Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Global muammolarning turli darajalari


Download 1.22 Mb.
bet125/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Global muammolarning turli darajalari. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o‘sishini taminlovchi omillar aynan talim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liq. SHu sababli mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida talim sohasida jahonda munosib o‘rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz talim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o‘rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o‘ziga xos siyosiy munosabatlar ko‘lamiga ko‘ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning ananaviy subekti — milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda tasir etyapti. Bu esa davlatlarning o‘z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Malum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo‘lib qolmoqda. Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o‘laroq, o‘zining ananaviy ahamiyatini yo‘qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib, "yuvilib" ketmoqda. To‘rtinchidan, butun dunyo bo‘ylab bir qator g‘arb davlatlari rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o‘ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli tasir o‘tkazilyapti. YAni, bu jarayondan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgan globalizm g‘oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o‘z qo‘llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga azo bir qator davlatlarda 2005 yilda yuz bergan "inqiloblar", siyosiy globallashuv mahsuli bo‘lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv jarayonining yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy niqob sifatida foydalanish dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu manoda A.V.Buzgalin “Globallashuv siyosatga tasiri kuchli bo‘lib, havfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga tobeligini kuchaytirib, har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur o‘zgarishiga olib keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, jahon siyosati kun tartibining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi”122, - deb yozadi.
Globallashuv zamonaviy jamiyatga ko‘plab ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani o‘zida aks ettirayotirki, endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga qarshi yolg‘iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilishi mumkin xolos. Bugungi kunda globallashuv o‘z tasirini o‘tkazmagan soha qolmadi. Dastlab u mamlakatlar iqtisodiy hayotidan boshlangan bo‘lsa, so‘ngra siyosat, axloq, milliy manaviy hayot, insonlarning kundalik turmush kechirishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotining malum bosqichida yuzaga kelgan obektiv jarayon bo‘lib, u biror-bir shaxs yoki davlatning xoxish-irodasi bilan paydo bo‘lgani yo‘q. Lekin mana shu obektiv jarayonni insoniyatning umumfoydasiga o‘z davlatining iqtisodiy, siyosiy qudratini yanada yuksaltirishga, bu yo‘lda boshqa davlatlarning manfaatlari-yu kelajak taqdiri bilan hisoblashmaslik globallashuv jarayonini ko‘proq salbiy jarayonga aylantirib, insoniyatning unga bo‘lgan umid va ishonchini yo‘qqa chiqarmoqda. Boshqacha aytganda, bunday obektiv hodisadan ayrim davlatlar katta manfaat ko‘rayotganini, dunyo davlatlarining aksariyati esa hali beri bu jarayonlarning mevalaridan bahramand bo‘la olmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Fikrimizning isboti sifatida quyidagi malumotni ko‘rsatib o‘tamiz. Fransuz tadqiqotchisi T.Fabrning malumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirida 20 % eng boy davlatlarning ulushiga jahon miqyosida ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 86, eksportning 82, invetsiyalarning 68 % to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 20 % eng qashshoq mamlakatlarda har uch ko‘rsatkich bir foizdan to‘g‘ri kelgan. BMTning malumotlariga qaraganda, sayyoramizdagi eng boy uch kishining sarmoyasi qariyb 600 million kishi istiqomat qilayotgan 48 eng qashshoq mamlakatlar yalpi mahsulotidan ham ko‘proq ekani dunyo jamoatchiligining tashvishlantirmasligi mumkin emas. Bunday ayanchli vaziyatni o‘nglash, turli mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy aloqalarning adolat tamoyillari asosida qaror topishi ko‘p jihatdan “katta ettilik” yani eng rivojlangan mamlakatlar yuritilayotgan siyosatigi bog‘liq. Qolaversa, ayrim rivojlangan davlatlarning kichik davlatlarga madaniy ekspansiyasi oqibatida chet eldan kirib kelayotgan ommaviy madaniyat tasiri bazi mamlakatlarda asriy madaniyat asoslari yo‘q bo‘lib ketayotganini ayrim tadqiqotchilar “madaniy CHernobl” deb baholayotganlari ham bejiz emas. Bu esa har doim ham o‘zini globallashuv jarayoning teng huquqli hamkor deb emas, balki o‘z qudrati, iqtisodiy imkoniyatlarini yanada oshirish uchun xom ashyo manbai sifatida qaralayotganligini ham ko‘rsatib qo‘ymoqda.
Internet – inson tafakkuri, aqli va bilimi qudratining mahsuli bo‘lib, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon keng qamrovli aloqa, hamkorlik ishlardagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda malumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Global tarmoq afzalliklarini inkor etmagan holda, uning yoshlar manaviyatiga tasiri, xavf-xatarlarini ham etiborga olmoq darkor. Jahonning bir necha mamlakatida uyushgan terrorchi guruhlar va tashkilotlarning saytlari mavjud bo‘lib, ular orqali yoshlarning ongiga, turmush tarziga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalar targ‘ib qilinmoqda. SHuningdek, pornografik mazmunga ega bo‘lgan sahifalar yosh avlodning tarbiyasiga, xulq-odobiga zarar etkazmoqda. Bugungi kunda yoshlar internetga asosan yangiliklarni izlash, yangi do‘stlar orttirish va muloqot qilish, musiqa ko‘chirib olish, o‘zlariga kerakli malumotni olish uchun kiradilar. YOshlar internetdan umummilliy manfaatga xizmat qiladigan va uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotlarni tanlab tahlil qilib foydalansalar, ularning manaviyat va tafakkuri o‘sib, axborot istemoli madaniyatga ega yoshlar salbiy va noxolis tasirga tushib qolmaydilar.
Globallashuv natijasida migratsiya jarayonlarining faollashayotganligi ham sezilmoqda. Bu jarayon keltirib chiqarayotgan ayrim salbiy oqibatlar jumladan, transmilliy jinoyatlar (xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, xalqaro narkobiznes, odam savdosi va boshqalar) ning ko‘payishi kuzatilmoqda. Xalqaro globallashuv insoniyat, mamlakat hayotining borgan sari yangi-yangi sohalarni egallab, uning natijasida hozirgi davrga qadar bo‘lgan xalqaro tartibot, madaniyatlar, qadriyatlar yangi mano va mazmun bilan to‘lib bormoqda. Ayniqsa, inson qadriga ham o‘z tasirini kuchli o‘tkazmoqda. Noqonuniy migratsiya oqibati sifatida mavjud bo‘layotgan “odam savdosi”dek holat dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Jahon amaliyoti ko‘rsatib turganidek, xalqaro globallashuv o‘tish davrida turgan davlatlardagi demokratiyalashuv jarayonlariga birdek ijobiy tasir ko‘rsatmayapti. Aksincha, globallashuv ayrim jamiyatlarda demokratiyalashuv jarayonlirini murakkablashtirmoqda. Bundan tashqari, har bir jamiyat amaliyotidagi demokratiyalashuv jarayonlariga tasir qiluvchi tashqi omillar soni ham tobora ortayapti. Demokratiyalashuv jarayonlarining milliy mamlakat doirasidagi barqarorligi ichki omillar bilan bir qatorda tashqi omillarga ham bog‘liq bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlarda kuzatilganidek, jamiyat azolarining masullik hissi pasaymoqda. CHunki globallashuv tufayli ro‘y beruvchi o‘ta kuchli integratsiya jarayonlari: iqtisodiy hamda axborot almashish sohlalardagi chuqur integratsiyalashuv malum darajada va obektiv ravishda milliy davlatlar rolini chegaralab qo‘yadi. Buni integratsiyalashuv natijasida vujudga keluvchi xalqaro tashkilotlarning bazi hollarda milliy davlatlar taraqqiyotining yo‘nalishlariga tasir o‘tkazishga harakat qilayotganliklaridan ko‘rish mumkin. Qadriyatlar tizimiga globallashuvning tasir etish muammosiga nazar soladigan bo‘lsak, bunga asosiy sabab, jadal o‘zgarib borayotgan fan va texnologiya, sanat, axloq, turmush tarzi ekanligini sezamiz. Bunday o‘zgarishlar kishilarning qulaylikka, moda va zamonaviylikka intilishida, uning oqibatida esa kundalik turmush tarzining transformatsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘plab tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, globallashuv jarayonlari tufayli kelib chiqayotgan muammolar ko‘pchiligi rivojlangan mamlakatlardagi manfaatli intilishlar bilan bog‘liq.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling