Siyosiy tashkilot davlat, siyosiy partiyalar, jamoa tashkilotlarini ifodalovchi tushuncha
Skeptitsizm olamni bilish mumkinligiga shubha bilan qaraydigan
ta’limot.
Sofistika soxta donolik usuli
Sofistlar maktabi yunon falsafasida katta o’ringa ega bo’lgan yo’nalishlardan biridir.. Sofistlar
Sog‘lom turmush iborasining zaminida inson salomatligi qolaversa yoshlar tarzi kelajagi yotadi va bu jamiyat taraqqiyotining yuk salishida
asosiy o‘rin egallaydi. Sog‘lom turmush tarzi inson hayot faoliyatini har tomonlama rivojlantirishda, SHaxsning ijtimoiy funksiyalarini to‘laqonli bajarishda, uzoq umr ko‘rishda, oilaviy, maishiy, mexnat, va boshqa ijtimoiy faoliyatlarini faol tarzda olib borishda muxum axamiyat kasb etadi. Sog‘lom turmush tarzi haqidagi qarashlar jamiyatdagi ijtimoiy munosabat va sharoitlarning o‘zgarishi, inson organizmiga nisbatan ortib borayotgan ijtimoiy, ekologik, psixologik, siyosiy, xarbiy taxditlarning ortib borishi bilan dolzarb tus oldi.
Solipsizm faqat inson va uning ongi mavjuddir degan g’oyani ilgari suradigan oqim.
Sport jismoniy-estetik madadaniyatning tarkibiy qismi, vositasi va
usuli, jismoniy mashqlarning turlari majmualari bo‘yicha
musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va g‘alabalarga erishishdir.
Sport estetikasi (ingl. sport) sportning estetik xususiyatlari, tamoyillari va
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. Sport estetikasi sportning komponentlari, sportchilarning texnik va jismoniy tayyorgarligi, estetik madaniyati, mashg‘ulotlar va harakatlardagi estetik mezonlarni aniqlab taxlil qilishning nazariy asoslarini xarakterlaydi. Sportchida estetik tuyg‘uni shakllantirish, g‘alaba va mag‘lubiyatni oqilona xis etish masalalari ham sport estetikasining tadqiqot obektiga kiradi.
Stsientizm ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |