Zidlik (kontradiktor) munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohazalar (1- misolda: A1 va O1, E1 va I1; 2-misolda: A2 va O2, E2 va I2.) o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi. 1-misolda
A1 – yolg‘on, O1- chin va E1– yolg‘on, I1 - chin mulohazalardir;
2-misolda A2- chin, O2 – yolg‘on va E2 – yolg‘on, I2 - chin mulohazalardir.
Bo‘ysunish munosabati sig‘ishadigan mulohazalardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan mulohazalar o‘rtasida bo‘ladi. Bunda umumiy mulohazalar bo‘ysundiruvchi, juziy mulohazalar bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy mulohazalar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juziy mulohazalar ham chin bo‘ladi. Lekin juziy mulohazalar chin bo‘lganda, umumiy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Agar umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juziy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi.
YUqoridagi 1- misolda A1– xato, I1 – chin; E1 – xato, O1 – chin bo‘ladi.
Malum bo‘ladiki, umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, juziy mulohazalar chin bo‘lishi mumkin.
2- misolimizda A2– mulohaza chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi I2 mulohaza – chin; E2 - mulohaza xato bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi O2 mulohaza ham xato bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |