Nominalizm umumiy tushunchalarni faqat ayrim narsalarning nomlari deb hisoblovchi o’rta asr falsafasining bir yo’nalishi.
Nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr - qimmatini anglab etishi, shu qadr - qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabatidir. Biroq, bu
- nomus qadr - qimmat tushunchasi bilan bir xil manoga ega, degani emas. Chunki qadr-qimmat shaxsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o‘ziga nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa o‘z qadr-qimmatini bilishdan tashqari, har bir Shaxsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda egallagan mavqei va shu mavqeni dog‘ tushirmay saqlash-saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe esa, shubhasiz, o‘sha Shaxsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi.
O
Odoblilik Kundalik hayotdagi axloqiy qoidalariga rioya qilish – odob hisoblanadi. Odob axloqiy fazilatlar insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir. Odob – jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, xatti – harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Muayyan odob doirasida bo‘lish, yaxshi nom qoldirishga intilish insoniyat paydo bo‘libdiki, mavjud. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl – nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi.
Ohang Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning gramatik qurilishi hali etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional tasirni, hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang malum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish – turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil tasir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |