10 avgust — buyuk shoir va ma’rifatparvar abay (ibrohim) qo‘nonboyev tavallud topgan kun


Download 23.76 Kb.
bet1/4
Sana09.12.2021
Hajmi23.76 Kb.
#179613
  1   2   3   4
Bog'liq
Қозоқ адабиётининг ёрқин юлдузи


10 AVGUST — BUYUK SHOIR VA MA’RIFATPARVAR ABAY (IBROHIM) QO‘NONBOYEV TAVALLUD TOPGAN KUN

O‘zbek xalqi Abayni yaxshi biladi hamda butun hayoti davomida xalqining orzu-umidlari va intilishlarini kuylagan, ezgulik va adolat yo‘lida kurashgan xalq oqini, ma’rifatparvari va gumanisti sifatida qadrlaydi.



ABAY O’LANLAR VA NASIHATLAR
Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo’nonboev (1845—1904) Qozog’istonning Semipalatinsk uezdiga qarashln Chingiztov rayonida chorvador oilasida tug’ildi. Yoshlik chog’larida madrasada o’qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini o’rgandi. Abay, bir tomondan, Sharq adabiyotining buyuk vakillari Firdavsiy, Navoiy, Nizomiy ijodi bilan, ikkinchi tomondan, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. YE. Saltikov-Shchedrin asarlari bilan qiziqib, o’z bilimini oshirdi.
Abay ijodi yoshlik chog’laridan she’r yozish va o’lan aytishdan boshlandi. Uning juda ko’p o’lanlari xalq orasida mashhur. O’z davrining ilg’or g’oyali ziyolisi bo’lgan Abay ma’rifatparvarlik harakatiga boshchilik qildi. U xalqni savodxon qilish va ruslardan o’rnak olishga da’vat etdi.
Abay birinchi qozoq kompozitoridir. U o’z she’rlariga xalq kuylari asosida kuy bastalagan. Abay A. S.Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asaridan parchalarni qozoq tiliga tarjima qildi.
O’zbek tilida Abayning «O’lanlar» (1945) va «Abay Qo’nonboev» degan nom ostida ayrim asarlari tarjima qilib bosilgan.

O’LAN

O’lan — so’zning poshshosi, so’z sarasi,


Qiyindan qiyiltirar er donosi,
Tilga yengil, yurakka iliq tegib,
Tep-tekis, silliq kelsin aylanasi.

Saralanmay bulg’ansa so’z orasi,


Bu — oqinning bilimsiz-bechorasi.
Ham oqin, ham tinglovchi ko’pi nodon,
So’z tanimas bul yurtning bir porasi.

So’z boshi avval hadis, oyat bo’lur,


Shirasi ham ma’nosi g’oyat bo’lur.
Payg’ambar h-am so’zini o’lan qilgan;
O’lan aytay, shoyadki ko’nglim to’lur.

O’landay xutba o’qib keksa mullo,


O’lan aytib yig’lagan valiyullo,
Hamma ham chamasicha o’lan o’qir,
O’lan bilan yozilgan kalimullo.

O’langa ishqimiz bor qadim choqdin,


Lekin qanday naf bo’lar maqtanmoqdin!
Ichi zar, sirti kumush so’z yaxshisin —
Kelishtirar kim ham bor mo’l qozoqdin?..

So’zni chertib so’zlasang har kim siylar,


Maqol qo’shib so’zlarkan keksa biylar.
Oqinlari beaql, nodon ekan,
Bekor so’zni teriday nuqul iylar.

Qo’lida ham qo’bizi, ham do’mbira,


Hammaga maxtov o’qir, qo’ymas sira.
O’lan aytib xayr tilar elni kezib,
So’z qadrin yerga urar, bo’lib xira.

Mol uchun so’zni bezar, vijdon sotar,


Mol uchun bo’yin egar, molday yotar.
Mol uchun ham aldaydi, ham avraydi,
E xudo, shu oqinlar qachon qotar?

Boylarni maxtay berib so’z qolmabdi,


O’lan aytib, mol yig’ib, boy bo’lmabdi.
O’lanning qadri ketdi el ichida,
Qadrini ketkizganlar yo’qolmabdi…

Keksa biydek maqolga burmagayman,


YO oqindek xayr tilab yurmagayman.
So’zim — o’zga, tinglovchi, sen ham tuzal,
Behuda gapdan suhbat qurmagayman.

El chopgan botirlardan so’ylab bersam,


Oshiqlar, ma’shuqlardan kuylab bersam,
Anchayin hangoma deb tinglardingiz,
So’zlarning sarasini so’ylab bersam…

Ammo aql chaqirilmagan mehmon emish,


Aqli borga bunday umr zindon emish…
Kechiring, nodonlarga tegib o’tsam,
Bu elda to’g’ri aytgan yomon emish…

To’g’ri so’zlik o’lanim, o’zing ko’rkam!


Mayli, tatimasa ham so’yla bardam…
Bu yurt so’z oshig’imas, mol oshig’i,
Roziman, mingdan biri tushunsa ham…

O’zi bilan yovlashgan yurtim, tingla!


O’zi bilan dovlashgan yurtim, tingla!
Dardingga davo bo’lsin o’lanlarim,
Bir-birini ovlashgan yurtim, tingla!

Nahot senda qolmagan nomus va or?


Nahot nomus va insof emas darkor?
Teran o’y, teran ilm yo’ling ochsin,
Yolg’on o’lan va so’zdan olam bezor…

KO’KLAM

Ko’klam kelsa, qolmaydi qishning izi,


Qulp urar ko’kalamzor yerning yuzi;
Jon kiradi borliqqa, tabiatga,
Ona yanglig’ jilmayar kunning ko’zi.

Kulishar, o’lan aytar yigit-yalang,


Utovda o’tirolmas qari-qartang;
Jon-jonivor, odamizod yayrab ketar,
Qushlarning qo’shig’idan havo jarang.

Qirdagi, soydagi el aralashar,


Qo’y qo’zilab, oyoqqa o’ralashar,
Qish bo’yi bir-birini ko’rmaganlar
Quchoqlashar, o’ynashar, hol so’rashar.

Tuya bo’zlar, ot kishnar, qo’ra shov-shuv,


Kapalaklar gul izlab uchar duv-duv.
Yetti rangli gilamday yashil tusda —
Suluv qizday buralib oqadi suv.

Ko’l yoqalab uchishar o’rdak ham g’oz,


Uya izlab yugurar bola shovvoz;
Uchar btni egarlab ko’lga tushsang,
Chaqmoqday tez ov olar bo’z dovulboz.

Qanjig’ada o’ljasi — ovchi qaytar,


Suluv qizlar nozlanib, salom aytar.
Qush go’shtiga mos tushar nordon qimiz,
Badaningni balqitar, jimirlatar.

Ko’klamday kiyinishar kelinchaklar,


Chekkasida gunafsha, boychechaklar,
Qirda to’rg’ay sayrasa, soyda bulbul,
Gul bilan to’lib ketar — tul etaklar.

Dehqonlar qo’sh qo’shadi, ekar ekin,


Hafta o’tmay ko’karar ekin-tikin,
Savdogarlar mol yuklab, tuya qo’mlab,
Olis-olis yo’llardan kelar sekin.

Olamga bezak bergan qodir mavlon,


Yer — ona, quyosh — ota, nuri jahon,
Onaday emizdirar ko’ksidan yer,
Otaday mehr to’kar yorug’ osmon.

Bulut o’tsa arillab oqadi soy,


Kechasi chaman yulduz va to’lin oy,
Ne qilsin qorong’ida yarqyramay,
Quyosh chiqar chog’ida holiga voy.

Quyosh — oshiq yerni ko’p sevar emish,


Yer ishqida o’rtanib, kuyar emish,
Oshiq yigit ufqdan ko’ringanda,
Yulduz va oy sevgini qo’yar emish.

Oshiq — quyosh tun bo’yi kutar emish.


Visol paytin poylab ko’z tutar emish,
Sahardan og’ush ochib sevganini,
Muhabbat olovida o’rtar emish…

Qish bo’yi yer — quyoshni izlar mushtoq,


Kuta berib sochlari bo’larmish oq;
Ko’klam va yoz vasliga qonib toza,
Gul ochilib, to’lisharmish, yetmay quchoq.

Quyoshga to’g’ri boqqan — ko’r bo’ladi,


Quyosh kulsa olamga nur to’ladi.
Ne bilay, o’zim ko’rdim, quyosh har kech —
Oltin chodiriga kirib dam oladi.

1890


Mirtemir tarjimalari


Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling