Al-xorazmiy nomli urganch davlat universiteti
Download 122 Kb.
|
DIN VA SIYOSAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: DIN VA DEMOKRATIYA
- MAVZU: DIN VA DEMOKRATIYA REJA
- Islom va xalqaro huquq
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI AL-XORAZMIY NOMLI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ MAVZU: DIN VA DEMOKRATIYA Urganch-2014 MAVZU: DIN VA DEMOKRATIYA REJA: 1.Jahon dinlari va ularning xalqaro munosabatlar va diplomatiyadagi roli 2. Islom va xalqaro huquq Jahon dinlari - bu, milliy dinlardan farqli o`laroq, davlatlararo, millatlararo xususiyatga ega bo`lgan va keng miqyosda tarqalganligi bilan ajralib turuvchi dinlardir. Ateistlarning yaqin kelajakda dinlar yo`qolib ketishi haqidagi bashorati to`g`ri chiqmadi. Boz ustiga, XX asr oxiri - XXI asr boshlarida dinga qiziqish, uning odamlar, jamiyatlar va davlatlar hayotiga, siyosatga, xalqaro va millatlararo munosabatlarga ta`siri kuchaydi. Hozirgi xalqaro munosabatlarda jahon siyosatida har xil diniy birlashmalar va tashkilotlar bevosita ishtirok etishi bilan bog`liq din omili yanada bo`rtibroq ko`rinmoqda. Bu diniy birlashmalar va tashkilotlar asosan jahon dinlari - buddizm, iudaizm, xristianlik va islomga tegishli. Ijtimoiy-mafkuraviy hodisa sifatidagi islom (arab. - «o`zini Alloh irodasiga topshirish) nafaqat Arabiston jamiyatlari rivojlanishining tarixiy yakuni, balki qadimiyatdan o`rta asrlarga o`tish davrida butun Yaqin Sharqqa xos bo`lgan umumiy jarayonlarning natijalaridan biridir. Sof diniy nuqtai nazardan islomning vujudga kelishi undan oldingi dinlar - buddizm, iudaizm, xristianlik va zardushtiylikning ta`siri va rivojlanishi bilan ham, sinkretik monoteizmning o`ziga xos shakllariga ega bo`lgan Arabiston aholisi diniy ongining tadrijiy rivojlanishi bilan ham bog`liqligi kuzatiladi. V-VI asrlarga kelib Arabistonda uning shimoliy va janubiy hududlari - Nabitay, Palmir, Sabay, qisman Ximyarda joylashgan qadimgi davlatlar parchalanib ketdi. Arabistonning shimol, sharq va janubdagi ayrim hududlari asta-sekin qo`shni davlatlar - Sosoniylar Eroni, Vizantiya, Aksum podshohligining bevosita hukmi ostiga o`ta boshladi. Kadimgi jamiyat negiziga putur yetishi ijtimoiy ziddiyatlarning barcha turlarini keskinlashtirib yubordi, shakllangan ijtimoiy aloqalar yo`qolishiga olib keldi, jamiyatning turli qatlamlari, qabilalar, ko`chmanchilar va o`troq aholi o`rtasidagi nifoqni kuchaytirdi. Bularning hammasi islomga qadar bo`lgan arab xalqlari hayotida behalovatlikning kuchayishi, fatalizm paydo bo`lishiga olib keldi. Ayni shu holat ko`pgina eski xudolardan hafsalasi pir bo`lgan arablarning ma`naviy izlanishlarini ham rag`batlantirdi. Shu narsa diqqatga sazovorki, yangi Arabiston dunyosi aynan shu davrda vujudga kela boshladi. Ko`chmanchilar va o`troq aholining o`zaro nisbatiga asoslangan, taxt deyarli doim ko`chmanchilar qo`lida bo`lgan yangi davlatlar, chunonchi: Lahmiylar, Hassaniylar, Kindiylar podshohligi, qisman Ximyar tashkil topdi. Ko`chmanchi qabilalar va shahar aholisining yangi ittifoqlari vujudga keldi. Yangi savdo-siyosiy markazlar (masalan, Makka) tashkil topdi. Arabiston xalqlarining etnik va madaniy birlashish jarayoni boshlandi. Yuqorida zikr etilgan hududlarda yagona arab tili, ijodiyot, umumiy o`zlikni anglash unsurlari keng tarqaldi. Urug`doshlik tuzumidan ilk sinfiy jamiyatga o`tish jarayoni kuchaydi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o`zgarishlarni g`oyaviy jihatdan asoslashga bo`lgan ehtiyoj, ularni rivojlantirishga intilish Arabistonning deyarli barcha qismlarida bir-biriga o`xshash hodisalarni - qabilalar va shaharlarni birlashtirishga, tashqi dushmanlarga qarshilik ko`rsatishga harakat qilgan siyosiy harakatlarni vujudga keltirdi. Bu harakatlarga iloh bilan bevosita aloqadorlikni da`vo qilgan va o`z faoliyatini «ilohiy ilhom» bilan asoslagan shaxslar rahbarlik qildilar. Bu ilohni ular yagona va tengi yo`q deb tavsiflab, ar-Rahmon yoki Alloh deb atardilar. Iloh o`z payg`ambarlari bilan hushsizlik (trans) holatida (bevosita yoki farishtalar orqali) «so`zlashardi». Bu payg`ambarlar harakatlari haqidagi uzuq-yuluq ma`lumotlar «soxta payg`ambarlar», Muhammad Payg`ambar (SAV)ga taqlidchilar - Musaylim, al-Asvad, Sajax va boshqalar haqidagi rivoyatlarda saqlanib qolgan. Islom dini, Muhammad (AS)ning payg`ambarlik faoliyati umumiy jarayonlarning muayyan va qonuniy yakuni bo`ldi. Biroq g`oyaviy va siyosiy jihatdan Muhammad Payg`ambar (SAV) juda kuchli, har tomonlama barkamol shaxs edi. Bu VII asrda Hijoz (/arbiy Arabiston)da paydo bo`lgan, yahudiylar va nasroniylar ta`limotiga yaqin mafkuraga ega harakat o`ziga xos shakl-shamoyil, ma`naviy va siyosiy qudrat kasb etishining sabablaridan biri bo`ldi, islom dinining vujudga kelishini muhim tarixiy hodisalardan biriga aylantirdi. Arabistonda tashqi dushmanlarga qarshi kurash asta-sekin uning siyosiy birlashuviga olib keldi. Arab xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, etnik va madaniy jihatdan birlashish jarayoni yakunlanishida islom dini muhim omil bo`ldi. Bu kurash Muhammad Payg`ambar (SAV)ni tashqi dunyo - Vizantiya va Eron bilan to`qnashtirdi va ular bilan yangi din o`rtasidagi kurashning yanada rivojlanishiga hamda boshqa siyosiy tuzilma (umma - xalifalik) tashkil etishga rag`batlantirdi. Hozirgi vaqtda islom e`tiqod qiluvchilar soniga ko`ra (xristianlikdan keyin) ikkinchi jahon dinidir. Yer yuzida qariyb 1,2 milliard kishi islomga e`tiqod qiladi (shularning to`qson foizga yaqini - sunniylar). Musulmonlarning uchdan ikki qismidan ko`prog`i Osiyoda yashaydilar va bu qit`a aholisining 20% idan ortiqrog`ini tashkil etadi. Kariyb 30% musulmonlar Afrikada yashaydilar (qit`a aholisining 49%). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo`lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 35 tasida musulmonlar aholining ko`pchiligini tashkil etadi - Shimoliy Afrika, /arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil bundan mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afg`oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa ba`zi mamlakatlarda aholining 80% dan ortiqrog`i musulmonlardir. Afrikaning bir qancha mamlakatlarida musulmonlar aholining yarmidan 80% igachani tashkil qiladi (masalan, Gvineya, Mali, Chad, Sudanda). Malayziya va Nigeriyada aholining qariyb yarmi musulmonlar, ba`zi bir mamlakatlarda musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, ularning ta`sir doirasi kuchli (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-Faso, Syerra-Leone va b.). Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar - Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh. Musulmonlarning anchasi Xitoy, Tayland, Eritreya, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya, Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va b.), Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari (AKSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. Afrika va Osiyodagi 28 ta davlatda (Misr, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston va b.) islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan. Ayrim mamlakatlarda «islom» so`zi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va b. Ko`pgina mamlakatlarda musulmon partiyalari faoliyat olib bormoqda, diniy-siyosiy tashkilotlar tarqalgan, ko`p sonli diniy bilim yurtlari - qorilik maktablari, madrasa, islom universitetlari, islom jamiyatlari, missionerlik tashkilotlari, tijorat korxonalari, islom banklari, sug`urta kompaniyalari ishlab turibdi. Saudiya Arabistoni va Fors (Arab) ko`rfazining boshqa mamlakatlarida islom sud ish yurituv tizimi amal qiladi. O`tgan asr 70-yillarining oxiri - 80-yillarining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan rol o`ynay boshladi. Jahon siyosatida islomning nufuzi asosan musulmon davlatlarining, ayniqsa islom davlat dini deb e`lon qilingan davlatlarning va islom yo`nalishidagi ko`p sonli xalqaro tashkilotlar va uyushmalarning xalqaro faoliyati orqali namoyon bo`lmoqda. Islomning diniy va ma`naviy-axloqiy negizlari asosida birlashish maqsadini ko`zlovchi islom birdamlik harakati xalqaro maydonda islom nufuzini mustahkamlayotgan tuzilmalardan biridir. Jahon huquqiy tartibotining hozirgi islomiy konsepsiyasi asosan islom uchun an`anaviy bo`lgan huquqiy yondashuvlarni hisobga oladi. Bu yondashuvlarda huquq axloqiy va diniy normalar bilan chatishib ketgan. Bundan tashqari, islomda ichki davlat huquqi aniq farqlanmaydi. Islom huquqi normalari va axloqiy-diniy qoidalar jamuljam holda yagona diniy-huquqiy tizim - islom huquqini tashkil etadi. U xalqaro huquq sohasiga ham taalluqli bo`lgan umumiy huquqiy mo`ljallar va xulq-atvor qoidalarini mustahkamlaydi. Biroq islom huquqining muayyan normalari tashqi siyosat va xalqaro-huquqiy tartibga solish sohasiga nisbatan o`z-o`zidan tatbiq etilmaydi. Islom huquqiy ta`limotidan va ko`pgina musulmon davlatlari amaliyotidan mustahkam o`rin olgan Kur`on va Sunnada aniq javob berilmagan savollarni o`xshashligiga qarab hal etish («qiyos») va shar`iy hukmni topish yo`lida izlanish («ijtihod») jahonda umumiy huquqiy tartibotning shakllanishi va hozirgi zamon xalqaro huquqining progressiv rivojlanishida islom huquqiy konsepsiyasi ishtirok etishi uchun umumiy protsessual-huquqiy zamin hozirlaydi. Islomning tinchlikparvarlik salohiyati alohida ajralib turadi, Kur`oni karimning yuzdan ortiq o`rnida ifodalangan tinchlik va hamkorlikka chaqiriqlar nafaqat musulmon mamlakatlari, balki barcha davlatlar o`rtasidagi xalqaro nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish umumiy tamoyilining islomiy tasdig`i sifatida qaraladi.
Xalqaro huquqning islomiy konsepsiyasi manbalari Kur`oni karim, Sunna, xalifalar diplomatik amaliyoti pretsedentlari, boshqa musulmon hukmdorlari amaliyotining pretsedentlari, nufuzli ulamolarning fikrlari, sud qarorlari, shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlar, ayrim mamlakatlarning qonunlari, odatlar (an`analar - takallid)dir. Bunda xalqaro huquq islomiy konsepsiyasining «umumnazariy» qoidalari odatda Muhammad Payg`ambar (SAV) jamoasi tarixida yuz bergan holatlar bilan o`xshashlik bo`yicha keltirib chiqariladi. Masalan, nomusulmon davlatlar bilan do`stona aloqalarni rivojlantirish mumkinligi Muhammad Payg`ambar (SAV) davrida Madinada musulmon va nomusulmon jamoalari mavjud bo`lganidan keltirib chiqariladi. Xalqaro huquq islomiy konsepsiyasining pirovard maqsadi barcha musulmonlarning siyosiy tashkiloti sifatidagi «islomiy birlik»ka erishishdan iborat. Hozirgi islom xalqaro huquq mutaxassislarining ayrim asarlarida bu Islom konferensiyasi tashkiloti timsolida tavsiflanadi. Ayni vaqtda, yagona islom davlatini tashkil etish g`oyasi amalga oshmasligi sababli, «islomiy birlik» bilan bir qatorda, hozirgi sharoitda musulmon mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning eng maqsadga muvofiq shakli sifatidagi «islom birdamligi» g`oyasi ham ilgari surilmoqda. Shuni ta`kidlash zarurki, «islom birdamligi» g`oyasi hozirgi vaqtda musulmon mamlakatlari tashqi siyosatining muhim tamoyiliga aylangan. Musulmon mamlakatlarining birdamligi g`oyasi turli darajada bir qancha xalqaro tashkilotlar tuzilishining o`ziga xos timsoli bo`lib xizmat qildi. Bunday davlatlararo tashkilotlar orasida eng nufuzlisi Arab davlatlari ligasi (ADL) va Islom Konferensiyasi tashkiloti (IKT)dir. O`z safida musulmon davlatlarinigina birlashtiruvchi bu ikki tashkilot zamirida islomiy birlik, Islom ta`limotiga, uning ma`naviy, axloqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlariga sodiqlik tamoyillari yotadi. Ularning bosh maqsadlaridan biri musulmon davlatlari o`rtasidagi integratsiya jarayonlarini jadallashtirish va islomning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirishdan iborat. ADLning tashkil topishiga 1944 yil 7 oktabrda qabul qilingan Aleksandriya bayonnomasi asos bo`ldi. Bu hujjat Suriya, Livan, Transiordaniya, Iroq, Misr, Saudiya Arabistoni, Yaman va Falastin arab xalqi vakillari tomonidan imzolandi. Bayonnomada bo`lajak Liganing asosiy maqsadlari va prinsiplari ta`riflandi. 1945 yil 22 martda Kohirada chaqirilgan konferensiyada yetti arab davlati (Suriya, Livan, Iordaniya, Iroq, Misr, Saudiya Arabistoni va Yaman) ishtirok etdi. Shu kuni ADL Pakti olti arab davlatining vakillari tomonidan imzolandi (Yaman vakili paktni keyinroq, 1945 yil 5 mayda imzoladi). ADL Pakti 1945 yil 10 mayda kuchga kirdi. Hozirgi vaqtda Paktga yigirmadan ortiq davlat a`zo bo`lgan. Ushbu Paktga muvofiq (1-modda) har qanday mustaqil arab davlati ADLga a`zo bo`lishi mumkin (lekin amalda ADLga sof arab davlati bo`lmagan davlatlar, masalan, Jibuti va Somali ham a`zo). Liganing maqsadlari quyidagilardan iborat: 1) arab davlatlarining siyosiy faoliyat yo`nalishlarini muvofiqlashtirish; 2) ularning mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish; 3) iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy aloqa sohalarida hamkorlikni rivojlantirish. ADLga a`zo davlatlar o`rtasida hamkorlik quyidagi sohalarda amalga oshiriladi: - iqtisodiy va moliyaviy muammolar; - transport va aloqa; - madaniyat, sog`liqni saqlash masalalari; - ijtimoiy muammolar. Liganing rahbar organi - ADL Kengashi hisoblanadi. Kengash tarkibiga har bir a`zo mamlakatdan bittadan vakil kiritiladi. Kengash o`z majlislarini bir yilda ikki marta o`tkazadi. Hamma a`zolar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovoz bilan qabul qilinadi. Ko`pchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorlar bularni qo`llab-quvvatlab ovoz bergan mamlakatlar uchungina majburiydir. ADLga a`zo davlatga qarshi agressiya sodir etilgan yoki agressiya xavfi tug`ilgan taqdirda, bu davlat zudlik bilan ADL Kengashi chaqirilishini talab qilishi mumkin. Kengash agressiyani bartaraf etish chora-tadbirlarini, shu jumladan majburlov choralarini belgilaydi. Birlashtirilgan mudofaa kengashi va Doimiy harbiy komissiya Kengashga konsultativ yordam ko`rsatadi. Kengash ADL davlatlari o`rtasidagi nizolarni ko`rib chiqish huquqiga ham ega. Kengash ADL Bosh kotibini besh yil muddatga saylaydi. 1964 yildan ADL doirasida Davlat va hukumat boshliqlari konferensiyasi faoliyat ko`rsatib keladi. Konferensiyada eng muhim masalalar muhokama qilinadi. Islom Konferensiyasi tashkiloti (Islom Kongressi) rasman 1954 yilda tashkil etilgan edi, lekin amalda u o`z faoliyatini 1969 yilda, Isroilga qarshi faoliyatni kuchaytirish va Kuddusdagi (Iyerusalim) islom qadamjolarini himoya qilish uchun oliy darajada IKTga a`zo mamlakatlar konferensiyasi tashkil etilganidan keyin boshladi. Shu bois IKTning doimiy organi - Bosh kotib tomonidan boshqariladigan Kotibiyat vaqtinchalik («Kuddus (Iyerusalim) to`liq ozod qilingunga qadar») Jidda (Saudiya Arabistoni Podshohligi) shahrida joylashgan. Arab, ingliz va fransuz tillari IKTning rasmiy tillari hisoblanadi. Islom Konferensiyasi tashkiloti (arab. Munazzamat al-Mu`tamar al-Islamiy) hozirda o`z safiga Osiyo va Afrikaning ellikdan ortiq davlatini birlashtirgan. IKT 1972 yilda tasdiqlangan Nizomga muvofiq ish olib boradi. Nomusulmon mamlakatlarda yashaydigan musulmon jamoalari IKTga o`z vakillarini kuzatuvchilar sifatida yuborishlari mumkin. IKT islom tamoyillari, shuningdek BMT Nizomining umum e`tirof etilgan prinsiplari asosida tashkil etilgan. U BMT huzurida doimiy kuzatuvchi sifatidagi o`z vakiliga ega. Islom Konferensiyasi tashkilotining maqsadi quyidagilardan iborat: 1) a`zo davlatlar o`rtasidagi islom birdamligini rag`batlantirish; 2) iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash; 3) irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish; 4) tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar belgilash; 5) Falastin arab xalqining o`z huquqlarini tiklash va uning yerlarini ozod qilish uchun kurashini qo`llab-quvvatlash. Islom Konferensiyasi tashkilotining rahbar organlari: 1) davlat va hukumat boshliqlari konferensiyasi (zaruratga qarab chaqiriladi); 2) tashqi ishlar vazirlari konferensiyasi (yilda bir marta chaqiriladi); 3) kotibiyat; 4) siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalar bo`yicha komissiyalar. Islom Konferensiyasi tashkiloti huzurida bir qancha ixtisoslashgan xalqaro islom tashkilotlari va muassasalari, chunonchi: Islom taraqqiyot banki, Xalqaro islom yangiliklar agentligi, Ta`lim, fan va madaniyat bo`yicha islom tashkiloti, Islom adolat sudi, Islom banklari xalqaro uyushmasi, Jahon islom ta`limi markazi, Musulmon yuristlar tashkiloti ish olib boradi. Islom xalqaro tashkilotlari qatoriga Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari mintaqaviy islom tashkiloti (1980 yil tashkil topgan, qarorgohi Malayziyada joylashgan) ham kiradi. Bu tashkilot aralash xususiyatga ega. Unda mintaqaning 16 ta musulmon davlati va 40 ta islom nohukumat tashkilotlari ishtirok etadi. Eng yirik xalqaro islom nohukumat tashkilotlari qatoriga quyidagilar kiradi: - Butunjahon islom kongressi (BIK, 1926 yil Makkada asos solingan, qarorgohi hozir Pokistonning Karachi shahrida joylashgan). 70 mamlakatda bo`limlariga ega. BIK oliy organi - Assambleya bo`lib, u har to`rt yilda bir marta chaqiriladi. Doimiy organi - Oliy kengash. BIKning maqsadi - Islom ijtimoiy doktrinasini ishlab chiqish va tarqatish, islom madaniyati va huquqini ommaviylashtirish; - Butunjahon Islom ligasi – «Robita» (1926 yil Makka shahrida tashkil etilgan). Liganing vazifasi islom haqidagi bilimlarni ommaviylashtirish, Makkaga haj safarlarini uyushtirishdan iborat. Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada mintaqaviy muvofiqlashtirish kengashlari ishlab turibdi. Butunjahon Islom ligasining rahbar organi - Bosh kotib rahbarlik qiluvchi Kengash; - Yevropa islom kengashi (faoliyatiga rahbarlik qiluvchi markaz Londonda joylashgan). Kengash /arbiy Yevropa mamlakatlaridagi 50 dan ortiq islom markazlari, uyushmalari va tashkilotlarining islom tarixi, fani va madaniyati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. Islom siyosati va huquqining dolzarb masalalarini ilmiy ishlab chiqishni amalga oshiradi. Milliy xususiyatga ega bo`lgan har xil islom diniy-siyosiy oqimlari, ularning o`z tashkiliy tuzilmalari va bir necha davlatlar hududida ish olib boruvchi tashkilotlari alohida o`rin egallaydi. Bunday oqimlar qatoriga musulmon birodarlar uyushmasini va qisman shia mazhabi yo`nalishlaridan biri hisoblangan ismoiliylarni kiritish mumkin. Lekin ular xalqaro diniy, nohukumat tashkilotlari sifatida qaralishi mumkin emas. Shuni ta`kidlab o`tish zarurki, islom birdamligi g`oyalarini ro`yobga chiqarishga Islom Konferensiyasi tashkiloti (IKT) ayniqsa katta hissa qo`shmoqda. Islom dunyosida xalqaro iqtisodiy tartib o`rnatishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan islom xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlari faoliyatida xalqaro-huquqiy tartibga solishga an`anaviy islom huquqining sezilarli ta`siri ko`zga tashlanadi. Islom xalqaro va milliy banklariga kredit berganlik uchun foizlar olishning taqiqlanishi buning yorqin misolidir. Fors (Arab) ko`rfazidagi arab davlatlarining hamkorlik kengashi ham islom birdamligi g`oyalarini ro`yobga chiqarishga salmoqli hissa qo`shayotir. Fors (Arab) ko`rfazidagi arab davlatlarining hamkorlik kengashini (SSAGPZ) tashkil etish to`g`risidagi qaror 1981 yil 4 fevralda Bahrayn, Katar, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vazirlarining Ar-Riyoddagi kengashida qabul qilindi. Kengashning yakunlovchi hujjatida, jumladan, Kengashga a`zo mamlakatlar o`rtasidagi yaqin aloqalarni muvofiqlashtirish muhimligini, tuzumlar va tartiblarning o`xshashligini tushungan holda, shuningdek barcha jabhalarda birlashishga intilishni hisobga olib, uning a`zolari o`rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, turli sohalarda o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida alohida tashkilot tuzish maqsadga muvofiq deb topilgani ta`kidlanadi. Fors (Arab) ko`rfazidagi arab davlatlarining hamkorlik kengashi Ustavi va tashkiliy tuzilishi Kengashga a`zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari tomonidan ishlab chiqilgan va 1981 yil 10 martda Mashhad shahrida tasdiqlangan. Fors (Arab) ko`rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashining maqsadi Yaqin Sharq mojarosi arab mamlakatlari manfaatlarini hisobga olgan holda tartibga solinishiga erishish, arab dunyosi va islom hamjamiyatida mavjud nizolar va mojarolarni tinch yo`l bilan hal qilish, xalqaro maydondagi dolzarb muammolar bo`yicha nomusulmon davlatlar bilan o`zaro til topish, muhim muammolarni hal qilish, arab va islom davlatlarini modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratishdan iborat. «Arab oltiligi» tashqi siyosatining arab-islom yo`nalishi nafaqat islom va nomusulmon davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlar kanallari orqali, balki Fors (Arab) ko`rfazidagi arab davlatlarining hamkorlik kengashi va Arab davlatlari ligasi mintaqaviy tashkilotlari orqali ham amalga oshiriladi. Islom Konferensiyasi tashkilotining islom davlatlari muvofiqlashtirish markazi sifatidagi ta`sir doirasi kengayib borayotir. Eron (yadro quroli bilan bog`liq) va Iroqdan (Saddam Huseyn o`limidan keyin ham davom etayotgan teraktlar va parokandalik bilan bog`liq) tarqalayotgan harbiy-siyosiy tahdid va mintaqaviy xavfsizlik muammolarini e`tibordan soqit etsak, «arab oltiligi»ning tashqi siyosatida arab-Isroil mojarosini tartibga solishdan iborat Yaqin Sharq mavzusi ustuvor o`rin egallaydi. ADABIYOTLAR:1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent: «O`zbekiston», 1992. 2. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyatsiz kelajak yo`q. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. Tom 5. - Toshkent: «O`zbekiston», 1997. 3. Abdulaziz Mansur. Kur`oni karim ma`nolarining tarjimasi. – «Toshkent Islom universiteti» nashriyoti, 2001. - 617b. 4. Raxmanov A.R. Islamskoye pravo. – Tashkent, «Yangi asr avlodi», 2003, - 480s. 5. Mejdunarodnoye pravo: Uchebnik. Otv. red. Y.M.Kolosov, E.S.Krivchikova. -Moskva: Mejdunarodno`ye otnosheniya, 2000.-S.515-520. 6. Sharl R. Musulmanskoye pravo. Per. s fr. S.I.Volka. Pod red. i s predisloviyem YE.A.Belyayeva. -Moskva: Izd-vo «Inostrannoy literaturo`», 1959. - 142 s. 7. Syukiyaynen L.R. Musulmanskoye pravo. Voproso` teorii i praktiki. -Moskva: «Nauka», 1986.-255 s. 8. Saidov A.X. Osnovo` musulmanskogo prava. Kurs leksiy. - Tashkent: Akademiya MVD, 1994. - 140 s. 9. Maksud R. Islam / Per. s angl. V.Novikova.-Moskva: FAIR-Press, 2001.-304 s. 10. Al-Xamid, Xusni Dervish Abd va al-Arid, Mansur Djamil Mansur. Ash-Shura fi daula. Al-Baxrayn: al-Matbaa al-xukumiya, 1996. –Б. 33. 11. www.akadmvd.uz Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling