rivojlana boshladi. Tibbiyot texnikasi o‘z rivojlanishida shunday daraja etdiki, vrach ilgari o‘lishi muqarrar bo‘lgan bemorlarning hayotini endilikda suniy ravishda saqlab tura oladi. Texnika sohasidagi yutuqlar bemorlar, o‘lim to‘shagida yotganlar va nogironlarning huquqlarini yuridik jihatdan asoslashning YAngi -YAngi shakllari va usullari paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab chiqilgan qismiga aylandi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling