10 avgust — buyuk shoir va ma’rifatparvar abay (ibrohim) qo‘nonboyev tavallud topgan kun
Download 23.76 Kb.
|
Қозоқ адабиётининг ёрқин юлдузи
NASIHATLAR
O’TTIZINCHI SO’Z Bizda bir maqtanchoqlik degan yaramas narsa bor. Asli shu narsaning nima keragi bor o’zi? Zotan, bu — or-nomussizlik, nodonlik, o’ysiz-xayolsizlik hamda na botirlik va na odamgarchilikdan xabari yo’qlikning alomatidir! Tag’in, bezrayib turib: «E, bor xudoyo! Kimdan kim ortiq ekan shunchalik! Birovning nasibasini birov topib berarmidi hech? Kimning boshi kimning egari qoshida yuribdi… Birov mening qozonimni qaynatib beribdimi, yo men birovning qo’liga qarab qolibmanmi?»—deb keriladi. Ba’zan esa dag’dag’a qilib: «Hammagabir o’lim!.. Voy onasini falon qilay! Bundai yurgandan ko’ra o’lganim ortiq! Juda nari borsa— haydab yuborar, otib yuborar! Qaerga borsam ham bir o’lim!»—deb kekirdagini cho’zadiganlar ko’p-ku.Mana, o’zlaringiz ko’rib yuribsizlar: hozir hech bo’yiga qarab to’n bichadigan, aytgan gapida qat’iy turadigan qozoq bormi dunyoda? Yo’q, men hali o’limga bardosh bera oladigan qozoqni ham yoki, aksincha: men o’limga bardosh bera olmayman, deb ochiq gapiradigan qozoqni ham ko’rganim yo’q… Bordi-yu, aqlsiz bo’lsa-da, shunday jur’atli qozoq topilsa, u kishini hayratga solgan bo’lur edi! Afsuski, yo’q. Buning o’rniga shundaylar borki, zo’r kelganda sichqonning inini ming tanga qilib, qochib kirarga teshik top-may qoladi. Xo’sh, bunday kishilarni nima deb ataymiz? Ey xudo! O’z joniga ortiqcha hotamlik qiladigan, mol-dunyoni pisandqilmaydigan bechoralarning ahvoliga qarang. «Uyalmas yuzga tol-mas jag’ beradi»,— deb shuni Download 23.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling