Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Mehnat-turmush estetikasining muhim omili


Download 1.22 Mb.
bet244/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Mehnat-turmush estetikasining muhim omili
Mehnat moddiy va manaviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi tasirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat manaviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi.
Mehnat - insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan estetik faoliyat. U manaviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, manaviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni paytda ham aqliy, ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, manaviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy bo‘lsa ko‘plab yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. Va aksincha, mehnat asarlari xunuk bo‘lsa insonning mehnat qilish zavqi va baxtidan mosuvo ekanligi, bu esa ular yashayotgan jamiyatning manaviy qashshoqligini ko‘rsatadi.
Mehnat - mehnat sharoiti, mehnat jarayoni va mehnat natijalaridan iborat. Mehnat sharoiti yoki muhiti ishchi mehnat qilayotgan korxona binosi, arxitekturasi, dizayni, yorug‘ligi, havo muhiti, shovqin, undagi mikroiqlim omillari harorat, nisbiy namlik, atmosfera bosimi, o‘zaro ishchan vaziyat, axloqiy-estetik muhitni ham qamrab oladi. Mehnat jarayoni esa insonning ishlab chiqarish vositalari, ularni boshqarishi, ishlab chiqarish vaziyatidan iborat. Mehnat natijalari yaratilajak, yaratilgan mahsulot-tovarlardir. Bu uchchalasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib mehnat muhiti ijobiyligi, mehnat jarayonini inson uchun mashaqqatli, sog‘ligiga ziyon etkazadigan, toliqtiradigan emas, aksincha zavqli va qulay bo‘lishiga, mehnat jarayonining ijobiyligi esa mahsulot-tovarlar sifati, estetikasi, qulayligi, uyg‘unligi bilan belgilanadi.
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari, mehnat natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi tushuniladi. Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoliyat potensiali uning manaviy, aqliy, axloqiyestetik tomonlari bilan umumiyligi va mehnat natijalaridan beg‘araz lazzatlanishiga bog‘liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi uchun avvalo obektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat ko‘rinishidan qatiy nazar texnika taraqqiyotiga bog‘liq. Ibtidoiy davrdan boshlab bugungi eng yangi ilg‘or texnologiya shakllanganigacha mehnat vositalari bir necha bor o‘zgardi, davrdan davrga takomillashib bordi. Bu albatta mehnat estetikasiga ham ijobiy tasir ko‘rsatadi. Oddiygina kompyuter texnologiyasini oladigan bo‘lsak, u hisob-kitob bilan shug‘ullanuvchi kasb egalaridan tortib, yozuvchi-ijodkorlar mehnatini engillashtiribgina qolmay ular vaqtining tejalishi, vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratdi. Bugun fermer va dehqonlarimiz ham zamonaviy texnika orqali erga ishlov bermoqda.
Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etgani bilan birga uning ruhiy-axloqiy masuliyatini kuchaytiradi, yani zamonaviy texnologiyani boshqarish, uni asrash insondan hushyorlik, axloqiy masuliyat talab etadi. Jismoniy mehnat texnika zimmasiga o‘tgani sari, uning ijodiy tabiati ortib boradi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson o‘z mehnatidan moddiy va manaviy manfaatdor bo‘lsagina, bu mehnat estetik tarbiya omiliga aylanadi. Mehnat inson iqtidori, xayolotini yuzaga chiqaradi, funksional jihatlari bilan estetik madaniyat, estetik faoliyatning shakli, mazmuni, hajmi, natijalarini belgilaydi. Inson hayotining turli soha va yo‘nalishlaridagi estetik munosabatlar estetik madaniyatning o‘zini namoyon etadigan maydoni sanaladi. Bu avvalo, inson hayotiy faoliyatining asosiy nuqtasi bo‘lgan mehnatga taalluqlidir.
Mehnat qurollari va kundalik turmush buyumlarining funksional- texnologik qiymati hamda estetik belgilari va loyihalanishiga qarab kundalik turmush bilan bog‘liq buyum-jihozlar va ikkilamchi yaratishga mo‘ljallangan mehnat qurollariga bo‘linadi. Ammo bugungi kunda insonning ijtimoiy faoliyati hisoblangan mehnat turlarini jismoniy va aqliyga ajratish har doim ham to‘g‘ri emas. CHunki mehnat jarayonida bugun ikkalasi uzviy bog‘lanib bormoqda. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ishlab chiqarishning mislsiz taraqqiyoti natijasida bu ikki faoliyat birbirini taqozo etib bormoqda
Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish insonni estetik kamol toptirish bilan birga, uning foydali amaliy vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligini va sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi. Mehnat insonning hayotiy ehtiyoji, uning turmush estetikasini shakllantiruvchi vosita hamdir. Mehnat estetikasining shakllanishida ishlab chiqarish vositalarining zamonaviyligidan tashqari, mehnat kollektividagi o‘zaro axloqiy-estetik muhitning ham o‘rni bor. Negaki ahil jamoa, o‘zaro axloqiy-estetik munosabat ish jarayonining sifati va natijasi estetikasiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Har bir buyum o‘z davrining, shu davrda yashagan inson mehnatining mahsulidir. Bu buyumlar o‘z zamonasining texnikasi, materiali, odamlar didi bilan chambarchas bog‘liqdir. SHu jihatdan ham biz ushbu narsa va buyumlarga qarab u davr manaviy-moddiy madaniyati, xalq ehtiyoji, didi haqida malumot olamiz.
Mehnat jarayonida estetik hissiyotning shakllanishi sifat jihatdan insoniyat olami bilan hayvonot dunyosi o‘rtasidagi tafovutlarni farqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Tabiiyki, insonning mehnat jarayoni o‘ta rang-barangdir. SHu bois uning estetik mohiyatini bir xilda belgilab bo‘lmaydi. Mehnat estetikasi inson manaviyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mehnat jarayoni insonning intilish, xatti-harakat, muayyan amallarni ado etish oqibatida yuz beradi. O‘z mehnati muvaffaqiyatidan manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga intiladi. Mehnat jarayonida yuzaga keladigan estetik zavq uning teran, botiniy mohiyatini anglash, ijodkorlik, bunyodkorlik ruhi bilan bog‘langan bo‘ladi. Inson mehnat jarayonida o‘zini ijodkor his etadi, mehnatining yaratuvchanlik manosini anglab etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobatning mavjudligi moddiy nemat ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, istemolchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. SHunday qilib, mehnat estetikasi insonga kuchli va ko‘p-qirrali tasir ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik mano-mazmun baxsh etadi, manaviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvor, mukammallik qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror, manaviy tasirchanligi kuchli bo‘ladi.
Mehnat estetikasi amaliyoti insonning yaratuvchanlik qobiliyatini yuzaga chiqaribgina qolmay, yaratilayotgan go‘zallik uning qo‘li bilan yaratilgani, uni ruhiy-estetik jihatdan rag‘batlantiradi, o‘ziga ishonch tuyg‘usini orttiradi, yangi ijodiy faolikka undaydi. Mehnat jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan soha ergonomika mehnatni engillashtiribgina qolmay, uning unumi, samarasini oshishiga ham yordam bera boshladi. Shuning bilan birgalikda insonga ulkan masuliyat ham yukladi.
Negaki, yangi texnologiya inson tomonidan o‘zlashtirilishi va foydalanishi uchun qulay, uning jismoniy, manaviy-ruhiy xususiyatlarini ham etiborga olishni talab etadi. Bu esa o‘z o‘rnida insonning jismoniy va ruhiy-manaviy imkoniyatlarini o‘rganish va shunga muvofiq mehnat qurollari, mehnat sharoitini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilgan yangi ilm-ergonomikaning shaklllanishiga sabab bo‘ldi.
Ergonomika 1949 yilda Angliyada paydo bo‘lib mehnat qilayotgan odamning imkoniyatlari, ruhiyati, anatomiyasi, fiziologiyasiga asoslanib, mehnat sharoitiga qarab o‘rganadi. Bugungi kunda ergonomika fan sifatida shakllanib maxsus oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmoqda. SHuningdek, turli konstruktorlik byurolari, ishlab chiqarish jarayoni kompleks tashkil etilgan sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ergonomika narsalar olamini yaratish jarayonida eng muhim falsafiy-axloqiy jihat – buyumga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish masalasiga etibor qaratadi. Predmetlar olami bilan istemolchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatni ergonomika - muhandislik psixologiyasi bartaraf qiladi. Ergonomika yordamida dizayn mahsulotlari inson tabiatiga moslashtirildi. Bunda dizayner, nafosatshunos, loyihachi-konstruktor, texnik-muhandis, ruhshunos birlashishi talab etiladi.
Jonli mehnat jarayoni murakkabroq tuzilma - ishlab chiqarishning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘zaro bir-birlari hamda ishlab chiqarish vositalariga nisbatan muayyan ijtimoiy munosabatda bo‘ladi. Tabiiyki, mahsulot tayyorlashda muayyan mehnat qurollari (mashina, dastgoh, aslaha va boshqalar), shuningdek, ularni maqsadga muvofiq joylashtirish va o‘zaro tasirini taminlashdek murakkab vazifani ado etishga to‘g‘ri keladi. Bularning barchasi muayyan suratda kechadigan, o‘z funksiyasi, strukturasi, tashkiliy ko‘rinishiga ega bo‘lgan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Bu tuzilma yuksak darajada yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va mukammalligi bilan estetik ifodaviylik kasb etadi. YUksak darajada tashkillangan jarayon, uning muayyan suratda gavdalanish va kechish manzarasi kishilarga estetik tasir etadi, faoliyatga ijodiy munosabat uyg‘otuvchi emotsional ko‘tarinkilikni vujudga keltiradi. Texnika estetikasining amaliyoti dizayn va muhim tarkibiy qismi ergonomika hamkorlikda mehnat estetikasining vujudga kelishini taminlaydi.
SHuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijtimoiy shartsharoitlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. YAqin o‘tmishda kommunistik mafkura, ijtimoiy mulkchilik asoslariga bo‘ysundirilgan mehnat shaxsda ijodiy erkinlik, qobiliyat, shaxsiy manfaatdorlikni so‘ndirar, uni manaviy kambag‘allashtirishga olib kelar, eng muhimi, o‘z mehnati natijalaridan “begonalashtirar”, boqimandalik kayfiyatlari shakllanishiga olib kelar edi. Mustaqillik mehnatning shaxsdan begonalashuviga chek qo‘ydi va uning manaviy-ijodiy kuchlari to‘la va har tomonlama namoyon bo‘lishiga real shart-sharoitlar yaratdi. Bunday imkoniyatlar, ayniqsa, respublikamizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik sharoitida shaxsning yaratuvchanlik qobiliyatlari rivojlanishiga, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy kafolatlanishi, mulkchilik va tadbirkorlikning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi mehnat jarayonida insonning haqiqiy mohiyati namoyon bo‘lishiga yo‘l ochdi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy nemat ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, istemolchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Moddiy va manaviy ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini taminlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat taraqqiyoti garovlaridan biridir. Mehnat jarayonlari va mahsulotlar tayyorlashga estetik meyor hamda talablarni oshirdi, bu narsa zamonaviy texnologiyalar, innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishda qo‘llashga katta etibor qaratdi, xususan, dizaynerlik faoliyati, ishlab chiqarish va sanoat estetikasi eng jozibali hamda serdaromad sohaga aylandi. Albatta, har bir soha, yoki har bir mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlarini etiborga olish va shu asosda ishlab chiqarish vositalarini loyihalash talab etiladi. Odam biron harakat va usullarni bajarishdagina charchamasdan, balki kishi etiborini chalg‘itadigan shovqin-suron, hid va nurdan ham charchaydi. SHovqin-suron ko‘zni toliqtiradi, rang esa kishi asabiga tasir ko‘rsatadi. Ana shu omillarni etiborga olmaslik, uskunalarning estetik ko‘rinishiga ham ziyon etkazadi. Uskunani ishlatishning osonligi, boshqarish va sozlashning soddaligi, uskuna shaklining mutanosibligi mehnat vaqtida kishi kuch-quvvatini tejaydi va oqibatda sanoat mahsuloti sifati yaxshilanadi.
Texnika taraqqiyoti barcha turdagi kasb egalarining mehnat faoliyatini engillashtirmoqda. Traktorchidan tortib, sanatkorgacha bugun zamonaviy texnologiyalardan o‘z faoliyati jarayonida qo‘llab bormoqda. Ammo ular bajaradigan ish mazmuni turlicha bo‘lganidek texnologiyalar va ergonomika qonuniyatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bu esa nafaqat zamonaviy texnologiyalarga bog‘liq balki ish jarayonida axloqiy-estetik muhitni yaratishni ham taqozo etadi. Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi bilan korxonalar tamirlanib, modernizatsiya qilina boshlandi. Har bir zavod, fabrika yoki sexlarning ichki muhitidan tortib, ishchilarning ish kiyimi, ular uchun yaratilgan sharoit, mehnat qurollari, dam olish, tibbiy xizmatlarga alohida etibor qaratila boshlandi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish texnika taraqqiyoti esa inson mehnatini engillashtiribgina qolmay, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish va qo‘llash masuliyatini ham yuklaydi. Ammo yuqori unum bilan ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish uskunasining o‘zigina korxonaning texnik-estetik darajasini belgilab berolmaydi. Bino, uskunalarning joylashtirilishi, bino ichidagi yorug‘lik, undagi mo‘tadil temperatura, bezalishi ham muhim o‘rin tutadi. YAna shuni alohida takidlsh lozimki, korxonalarda axloqiy-estetik muhit uyg‘unligiga etibor kun sayin oshib bormoqda.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi avvalo obektiv omil - ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta, bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng yuqori va ilg‘or texnologiya ham did, mahorat, madaniyatga ega emas. Uni inson boshqaradi va inson didi, mahorati, madaniyati mehnat mahsulida o‘z ifodasini topadi. Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etsada, lekin ruhiy-axloqiy masuliyatini kuchaytiradi. O‘z o‘rnida texnika taraqqiyotining ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. A-1-85+(1-159) “Talimda menejment va marketingning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy madaniyat bilan uyg‘unlashtirishga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash” mavzusidagi grant doirasida bir qator oliy talim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomaga ko‘ra "Zamonaviy texnika va texnologiyaning ijobiy jihatlari nimada? "degan savolga respondentlarning 57,48 foizi “ Mehnat jarayoni engillashadi”, 55,51 foizi “Vaqt tejaladi”, 46,30 foizi “Ish unumi oshadi”, 18,42 foizi “Insonning dam olish imkoniyatlari kengayadi” degan javobni tanlashgan.
So‘rovnomada yoshlar zamonaviy texnikaning mehnat faoliyatidagi ahamiyatini baholash bilan birga, uning salbiy jihatlarini ham takidlab o‘tishgan. Buni "Zamonaviy texnika va texnologiyaning salbiy tomonlari nimada?”-degan savolga tanlagan javoblari ham tasdiqlaydi. Respondentlarning 17,68 foizi ”Mehnat jarayoni murakkablashadi”, 35,69 foizi “Kishilar bir-birlariga befarq bo‘lib qolishadi”, 19,98 foizi “Milliy madaniyat tanazzulga yuz tutadi”, 31,33 foizi “Inson texnika quliga aylanadi”, 25,82 foizi “Ekologiyaga salbiy tasir ko‘rsatadi”, 3,87 foizi “Bir madaniyatlilik shakllanadi” degan javobni tanlashgan. Demak, shundan ko‘rinib turibdiki, ijobiy jihatlari: inson og‘ir mehnatdan xalos bo‘ladi, mehnat unumdorligi, ish haqi hayot farovonligi oshadi, bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi, manaviy- jismoniy qobiliyatlarini taraqqiy etish imkoni paydo bo‘ladi. SHu bilan birga salbiy jihatlari: diqqat talab qiladigan murakkab texnikani boshqarish jarayonida insonda ruhiy zo‘riqishlar paydo qilishi, kasalliklar ko‘payishi, ruhiy va jismoniy jihatdan meyordan orta qolish, internet, mobil telefonda foydalanish oqibatida yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. SHuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyot insonga yangi manaviy talablar qo‘ya boshlaydi. Jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi texnika emas, chunki u inson tomonidan boshqariladi.
SHunday ekan bu talablar texnika emas insonga tegishli bo‘lib quyidagilardan iborat: 1) inson hayotiy suratlarining oshishi natijasida tartib, masuliyat kabi fazilatlar ortadi; 2) jamiyatning turli sohalarda intensivlashtirish oqibatida kishilar o‘rtasidagi axloqiy mexanizmlarni boshqarish murakkablashadi, konflikt va qaramaqarshiliklar kuchayadi; 3) ilmiy-texnik taraqqiyot xizmatchilar kasbiy, mutaxassislik tayyorgarligiga yuqori talablar qo‘yadi, yangi texnikalarni boshqarish, xizmatchilarning o‘z-o‘zini idora qilishi, irodaviy qobiliyatlarini kuchaytirish; 4) inson faoliyat sohalari murakkablashuvi natijasida ularning faoliyatida axloqiy javobgarlik ortib boradi; 5) xizmatchilarning ijodiy faoliyatini oshishi talab etiladi, ushbu faoliyatni takomillashtirish esa aqliy va ruhiy zo‘riqishlarni kuchaytiradi. Bu ijtimoiy munosabatlar jarayonida, mehnat jarayonida, manaviy hayotda, istemol sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot tasiri kuchayadi.
SHunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko‘p-qirrali tasir ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik mano-mazmun baxsh etadi, manaviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvorligi qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror, manaviy tasirchanligi kuchli bo‘ladi. Hozirda mehnatning estetik mazmun-mohiyatiga munosabat o‘zgardi: davlatimizning siyosatida “Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi” etib belgilandi.
Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga tasiri
Bugungi kunda manaviy olamni yuksaltirish, milliy-umuminsoniy estetik qadriyatlarni qaror toptirish va estetik tarbiyani mustahkamlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu ayniqsa, hozirgi murakkab va taxlikali zamonda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo‘lgan turli xil hurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tarbiyaning oliy shakli bo‘lmish estetik tarbiya jarayoniga sezilarli tasir ko‘rsatmoqda. Ana shunday tasirning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri - “ommaviy madaniyat”dir.
“Ommaviy madaniyat”ning inson estetik tafakkuriga, jamiyatdagi estetik qadriyatlarga hamda shaxs estetik kamolotiga salbiy tasiri ko‘plab vosita, omil va yo‘nalishlarga ega. Bular orasida eng tasirchani va kengqamrovlisi – Internet va ijtimoiy tarmoqlardir.
Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, past saviyali “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishiga qarshi kurashish, yoshlarni internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan ilg‘or zararli malumotlardan himoya qilish avvalo, Internet-klublar faoliyatiga talablarni oshirishni talab etadi. Sababi Internet aloqaning bir muncha tez taraqqiy etgan vositasi, shu bilan birgalikda axborot tarqatishning ham eng tezkor mexanizmi hisoblanadi. Bugungi kunda axborot texnologiyasi va Internetning yaqinlashuvi dunyoni industrlashtirish inqilobi kabi o‘zgartirib yubordi. Tahlillarga ko‘ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda, televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo‘g‘i 4 yilda egallab olishini inobatga olsak, internetning yoshlar estetik dunyoqarashiga tasiri va o‘zgartirish tezligini tasavvur qilish qiyin emas. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Agar hozirda internetga uyali aloqa vositalari orqali bog‘lanish yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olsak, mazkur raqam bir necha barobar oshishi mumkin. Demakki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi hozirgi paytda manaviy va moddiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o‘zaro aloqasini xatto tashqi ko‘rinishini ham tubdan o‘zgarishiga olib kelayotganligini inkor etib bo‘lmaydi.
XXI asrda “ommaviy madaniyat” zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish, liberallashish, demokratlashish niqoblari ostida namoyon bo‘lmoqda. YOshlar bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular shakllantirishi mumkin bo‘lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglashlari kerak. Birgina “ommaviy madaniyat” hodisasi eng avvalo, milliy nafosatga zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini to‘g‘ri tushunish uchun ham estetik bilim zarur. Bunday havf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning estetik ko‘rinishini uyg‘un xolda olib borish maqsadga muvofiq.
SHuni alohida takidlash kerakki, estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘ida vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. CHunki, go‘zallikdan zavqlanishning bu taqlid ko‘rinishlari ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning estetik didini, dunyoqarashini yot g‘oyalar bilan “boyitadi”. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish bilan bog‘liq tarbiyaviy jarayonlarga yo‘naltirilgan tadbirlar yordamida kurashish maqsadga muvofiqdir. Zero “Tarbiyaning estetik shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u o‘z navbatida kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni o‘zining maqsadi deb biladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling