Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Inson borlig‘ida ongning tabiati
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Inson borlig‘ida ongning tabiati. Ong inson borlig‘ining eng muhim xossasi. Ong muammosini echishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.) mansub. Ong muammosi o‘ta murakkab muammolardan biri bo‘lib, falsafada doim qizg‘in bahs va munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yo‘q.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan obektiv borliqni tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko‘rsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni o‘lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yo‘q, shuningdek u moddiy obektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas. Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, inson borlig‘ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‘z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi. Ayni vaqtda mazkur muammo o‘ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o‘ynaydi. Ularning natijalari esa, o‘z navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo‘ladi. Ongning tabiati masalasining qo‘yilishi va unga berilgan tegishli javob, odatda, barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik, ijtimoiy va boshqa mavzulardagi mulohazalarning yo‘nalishini belgilaydi. Atrof muhitda, o‘z ichki dunyosida yuz berayotgan o‘zgarishlarga odamlar qadim zamonlardayoq etibor berganlar. Bu jon va ruh haqidagi mulohazalar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Shu tariqa bashariyat tarixida animizm - odamlar, hayvonlar hayoti, narsalar va hodisalarga jon va ruhlar tasir ko‘rsatishiga bo‘lgan e’tiqod paydo bo‘ldi, shu asnoda shakllangan dunyo haqidagi tasavvurlar keyinchalik u yoki bu tarzda turli dinlar negizini tashkil etdi. Jon haqidagi ilk falsafiy tasavvurlar odatda muayyan birinchi asoslar (havo, olov, atomlar harakati va sh.k.) bilan bog‘langan va shaxssiz bo‘lgan, yani inson tabiatining betakrorligi, uning individualligi bilan tenglashtirilmagan. Suqrotdan oldingi falsafa to‘laligicha shunday xususiyatga ega bo‘lib, bu erda ideallik tushunchasini deyarli uchratmaymiz. Masalan, olovni oqil va olijanob, suvni – tuban asos deb hisoblagan Geraklit jon (psixeya) olov yoki suvdan iborat bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradi. Olov ko‘proq bo‘lgan «quruq» jonni - eng oqil va maqbul deb hisoblaydi. Jon namlangach, o‘z kuchini yo‘qotadi, ho‘llangach esa – halok bo‘ladi. Shu sababli jon olovi kuchliroq yonishi uchun faol manaviy va aqliy hayot kechirishga harakat qilish lozim. O‘z navbatida ayrim kishilarning jonlari butun dunyoning birinchi sababi hisoblanadigan va uni boshqaradigan dunyoviy aql olovi – «logos» bilan bog‘liq. Suqrot va Platon moddiy va ideal hodisalarni farqlagan. Shuningdek, Platon Evropa falsafiy ananasida ideal asosni qayd etibgina qolmasdan, balki undan moddiy asosni ham keltirib chiqargan birinchi faylasuf hisoblanadi. Ayrim inson ongi esa, Platon fikriga ko‘ra, uning joni bilan bevosita bog‘lanadi. Bu o‘lmas jon u yoki bu tanaga, tana tug‘ilgunga qadar o‘z «zindoni»ga tushgandek kirib joylashadi va u o‘lganidan keyin esa boqiy g‘oyalar dunyosida mushohada yuritadi va shu tariqa ularni o‘rganib yashaydi. Platon ruhiy hodisalarni tuyg‘ular dunyosi (sezish va idrok etish) va intellektga ajratadi. Intellektda u aql va idrokni farqlaydi. Bunda sof g‘oyalar bilan ish ko‘ruvchi aql fikrlashning formal usullari bilan bog‘liq (masalan, matematikada) idrokka qaraganda yuksakroq hodisadir. Shuni alohida takidlash lozimki, keyinchalik falsafada ideal narsalar va hodisalarni tushunishga nisbatan ko‘p sonli har xil yondashuvlar paydo bo‘ldi, ammo ularning barchasi ideallikni moddiylik va ko‘lamlilikka qarshi qo‘yadi. Aristotelning «Jon haqida» risolasini qadimgi yunon faylasuflarining ong haqidagi falsafiy mulohazalarining muayyan yakuni deb hisoblash mumkin. Bu erda jon tananing mohiyati, uning uyushtiruvchi tamoyili sanalsa-da, lekin aql ichki faolligining inikosiga emas, balki kosmos hayotining umumiy qonunlariga bo‘ysunadi. O‘rta asrlar Evropa falsafasi «din cho‘risi»ga aylanib, ong haqidagi masalaga butunlay o‘zgacha nuqtai nazar bilan yondashdi – uni abadiy mavjud bo‘lgan dunyoni, shu jumladan inson va uning jonini yo‘qlikdan yaratgan Xudoning yagona dunyoviy asos sifatidagi talqini bilan bog‘ladi. Bu talimotga binoan inson aqli ilohiy aqlning bir zarrasi sifatida muayyan darajada o‘zini o‘zi bilish, o‘zini o‘zi tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, ongning bu faoliyati Tangrini bilish va u bilan muloqot qilishga qaratilgandir. Ongning mazkur obektiv-idealistik talqini bilan bir qatorda o‘rta asrlarda ongni «fikrlovchi materiya»dan keltirib chiqargan materialistik ananada ham uzilish yuz bergani yo‘q. Bunday qarashlarga Sharq falsafasi (Ibn Sino, Ibn Rushd) o‘z tasirini ko‘rsatgan evropalik ayrim faylasuflar Duns Skot, brabanlik Sigerning asarlarida duch kelish mumkin. Seneka qalb, ruh etukligini, hurligini birinchi o‘ringa qo‘yadi. “SHunday narsani izoxlash kerakki, - deb yozadi u shogirdi Lutsiliyga, - hech nima unga hukmronlik qilolmasin, hech nima unga g‘ov bo‘laolmasin. Bu nima deysanmi? U mag‘rur, oliyjanob, yuksak ruhdir. Uni kishi vujudidan joy topgan xudodan boshqa narsa deyish mumkinmi?.. Vujud biqiqligidan kechib ko‘kka intil va shoir aytganidek, o‘z ruhingni Xudoga monandligini namoyon et. Ruhning hurligi uchun tilla ham kerak emas, kumush ham, chunki haqiqiy xudo timsolini yasab bo‘lmaydi. Esla xudolar bizga xayrixoh bo‘lganlarida ular loydan edilar... Komil ruhni qarzga ham, sotib ham olib bo‘lmaydi”88. Seneka nazarida ezgulik, poklik, adolat va etuklik izlagan kishi eng avvalo o‘z ruhini ilohiy talablarga monand qilishi darkor. Ilohiylik – bir timsol, simvol, unga etish kishi ixtiyoridadir. Kishi qaerda yashamasin, nimalarni izlamasin, kimlarga hamroh bo‘lmasin o‘zining ruhini poklamaguncha, uni yuksaklikka yo‘naltirmaguncha hayotdan zavq, orom, buyuklik topolmaydi. “Yashash joyingni emas, ruhingni o‘zgartir, - deb yozadi Seneka, - qancha ko‘p kezsang, shuncha ruhing iztirobga botadi. Kema uchun bab-baravar ortilgan yuk emas, balki notekis ortilgan yuk halokat keltiradi”2. Ruh bezovta, xasta ekan kishini hech qanday olamgardlik, tomosha, hazz-huzur qutqara olmaydi. Qaerda va kim bilan emas, qanday qalb, ruh bilan yashashing muhim. “ruhim hur bo‘lsin desang, biror makonga butun dildan bog‘lanma. Men biror burchak uchun tug‘ilmaganman, butun mening vatanim, degan e’tiqod bilan yasha”89. Bir qarashda faylasuf kosmopolitizm tarafdori bo‘lib ko‘rinadi, biroq barcha rimliklar kabi u ham o‘z vatanining fidoiysi edi. Bu o‘rinda Seneka vatansiz yashashni emas, balki ruhiy osudalikni targ‘ib etadi. Faylasuf kishidagi barcha illatlar uning qalbi, ruhidagi nopok tuyg‘ular tufaylidir deb biladi. Bazi kishilar boshqalarni pok, sofdil, ezgu amalli, xushaxloq ko‘rishni istaydi, hatto ulardan ilohiy sifatlarni talab etadi, O‘zida yo‘q xislatlarni boshqalardan talab etish zo‘ravonlik bo‘lmasa-da, axloqsizlikdir. O‘zi dardmand kishi o‘zganing dardiga darmon bo‘lolmaydi; qalbi nopok kishining o‘zgalardan poklik talab etishi nokaslikdan boshqa narsa emas. Boshqani to‘g‘rilashdan oldin o‘zingni to‘g‘irla. “O‘z aybingni bilish, ruhni sog‘lom tutish tomon tashlangan birinchi qadamdir”90. Kim o‘z qalbini sog‘lom ko‘rishni istamasa, o‘zidagi illatlardan xolos bo‘lmoqchi emas; kim nuqsonlarini eshitishdan qochsa, o‘z nuqsonlarini ezgulik deb biladi; kim poklanishni ixtiyor etmasa, unga hech kim dars berolmaydi. Ruhning poklanishi, sog‘lom bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Seneka, eng avvalo “etuk donishmandlik ilmi” falsafa bilan shug‘ullanish lozim, deb javob beradi. “Qadimdan bizgacha etib kelgan bir odat bor, - deb yozadi Seneka, - maktublar “Agar sen sog‘-salomat bo‘lsang, men ham sog‘-salomatdirman” deb boshlangan. Biz ham, “Agar sen falsafa bilan shug‘ullansang juda ham yaxshi”, deyishimiz zarur. CHunki haqiqiy sog‘-salomatlik falsafada, usiz ruh hamda tana, ularda qancha kuch va quvvat bo‘lmasin, xastadir. Shuning uchun: eng avvalo haqiqiy sog‘-salomatlik haqida qayg‘ur, keyin esa qolganlar haqida”91. Kishi bilaklarini toblash uchun qo‘llarini, elkalarini mashq qilib turadi. Ammo tana mashqlari chegaralangan, bel va bilak qanchalik baquvvat bo‘lmasin, ular ho‘kizni yiqolmaydi; umuman odamning hayvonga monand kuch yig‘ishi oriflik emas. Odamni ongli mavjudotga aylantirgan uning aqlidir. Aql donishmandlikka intilib odam ruhini buyuk qiladi. Donishmandlik orqaligina kishi baxtiyor sezadi o‘zini; o‘zini baxtiyor sezmagan baxtiyor ham, ozod ham emas. “Mubarro yashashni istasang falsafaning quli bo‘l”92. O‘z illatlarini bilgan va ularni enggan o‘limdan qo‘rqmaydi; o‘lim ruhimizni qiynaydigan azoblardan biri emas, u oxirgi azobdir. Faylasuf stoiklar ananasini davom ettirib yozadi: “Bazmu ziyofatlardan oshqozon buziladi, ichkilikbozliklardan tomirlar qotadi va titraydi, shahvatdan qo‘l, oyoq, bo‘g‘imlar zaiflashadi. Men qashshoqlashsam, demak, ko‘pchilikka qo‘shilaman, badarg‘a qilinsam, borgan joyimni makon bilaman, zanjirband qilsalar — tashvish nega? Axir men hozir ham zanjirband emasmanmi? Tabiat meni o‘z tanamga bandi etib qo‘ymaganmi? Men o‘lamanmi? Demak, men endi xasta bo‘lmayman, zanjirband qilinmayman, o‘lim xavfidan xoliman”93. Shunday qilib xulosa qilamiz. Umuman o‘limni tabiiy holdek kutib olishga davat stoiklar falsafasidagi bosh g‘oyalardan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, kishi tug‘ilganidan o‘lim tomon boradi, go‘daklik, o‘smirlik, yoshlik, qarilik yagona haqiqat — o‘limga eltadi. Umrini xushbaxt o‘tkazmoqchi bo‘lgan kishi esa hayot quvonchlariga ham, o‘lim qo‘rquvlariga ham befarq yashaydi, o‘lim mubarro ruhni bezovta qilolmaydi. Donishmand o‘z qismatidan qochmaydi, hayotini oxiri kelganida tark etadi. Hayotdan qochish boshqa, uni tark etish boshqa; birinchisi — ruhning zaifligi, ikkinchi buyuk borliq hukmidir. “Yashash emas, munosib yashash muhim; erta o‘lasanmi yoki keyin — ahamiyati yo‘q, yaxshilik bilan yashadingmi yoki yomonlik bilan mana — nima zarur”94. Ikki ming yil oldin bitilgan ushbu nasoyihlar — nasihatlar moziy qaridan emas, manaviy-axloqiy etuklik izlayotan zamondoshimiz qalbidan chiqayotgan davatlardek eshitilmaydimi?.. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling