aytiladi (decision function).
Mashinani o’qitish jarayoni bosqichlari
Mashinani o’qitish jarayoni chiziqli yoki nochiziqli bo’lishiga qaramasdan
quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Muammoni aniqlash.
Ma’lumotlarni tayyorlash.
Algoritmni ishlab chiqish va baholash (testlash).
Natijaviy ma’lumotlar aniqligini oshirish.
Yakuniy natijani (ishlab chiqilgan model) taqdim qilish.
Mashinali o’qitish turlari
Supervised learning
O’qituvchili o’qitish (Supervised learning) – bu
modelni xususiyatlari aniq
bo’lgan ma’lumotlar bilan o’qitish. Bunday turdagi o’qitish usullariga Regressiya va
Sinflashtirish masalalarini misol keltirish mumkin.
Bunda xususiyatlari aniq deganda kiruvchi va chiquvchi
parametrlar mavjud
bo’lishi nazarda tutiladi.
Modelni o’qitishda foydalaniladigan ma’lumotlar odatda ikkita qismga ajratiladi
va ular 80:20 nisbatda olinadi. Ya’ni ma’lumotlarning 80% o’qitiluvchi ma’lumot va
qolgan 20% esa modelni testlovchi ma’lumot bo’lib xizmat qiladi.
O’qitish jarayonida model kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarning 80% dan
foydalanadi va modelni o’qitish faqat ushbu ma’lumot orqali amalga oshiriladi.
7.1-rasm. Supervised learning ning turlari
7.2-rasm. Supervised learning ning sinflashtirish masalasiga misol
Do'stlaringiz bilan baham: