Reja: iq –spektroskopiya haqida tushincha Teofillin dori moddasining chinligini iq-spektroskopiya usulida aniqlash Chinligini aniqlashda zamonaviy usullar

Download 0.57 Mb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1439422
1   2   3
Bog'liq
TEOFILLIN DORI MODDASINING CHINLIGINI IQ SPEKTROSKOPIYA VA ZAMONAVIY

Har bir IQ-spektrni olishdan oldin havoning spektri olinadi. Bu spektr "fon” spektri deyilib, havo tarkibidagi uglerod (IV) oksidga va namlikka xos bo'lgan, juda kam intensivlikdagi yutilish yo'llarini beradi.Zamonaviy uskunalarda spektrni olish va uni ishlab chiqish “Spektrolyum” dasturiga ko'ra IBM turidagi maxsus kompyuterlarda bajarilmoqda.Uskuna to‘g‘ri ishlashi uchun tebranmaydigan mustahkam yuzaga o'rnatilgan, suv manbalari (nam) va qizdirish ta ’siridan muhofaza qilingan bo'lishi kerak. Suv IQ-spektrda yutilish berib, uskunaning optic qismidagi kaliy bromid esa namlikni yutishi natijasida xiralashib qoladi. Shu sababli uskunadagi quritish vositasi vazifasini bajaruvchi silikagel har haftada almashtirib turiladi.

Deyarli barcha zamonaviy farmakopeyalarga dori vositalari chinligini IQ-spektrometrik aniqlash usuli kiritilgan bo'lib, bunda tekshiriluvchi moddaning standart namunasidan foydalanish tavsiya etilgan. Tekshiriluvchi namunaning infraqizil spektri standart namuna spektri bilan yutilish yo'llari va ularning intensivligi bo'yicha mos bo'lishi talab etiladi. Ba’zida moddaning chinligi solishtiriluvchi modda spektri bo'yicha ham aniqlanadi. Buning uchundori moddasiningIQ-spektri olinib, spektrlar to'plami (atlas)dagi ayni shu moddaning spektri bilan solishtiriladi.

Teofillin dori moddasining chinligini IQ-spektroskopiya usulida aniqlash

1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling