Xalqaro shartnomalar huquqi
Download 54.5 Kb.
|
Xalqaro shartnomalar huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari
Aim.uz Xalqaro shartnomalar huquqi Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari. Xalqaro shartnoma tushunchasi va uning yuridik tabiati. Xalqaro shartnoma obyekti va maqsadi. Xalqaro shartnomalarni tasniflash (klassifikatsiyalash). Xalqaro shartnoma shakli, tuzilishi va nomi. Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va harakat tartibi. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi. Xalqaro shartnomalarning bekor qilinishi va harakatining to‘xtatilishi. Xalqaro shartnoma ijrosini ta’minlash usullari. Davlatlarning xalqaro shartnomalarga nisbatan huquqiy vorisligi Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida sohasi bo‘lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, ularning harakati va ularni bekor qilish borasida davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy me’yorlar yig‘indisini tashkil qiladi. Xalqaro shartnoma shartnoma tomonlarining o‘zaro huquq va burchlarini aniq, va ochiq-oydin belgilab berish uchun tuziladi. Xalqaro munosabatlarning shartnomalarga asoslanib mustahkamlanishi xalqaro huquqiy tartibot barqarorligini ta’minlaydi. Xalqaro shartnomalar huquqi subyektlari xalqaro huquq subyektlaridir. Uzoq vaqt davomida xalqaro shartnomalar huquqining birdan-bir yagona manbai xalqaro odat bo‘lib kelgan. 1986 yilda Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvetsiyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya xalqaro huquqning ijobiy (progressiv) rivojlanishi va kodifikatsiyalashtirilishining natijasi bo‘lib, xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalarning o‘ziga xosligini inobatga oluvchi qoidalarni ifodalaydi. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling