Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja


Download 1.22 Mb.
bet157/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja:
1. Oddiy mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari.
Klassik formal mantiqda mulohaza tafakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o‘rganiladi. Mantiqdan yozilgan xorij adabiyotlarining bazilarida esa tafakkur shakllarini o‘rganish mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bilan bog‘liq masalalar doirasida tushunchalarga oid malumotlar beriladi. Xulosa chiqarish alohida o‘rganiladi154. Tafakkurlash jarayonini bunday tartibda o‘rganish insonning bolaligidan boshlab mulohaza ko‘rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami keyin shakllanishi bilan asoslanadi. SHuningdek, faqat mulohazalargina “chin”, “yolg‘on” qiymatlariga ega bo‘ladi. Tushunchalarga esa bunday qiymatni berib bo‘lmaydi. Masalan, “yo‘lbars yirtqich xayvon” mulohazasini “chin” deb, baholaymiz. “Yo‘lbars” tushunchasini esa “chin” yoki
“yolg‘on” deb ayta olmaymiz, chunki unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham.
SHunday qilib, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan xolda mulohazani chin
yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr yuritish shakli deb, tariflash mumkin.
Mulohazaning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana Shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar ham har xil bo‘ladi. Bazi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, yani noaniq bilimlar ifodalanadi.
Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi.
CHinligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. YOlg‘onligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi.
CHinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. YOlg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi.
Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar – noaniq bo‘ladi.
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohazalar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo‘ladi va ular chin yoki yolg‘on qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, “Til insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir”, “Hiyonatkorlarning hech biri vijdonli emas” kabi gaplar mulohazani ifoda qiladi. Demak, mulohaza – predmetga malum bir belgining (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling