Reja: 1.IQ –spektroskopiya haqida tushincha 2. Teofillin dori moddasining chinligini IQ-spektroskopiya usulida aniqlash 3. Chinligini aniqlashda zamonaviy usullar Farmasevtik tahlilda elektromagnit nurlanish spektrining 4000-250'sm oralig'idagi infraqizil sohasidan keng foydalanib, bu usul — infraqizil spektrometrik usul deb ataladi Usulning mohiyati molekuladagi valent va deformatsion tebranish-larni qayd etishga asoslangan bo'lib, har bir funksional guruhga xos bo'lgan valent, deformatsion va boshqa tebranishlar IQ-spektrning ma’lum sohasida qayd etiladi IQ-spektrometrik tahlil usuli 3 bosqichdan iborat: 1 —taxiil uchun modda namunasini tayyorlash; 2—IQ-spektrni olish; 3—olingan IQ-spektrni standart namuna spektri bilan solishtirish Modda namunasini tahlil uchun tayyorlash tahlil aniqligining muhim omillaridan biri bo'lib, suyuq moddalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tegishli erituvchida eritilib, qattiq moddalar esa vazelin moyibilan aralashtirilib yoki kaliy bromid bilan taxtakachlab aniqlanadi. Tahlil qilinayotgan namunada namning bo'lmasligi IQ-spektr olishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.Namuna faqat havonchada maydalanib, hosil bo'lgan kukun IQ- nurni o'tkazuvchi muhitga joylashtiriladi.Kaliy bromid 4000—400 sm-1 da yutilish bermaydi. Vazelin moyning bu oraliqda beradigan yutilish yo'llari juda kichik intensivlikka ega. Tahlil uchun dori moddasidan 15 mg, tabletka massasidan esa 5 mg olish maqsadga muvofiq. Har bir IQ-spektrni olishdan oldin havoning spektri olinadi. Bu spektr "fon” spektri deyilib, havo tarkibidagi uglerod (IV) oksidga va namlikka xos bo'lgan, juda kam intensivlikdagi yutilish yo'llarini beradi.Zamonaviy uskunalarda spektrni olish va uni ishlab chiqish “Spektrolyum” dasturiga ko'ra IBM turidagi maxsus kompyuterlarda bajarilmoqda.Uskuna to‘g‘ri ishlashi uchun tebranmaydigan mustahkam yuzaga o'rnatilgan, suv manbalari (nam) va qizdirish ta ’siridan muhofaza qilingan bo'lishi kerak. Suv IQ-spektrda yutilish berib, uskunaning optic qismidagi kaliy bromid esa namlikni yutishi natijasida xiralashib qoladi. Shu sababli uskunadagi quritish vositasi vazifasini bajaruvchi silikagel har haftada almashtirib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |