DEDUKTIV XULOSA CHIQARISH. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati - unda umumiy bilimdan juziy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, yani subekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi.159 Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, yani avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:
P
P
|
S –
S –
|
S – P S – P
|
Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; -mas) kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qatiy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi.
Aylantirishga misol:
A. Hamma shifokorlar oliy tibbiy malumotga ega.
E. SHifokor bo‘lganlarning hech biri oliy tibbiy malumotsiz emas.
E. Hech bir yolg‘onchi rostgo‘y emas.
A. Hamma yolg‘onchi bo‘lmaganlar rostgo‘ydir.
I.Bazi suralar uzundir.
O. Bazi suralar qisqa emas.
O. Bazi jumlalar tushunarli emas.
I. Bazi jumlalar tushunarsizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |