Alfraganus university nodavlat oliy ta’lim tashkiloti


Download 41.38 Kb.
bet3/5
Sana07.10.2023
Hajmi41.38 Kb.
#1694731
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diff-tengl-Sillabus uzb

Jami

36




Mashg‘ulotlar shakli: Amaliyot (A)

Soat

A1

O‘zgaruvchisi ajraladigan differensial tenglamalar

2

A2

Bir jinsli va bir jinsliga olib kelinadigan differensial tenglamalar

2

A3

Chiziqli differensial tenglamalar va uni yechishning Lagranj va Bernulli usullari

2

A4

Bernulli tenglamasi. To‘la differensial tenglama. Integrallovchi ko‘paytuvchi

2

A5

To‘la differensial tenglama. Integrallovchi ko‘paytuvchi

2

A6

Hosilaga nisbatan yechilmagan differensial tenglamalar. Lagranj va Klero tenglamalari

2

A7

Tartibi pasayadigan yuqori tartibli differensial tenglamalar

2

A8

Yuqori tartibli chiziqli differensial tenglamalar. Vronskian. Fundamental yechim. Asosiy teoremalar

2

A9

O‘zgarmas koeffitsiyentli chiziqli bir jinsli differensial tenglamalar. Xarakteristik koʻphad

2

A10

Ikkinchi tartibli bir jinsli bo‘lmagan differensial tenglamalar

2

A11

Ikkinchi tartibli o‘ng tomoni maxsus ko‘rinishda bo‘lgan o‘zgarmas koeffitsientli differensial tenglamalar

2

A12

Ikkinchi tartibli differensial tenglamalarni yechishning o‘zgarmasni variatsiallash usuli

2

A13

Differensial tenglamalar sistemasi. Yechish usullari

2

A14

Asl va tasvir. Laplas almashtirishlari

2

A15

Laplas almashtirishining asosiy xossalari

2

A16

Differensial tenglama yechishning operatsion hisob usuli

2

A17

Differensial tenglamalar sistemalarini yechishning operatsion hisob usuli

2

A18

Differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullari

2

Jami

36

O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda differensial tenglamalar kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida mavzularga doir misollar yechiladi va talabalarga uy ishlari beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.

Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

Ma’ruza

36

Amaliy mashg‘ulot

36

Mustaqil ta’lim

108

Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari

180



Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash auditoriya mashg’ulotlaridagi talabaning faolligi, joriy, oraliq nazorat hamda yakuniy nazorat baholari orqali amalga oshiriladi.
Talaba fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha testlarni topshirishi kerak.
Baholash, joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Talaba nazoratlardan o‘tmagan taqdirda unga yana ikkinchi marta qayta topshirish imkoni beriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.


Download 41.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling