Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Ob’ektning atom modeli
Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari (massa, energiya, ko‘lam) bilan bog‘langan va muayyan turlari (modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan. Platonning «Timey» dialogi mazmunidan kelib chiquvchi materiya haqidagi talimot qadimgi yunon falsafasida alohida o‘rin tutadi. Birinchidan, Platon «materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus atama qo‘llamagan, bu borada tushunish ancha mushkul bo‘lgan «tur» ekani haqidagi ishoradan boshqa aniqroq tushuntirishlar ham bermagan. Ikkinchidan, u har qanday tug‘ilishning «doya»si va «enaga»si bo‘lish materiyaning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir manoda bu asos, lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni o‘z ichiga olishi lozim bo‘lgan asos o‘zi har qanday shakldan mahrum bo‘lishi lozim bo‘lganidek, uning vazifasi abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini o‘zida aniq va to‘liq mujassamlashtirishdan iborat bo‘lganligi uchun tabiatan har qanday shakldan mahrum bo‘lmog‘i kerak. Platonning materiya –haqidagi mashhur talimoti o‘zining borliqqa asoslangan mustahkam negizini yo‘qotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi aql (demiurg) – birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi sof materiya (moddiy narsalar) uchligida oraliq o‘rin egallaydi51. Platon doimo mavjud bo‘lgan va hech qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo shakllanuvchi va hech qachon mavjud bo‘lmaydigan narsalarni farqlashga chaqiradi. Uning fikricha, narsalarning ular ichida tug‘iluvchi va o‘lganidan keyin unga qaytuvchi mohiyatini «u» yoki «bu» so‘z bilan ifodalash, shu tariqa ularga barqarorlik hamda muayyanlik baxsh etish mumkin52. Platon fikriga ko‘ra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida shakllanish mexanizmi shundan iboratki, g‘oyaning juda aniq tariflangan birinchi andozasi moddiy borliqdan o‘rin oladi va materiyaga g‘oyalar etiladigan joy, ularning «doya»si va vazifasi bo‘lish majburiyatini yuklaydi. Dunyodagi barcha jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur g‘oya va narsalarning o‘zaro bog‘lovchi aloqasi bilan asoslanadi. G‘oya narsalarning Cheksiz hissiy ko‘rinishlarining asosiy manosini belgilovchi asos sifatida va har qanday yakka narsa uchun qonun sifatida tushuniladi. Platonning muhim, lekin ayni paytda ikkinchi darajali rol o‘ynovchi materiya haqidagi talimoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-mulohazalariga bevosita turtki bo‘lgan. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki «eydos» («morphe» yoki «eydos») tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Garchi Aristotelning ontologik konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniq-ravshan sezilib tursa-da, u hech qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida tavsiflamagan. Uning fikricha, amalda materiya faqat shakl bilan birikkan ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Materiya «hyule» va «morfe» (shakl) bilan uyg‘unlikda har qanday yuzaga kelish va o‘zgarishning zarur universal negizi hisoblanadi. Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri o‘rta asr falsafasiga ancha o‘zgargan ko‘rinishda o‘tdi. O‘rta asr teologlari Aristotelning ilmiy merosidan foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi g‘oyasini o‘zlashtirdilar. Ushbu g‘oya boshqa qarashlardan ustun qo‘yildi, u manaviy asos sifatida qarala boshlandi. Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar, chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, odamlarning o‘lmas ruhlari mavjudligini elon qilish imkonini berdi. Materiya doimiy, u dunyo yaralgunga qadar ham mavjud bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suruvchi «dahriylar» haqida malumotlar «cherkov rahnamolari» o‘rtasidagi munozaralar orqali bizgacha etib kelgan bo‘lsa-da, dunyoning moddiyligini o‘rganish bilan bog‘liq muammolar bu davrda ham to‘la-to‘kis barham topmadi. Materiyaning tabiati haqidagi masalada ular bir to‘xtamga kelmagan bo‘lsalar-da, uni echish fanning rivojlanishida muhim rol o‘ynashiga, zero bilish qaysi yo‘ldan rivojlanishi lozimligini belgilashiga ularning ishonchi komil bo‘lgan. Ular avval barcha narsalarning asosi sanalgan materiyaning nimaligini aniqlash va shundan keyingina bunga asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini tushuntirish lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb yozgan: «Avvalo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va ularga muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»53. Uyg‘onish davri faylasuflari izchil materialistlar bo‘lmasalar-da, o‘rta asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik bilan inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl g‘oyasi chetga surib qo‘yildi, materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud bo‘lgan narsa sifatida tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi eksperimentlar amaliyoti tasirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv yuzaga keldi. Uyg‘onish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, Jordano Bruno kabi faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha mazmun kasb etdi. Materiyaning yaralishi g‘oyasi inkor etildi, materiya boqiy deb elon qilindi, harakat tabiiy kuchlar tasiri natijasi sifatida tushunila boshlandi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling