Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Download 1.22 Mb.
bet104/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Ijtimoiy ong borlig‘i borliqning boshqa barcha shakllaridan butunlay farq qiladi. Yaxlit holda olingan ijtimoiy «organizm» hayvonlar podasidan butunlay farq qiladi. Jamiyatning bu o‘ziga xos, betakror xususiyati falsafada «ijtimoiy ong», «jamoa aqli», «obektivlashgan manaviyat» va hokazolar deb ataladi. U har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Bu fikrni isbotlash uchun muloqot, kommunikatsiya, odamlarni tarbiyalash va ularning ijtimoiylashuvi vositasi sanalgan tilni ko‘rib chiqamiz. Tilning ayrim kishilar ongi, g‘oyalari, fikrlari bilan uzviy bog‘liqligi aniq, ammo hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan til ijtimoiy tabiatga ega ekanligi ham shubhasiz. Xuddi shuningdek til - inson nutqi odamlar jamiyatida paydo bo‘lgani va faqat shu erda mavjud bo‘lishi mumkin. Uning tashqi og‘zaki, ovoz ko‘rinishi, mazmuni, teranligi, kengligi, boyligi ko‘plab avlodlarning ko‘p asrlik o‘zaro aloqasi va o‘zaro kamol topishi mahsulidir. Bunda ayrim inson u yoki bu tilni faqat muloqot jarayonida o‘zlashtiradi. Ayni holda umuman til haqida so‘z yuritilmoqdaki, u tabiiy ham, suniy ham bo‘lishi mumkin.
Individual manaviy borliqdan farqli o‘laroq, ijtimoiy manaviy borliq haqida uning fan, sanat, din, axloq va umuman madaniyat tarzidagi ko‘rinishlariga qarab hukm chiqarishimiz mumkin. Xususan, u yoki bu ilmiy g‘oyalarning paydo bo‘lishi doim muayyan olimlar bilan bog‘liq, ammo fan ijtimoiy hodisa sifatida muayyan shaxslar bilan bog‘lanmaydi, zero u ayrim olimlar ilgari surgan nazariy qoidalar majmuidan yuqoriroq darajada turadi. Bosma, audiovizual va boshqa axborot manbalari, tegishli asbob-uskunalar va shu kabilarsiz fanni tasavvur qilish mumkin emas. U yaxlit hodisa sifatida mustaqil borliqqa ega. Bugungi kunda, kompyuter texnologiyalari inqilobi davrida fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
Sanat sohasi haqida ham shunday deyish mumkin. Qo‘shiqlar, raqslar va musiqa o‘z muayyan ijrochilariga ega bo‘lgani holda, o‘zining odatlar, rasmrusumlar va ideallar ko‘rinishidagi nisbatan mustaqil hayoti bilan yashaydi va shu tariqa ijtimoiy makon va vaqtda harakatlanib saqlanishi, takomillashishi va ko‘payishi mumkin.
Ijtimoiy ongning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u, individual ongdan farqli o‘laroq, o‘z «tanasi»ni «tark eta» olmaydi, xuddi shuningdek u o‘z «tanasi»dan, yani jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lishi ham mumkin emas. SHu sababli ijtimoiy ong asrlar mobaynida abadiy mavjud bo‘lgan, yo‘q qilib bo‘lmaydigan narsa sifatida qaralgan, uning borlig‘i esa butun insoniyat borlig‘i yo‘q bo‘lishi bilan barham topishi mumkin, deb hisoblangan.
Ammo XX asrning o‘rtalarida odamlar o‘z-o‘zini qirg‘in qilish vositasi – yadro qurolini yaratdilar va shu paytdan etiboran insoniyat o‘zining «umrboqiyligi»ni yo‘qotdi va endilikda u, yashab qolishga harakat qiluvchi ayrim jonli organizm kabi, ijtimoiy hayotni o‘z-o‘zini qirg‘in qilishdan asrab, o‘z ijtimoiy borlig‘ini saqlash haqida qayg‘urishi lozim..

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling