Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi


Download 1.22 Mb.
bet48/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi Yangi davr (XVI-XVII asrlar) falsafasida materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Bazan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ).
YAngi davrning mexanistik materializmida materiya tarifi zamirida
«material» tushunchasi emas, balki barcha moddiy narsalar uchun umumiy bo‘lgan asosiy va o‘zgarmas xossalar tushunchasi yotadi. Bu davr faylasuflari antik davrda amal qilgan metodologik qoidani yangi bosqichga ko‘tardilar. Ular materiyaga birinchi modda sifatida emas, balki birinchi belgi sifatida yondashdilar. Qadimgi faylasuflardan farqli o‘laroq, ular suv, olov yoki havoni butun borliqning birinchi asosi va birinchi sababi deb elon qilganlari yo‘q. Barcha fanlar tajriba asosida rivojlangan ushbu davrda hamma narsa zamirida ayrim mexanik xossalar: ko‘lamga egalik, o‘zidan hech narsani o‘tkazmaslik, og‘irlik, shakldorlik yotadi, degan qarash shakllandi.
Materiyani tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr oxirigacha dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo‘lmagan. Buning negizida materializmning shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u fizikaning nazariy malumotlariga asoslanibgina qolmasdan, balki ilmiy izlanishlarning dunyoqarashga doir metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Xullas, materiyaning antik va mexanistik talqiniga xos bo‘lgan bir qancha umumiy jihatlarni qayd etish mumkin. Birinchidan – materiya birinchi modda yoki birinchi belgini topish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan – materiyani aniqlash zamirida obektivlik mezoni, yani bizdan tashqarida va bizga bog‘liq bo‘lmagan holdagi mavjudlik qobiliyati yotadi.
Uchinchidan – materiya o‘zgarmas bo‘lib, o‘z navbatida, o‘zgaruvchi sifatidagi ayrim narsalarga qarshilik ko‘rsatadi. To‘rtinchidan – «materiya» tushunchasini tariflashda yakkalik va xususiylik haqidagi metodologik qoidaga amal qilinadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling