Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Takrorlash uchun savollar
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI Estetik tarbiya va uning vositalari, yo‘nalishlari, vazifalari
Takrorlash uchun savollar:
Tabiatga estetik munosabatning mohiyatini tushuntirib bering. Tabiatni estetik idrok etishning qanday ananaviy usuli mavjud? Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimadan iborat? Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlang. Texnotsivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi rivojiga tasirini izohlang? Maishiy turmush estetikasining asosiy kamponentlarini tushuntiring? Zamonaviy turmush tarzining estetik talablarini izohlang? Zamonaviy shaharsozlik qaysi estetik mezonlarga asoslanadi? Dizaynning estetik xususiyatlarini tushuntirib bering. O‘zbek xalq amaliy sanatining estetik xususiyatlari sanatning qaysi turida ko‘proq namoyon bo‘ladi? 18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI Estetik tarbiya va uning vositalari, yo‘nalishlari, vazifalari Tarbiya masalasi barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot obektining muayyan qismini tashkil etadi. Bu xususiyat estetikaga ham xos. Biroq, tarbiyaning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq, estetik tarbiya insonning doimiy hamrohi, yani uning tug‘ilishidan toki umrining oxiriga qadar ehtiyoj sezib yashaydigan tarbiya shaklidir. Inson o‘zining estetik tarbiyasini takomillashtirmay turib, hayotini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishi mumkin emas. CHunonchi, hayotning go‘zalliklarini his etish va undan bahramand bo‘lish ham insonning estetik jihatdan qanday tarbiya ko‘rganligiga bog‘liq. Estetik tarbiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» emas va ayni paytda birdan to‘xtab qoladigan «mexanizm» ham emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Tarbiyaning bu shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, o‘z navbatida, kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni asosiy maqsadlari sirasiga kiritadi. Bundan tashqari, estetik tarbiya insonni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida rivojlantirishga o‘rgatadi ham. Negaki, inson olamga estetik jihatdan boy dunyoqarashga ega bo‘lgan, estetik tuyg‘usi va estetik didi tarbiyalangan xolda kelmaydi. Bu ko‘nikmalar inson tomonidan voqelikni kuzatish, o‘rganish va ulardan tegishli xulosalar chiqarishi natijasida shakllanadi. Inson ana shu tuyg‘ular tasirida o‘zi uchun mutlaqo yangi bo‘lgan olamni kashf etadi. Estetik tarbiya manaviyatning aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyati sifatida ish olib boradi. SHuningdek, ayrim kishilarning yohud biror-bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin. Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideali bilan bog‘liq bo‘lib, bu ideal nafis didga, pokiza tuyg‘ularga egaligi bilan ajralib turadi. Malumki, shaxs ijtimoiy jarayonlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. SHaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik subektiga aylanadi. SHu bois jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs estetik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining muayyan xatti-harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada tasir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday tasirlarni go‘zallik mezonlari asosida ongli yo‘naltirishdan iborat. Estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan aloqador bo‘ladi. Biroq, bu “estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil mano kasb etadi”, degani emas. CHunki, badiiy tarbiya badiiy ijod jarayonining inson tomonidan estetik tarzda anglash va o‘zlashtirishning bir qismi, xolos. Estetik tarbiya esa jamiyatda manaviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi muhim faoliyat turi bo‘lib, u inson didini shakllantirish va rivojlantirish asosida insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Estetik tarbiya insonda bunyodkorlik va yaratuvchanlikdan zavqlanish, qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni nazarda tutadi. U insonni yangilik va zamonaviylikka undaydi, faoliyatni nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida rivojlantirishga o‘rgatadi. SHu bois bugungi kunda estetik tarbiyaning bosh maqsadi - shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning estetik didi va estetik dunyoqarashini boyitishdan iboratdir. Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan xolda quyidagilar estetik tarbiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: Estetik tarbiyaning tadqiqot obekti kengayib borishi qator muhim vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. YAni: inson sanatni faol o‘zlashtiruvchi subektgina emas, balki sanatning estetik mohiyatini anglovchi va baxolovchi subekt sifatida yondashish; ijodiy imkoniyatlarni namoyon qilishi va undan samarali foydalanishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish; ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirishning samarali targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish. shaxsni hayotni oqilona, teran xis etadigan, turmush tarzini bunyodkorlik asosida tashkil etishga intilgan yangi kishini shakllantirish; yosh avlodda sanat asarlari va badiiy ijod namunalarini faol o‘zlashtirish, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; estetik tuyg‘u va estetik didning insonning barcha faoliyatlarida ustuvor bo‘lishini tamin etish. Estetik tarbiyaning vazifalari estetik tuyg‘u va estetik didning insonning barcha faoliyatlarida ustuvor bo‘lishini taminlash bilan belgilanadi. Bu vazifalar ijtimoiy-manaviy munosabatlarga, inson salohiyati va imkoniyatlariga singdirilsagina maqsadga erishadi. Ko‘rinib turibdiki, estetik tarbiyani qaror toptirish jamiyatning birdan bir maqsadi emas. Estetik tarbiyaning vazifasi nafaqat yuksak estetik did, esetik ideal va estetik tuyg‘ularga ega bo‘lgan insonlarni yaratish, balki ularni jamiyat hayotida, turmush nafosatida, mehnat faoliyatida, shuningdek ahloqiy munosabatlarda go‘zallik va ulug‘vorlikni xis qiladigan va yarata oladigan insonlarni shakllantirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida insonning amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda estetik tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Ayniqsa, ishlab chiqarish munosabatlari o‘zgarayotgan, axborot kommunikatsiya texnologiyasi va Internetning insonlarga tobora yaqinlashuvi, xizmat ko‘rsatishning yangidan-yangi turlari shakllanayotgan hamda inson ongini egallash uchun olib borilayotgan ko‘rash jarayonida estetik tarbiya masalalari kun tartibining dolzarb masalalariga aylanmoqda. Malumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va bu jarayonda ijtimoiy taraqqiyotning estetik subektiga aylanadi. Biror-bir shaxs jamiyat ijtimoiy jarayonlaridan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining xatti-harakati bilan bu jarayonlarga muayyan darajada tasir ko‘rsatishga harakat qiladi. Estetik tarbiya ana shu tasirlarni go‘zallik va ulug‘vorlik asosida yo‘naltirishga xizmat qiladi. Estetik tarbiyani shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi hamda tartibga soluvchi vositalar mavjud bo‘lib, ular yillar davomida xalqimiz tajribasidan o‘tgan, xalq turmush tarzining asosiy mezoniga aylangan. Sanat, mehnat, sport, matbuot, muhit kabi ananaviy vositalar shular jumlasidandir. Ular orasida sanat eng tasirchan estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. Sanat mohiyatan shaxsning xis-tuyg‘ulariga tasir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u insonni doimo o‘ziga jalb etib kelgan. Sanat insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak sanat barcha davrlarda insonga hamroh bo‘lib kelgan. Sanatni “bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir”, - deb bilgan taniqli jadid mutafakkiri Abdurauf Fitrat sanat va uning insonga ko‘rsatajak tasiri to‘g‘risida mulohaza yuritib, shunday degan edi; “Buyuk bir shodlik ko‘rgan kishi o‘zining shod tuyg‘ularini boshqalarga bildirib, shodligini orttiradir. Ulug‘ bir qayg‘uga uchragan esa, o‘z dardini boshqalarg‘a o‘tkarib, o‘zini ovuntirg‘an bo‘ladir. Miyasi yuksalmagan bolalar, sanatdan xabarsiz kishilar shodli-qayg‘uli tuyg‘ularini sakrab, o‘ynab, kulib, yig‘lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarg‘a anglatadilarda, shu yo‘l bilan ovuntirilgan bo‘ladilar, sanat egalari esa turli tovar (material)lar yordami bilan o‘zlarining tuyg‘ularini jonlantirib maydonga chiqaradir. SHu yo‘lda boshqalarni o‘z tuyg‘ulari bilan tuyg‘ulantirishga tirishadir”. Sanatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan belgilanadiki, estetik tarbiya faqat va faqat insonga xos bo‘lib, u inson orqali voqelikka aylanadi. Sanat tasvir vositalari orqali insonning idellari va orzu-umidlarini ranglarda, oxanglarda, badiiy obrazlarda aks ettiradi, insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli qiyofalar bilan uning o‘ziga namoyish qiladi. Bu bilan sanat o‘ziga insonni jalb etadi, uning qiziqishini orttiradi. Natijada inson sanatning muxlisiga, tomoshabiniga aylanadi. Agar inson o‘zining estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltira olgan bo‘lsa, chinakam sanat uning kelajakdagi buyuk ishlariga rahnamolik qiladi. Aksincha, estetik tuyg‘usi va estetik didi tarbiyalanmagan kishi sanatning buyuk imkoniyatlaridan mosuvo bo‘lib qolaveradi. Biroq, sanat u yoki bu ko‘rinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero, haqiqiy sanat asarlari insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka undab kelgan estetik tarbiya vositasidir. SHaxsning estetik tarbiyasini sanat vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat ko‘ra ifodalash mumkin. Birinchidan, sanat ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq tasir ko‘rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, sanat insonni estetik jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafko‘raviy mazmun bag‘ishlashi bilan birga inson manaviy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi. Sanat o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Manaviy jarayonlarni inson tomonidan anglanishi shaxs estetik didining qay tariqa shakllanganligi bilan belgilanadi. CHunki, inson estetik didi uning go‘zallikdan xunuklikni, ulug‘vorlikdan tubanlikni, fojeaviylikdan kulgulilikni ajrata olish qobiliyatlariga qarab baholanadi. Did yordamida odamlar hayotiy faoliyatlarini shakllantirishga harakat qiladilar. SHunga ko‘ra, insonning didsizligini fojea deb bilish yaramaydi; didsizlik bu tariqa fojeaga aylanmaydi. Didsizlik fojeaga aylanishi mumkin qachonki, biror-bir shaxsning past darajadagi didi boshqa bir yuksak didli shaxsning didiga hukmronlik qilsa va uni o‘z izmiga bo‘ysundirishga harakat qilsagina did fojea tusini oladi. Bunday holat o‘z navbatida hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga monelik ko‘rsatadi. Sanat ana shunday fojealarning oldini olishda insonga ko‘mak beradi. Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, u o‘ziga xos tasirchanlik, tug‘yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko‘lamining vujudga kelishi mumkin emas. SHuningdek, inson badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o‘stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. SHunga ko‘ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqelikda sodir bo‘layotgan hodisalar to‘g‘risidagi malumotlarni insonga tushunarli tarzda etkazib beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Insonni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayon bo‘lib, amalga oshiriladigan islohotlar ham mazkur jarayonni takomillashtirishni nazarda tutadi. Estetik tarbiyani takomillashtirish va uni zamon talablariga moslashtirish estetik madaniyat shaxs – jamiyat – shaxs tizimida mavjud bo‘lib, bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. yani, estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o‘z navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu tartibdagi o‘zaro tasir millatning qadam-baqadam komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi. Hozirgi paytda milliy manaviyatga tasir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli tasir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiymanaviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqazo etadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling