URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA KAFEDRASI
TUZUVCHI: dots Babadjanova S.X
2 kurs biologiya yo’nalishi talabalari uchun Immunologiya fanidan taqdimot
Urganch-2019
Ma’ruza-12 Mavzu:Transplantatsion va o’smaga qarshi immunitet - Reja
- 1.Transplantatsiya turlari
- 2.O’sma (shish) antigenlari. O’sma (shish)ga qarshi immunitetning mexanizmlari
- 3.O’smaga qarshi immunitetning samaradorsizligining sabablari. Immunoterapiya.
1.Transplantastiya turlari - Transplantatsiya odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qima va organlarning o’rniga sog’lom to’qima va organlarni ko’chirib o’tkazishdir. Tananing turli a’zolari: teri, muskul, nervlar, ko’zning muguz pardasi, yog’ va suyak to’qimasi, buyrak, jigar, yurak, hamda boshqa organlar ko’chirib o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |