Albert Einstein Oren J. Turner olgan surat (1947) Tavalludi
Download 64 Kb.
|
F(x).Albert Einstein
- Bu sahifa navigatsiya:
- Albert Einstein
- Istiqomat joylari
- Millati Yahudiy Sohasi
- Akademik rahbarlari
- Mashhur sovrinlari
- Eynshteyn Albert
Albert Einstein Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Albert Einstein (Albert Eynshteyn; talaffuz etilishi (yordam·maʼlumot)) (14-mart, 1879 – 18-aprel, 1955) nemis fizik-nazariyotchisi boʻlgan. Einsteinning maktabda matematikadan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, murakkabroq kitoblar berishgan.[1] 15 yoshida Einstein differensial va integral algebrani yaxshi bilar edi.[2] Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan.[1] Eynshteyn Albert (1879.14.3, Ulm, Germaniya — 1955. 18.4, Prinston, AQSH) — nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvansh nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya FA fizika instituti direk tori (1914-33). 1933 y.dan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan. Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. E. massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida E.ning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida t-ra pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). E. jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). E. gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933 yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. E. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. E. 1940 yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. E.ning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921). Manbalar[tahrir] Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling