Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Zamonaviy shaharsozlik estetikasi


Download 1.22 Mb.
bet239/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Zamonaviy shaharsozlik estetikasi Har bir shahar yoki viloyat, tuman markazi o‘ziga xos estetik ko‘rinishga ega. Bugungi kunda shaharsozlik sohasiga estetikaning zamonaviy prinsiplari joriy etilmoqda. Ayniqsa, davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini tubdan takomillashtirish masalalariga jiddiy etibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyotning ikki muhim jihati - moddiylik va manaviylikni o‘zida namoyon ettiradigan memorchilik o‘z navbatida, mamlakatda shaharsozlik sohasining shakllanishiga, ravnaq topishiga sezilarli tasir ko‘rsatadi.
Kundalik hayotda «shaharsozlik» va «obodonlashtirish» degan so‘zlar tez-tez tilga olinmoqda. Sobiq Ittifoq davrida shaharsozlik madaniyati va estetikasi memoriy majmualarning umumiy ko‘rinishi, ularning eksterer (tashqi) va interer (ichki) bezagidagi bir xillik shaharning badiiy-estetik qiyofasiga salbiy tasir etganligini kuzatish mumkin. Ayniqsa, aholi uchun qurilgan turar joy binolarining bir xil shaklda bo‘lganligi shundan dalolat beradi. Mazkur binolar tartibsiz, noqulay hududda bunyod etilganligi, aksariyatining qurilishida tabiiy muhit, milliy xususiyatlar hisobga olinmaganligi natijasida shaharning jozibadorligini buzgan.
SHahar o‘z ko‘rki va go‘zalligini qo‘yidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi: a) shaharda memoriy obidalar, ko‘hna yodgorliklar, ziyoratgohlarning mavjudligi va ularni odamlar etibori va tasarufida ekanligi; b) binolarning aholi tarmush tarzi uchun qulayligi va mos kelishi; v) shaharda bunyod etilgan inshootlar, yo‘llarning xalq manfaati bilan muvofiqligi; g) shaharning geografik jihatdan joylashuvi – suv va havosining musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi.
Bugungi kunda mamlakatimizda bunyod etilayotgan muhtasham inshootlar, mamuriy binolar, talim muassasalari milliy memorchilik ananalarining Ovro‘pa memorchilik ananalari bilan uyg‘unligiga asoslanadi. Misol uchun, Vatanimiz poytaxtida qad rostlagan - Marifat markazi, Simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, YOshlar ijod saroyi, Poytaxt biznes markazi kabi betakror inshootlar bir-biriga hamohang tarzda yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan. YOki Vatanimizning bosh maydoni - Mustaqillik maydoni betakror landshaft dizayni bilan g‘oyat go‘zal qiyofa kasb etgan. O‘zbek shaharsozligi estetikasi sobiq Ittifoq davrida nazardan chetda qoldi:
memoriy obidalar qarovsiz holatga keltirildi, xalq amaliy sanatining nodir turlari yo‘qola boshladi, erkin ijodiy muhit taqiqlandi. Sanatkorlar, memorlar, usta va naqqoshlar tomonidan ko‘plab binolar, xalq amaliy sanatining nodir namunalari yaratilgan bo‘lsada, ammo ularda milliy bezak va uslublar, naqshlar to‘laligicha o‘zini namoyon etolmas edi. Bugungi memoriy binolar, tarixiy inshootlar xususan O‘zbekiston anjumani, mahobati, shakl va kompozitsiyasi, naqsh va bezaklari o‘zining falsafiy-estetik mazmuni bilan jahon memorligining buyuk namunasi, o‘zbek xalqining estetik qadriyatiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
XXI asrni O‘zbekistonda shaharsozlik estetikasida tub burilish davri deyish mumkin. Bugungi kunda, shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport maydonlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar, gulzorlar barpo etildi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling