Tariqat sufiylik yo’li, tarmog’i, bosqichlari.
Tasavvuf islomdagi diniy falsafiy oqim. Tasavvuf -oqim va diniy
ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplotonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo’ldi.
Tasavvuf uchun Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano vahdoniyat bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so’fiylar, deb ataganlar va «so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan. Ilk so’fiylar aholining kambag’al toifasi orasida sh akllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan.
Tasodif zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir.
Texnika estetikasi XX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Texnika taraqqiyoti va insoniy ehtiyoj texnika estetikasini fan sifatida taraqqiy etishiga olib keldi.
Texnika estetikasi o‘z oldiga narsa va buyumlar muhitini uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish samarasini oshirish uchun mehnat jarayonini estetik tashkil etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Tolerantlik o‘zgalarning dunyoqarashi, e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, urf-odatlari, anana-marosimlarini hurmat qilish; ularni kamsitish, tahqirlashga yo‘l qo‘ymaslik.
Transplantatsiya odam va xayvonlarda potologik jarayon natijasida
shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib o‘tkazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan malum. Teri, muskul, nervlar, ko‘zning muguz pardasi, yog‘, va suyak to‘qimasi, yurak, buyrak va boshqa organlar ko‘chirib o‘tkazilishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |