Xromatografik usullar, Elektrkimyoviy usullar, Radiometrik usullar


Download 9.74 Kb.
Sana07.10.2023
Hajmi9.74 Kb.
#1694708
Bog'liq
27-maktab


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida’’gi PQ 4884- sonli Qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yil 19 aprelda Qarshi davlat universitetining Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri. dots.v.b B.Bo’rixonov, kafedra o’qituvchilari B.Normatov, dots. Umirov N., G’.Shodiyevlar hamda Qarshi tumanidagi 27-maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Eshonqulova, maktabning kimyo fani o’qituvchilari D.Bozorova., S.Jumag’ulova va maktabning 11a va 11b sinf o’quvchilari bilan “O’quvchi yoshlarni kasbga yo’naltirish va zamonaviy kimyo fanining yangiliklari” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Dunyoda fan taraqqiyoti tezlik bilan o’sib bormoqda hozirda har kuni kimyo fanlari bo’yicha yangiliklar kuzatilmoqda bu yangiliklarni xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallardagi maqolalardan bilib olishligi, kimyo fani butun dunyoni iqtisodiy muammolarini yechib beradigan fanlar qatorida turishi, zamonaviy analiz usullari (Optik usullar, Xromatografik usullar, Elektrkimyoviy usullar, Radiometrik usullar, Termik usullar va Mass-spektrometrik usullar va b) bilan tuproqda, suvda va atrof muhitdagi moddalarini miqdorini bir necha daqiqa ichida aniqlash imkonini berishi aytib o’tildi. Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim sohasi bo’yicha ko’plab islohotlar olib borilmoqda va bu islohatlarni hammasi yoshlarni bilimli, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishi uchun xizmat qilib kelmoqda. Qarshi davlat universiteti uzoq yillardan buyon yurtimizga kimyo yo’nalishi bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlab bermoqda bu nomutaxassislar yurtimizni ko’plab tarmoqlarida o’z faoliyatini olib bormoqda. Tadbir so’ngida Noorganik kimyo kafedrasi va 27- maktab o’rtasida kimyo fani doirasida yana ko’plab ochiq darslar va master-klass darslarini tashkil qilishga kelishib olindi.


Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasining Qarshi tumanidagi 27-maktabda O’quvchi yoshlarni kasbga yo’naltirish va zamonaviy kimyo fanining yangiliklari mavzusida o’tkazilgan tadbirdan foto lavxalar.







Download 9.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling