Alfraganus university nodavlat oliy ta’lim tashkiloti


Download 28.24 Kb.
bet1/3
Sana12.09.2023
Hajmi28.24 Kb.
#1676155
  1   2   3
Bog'liq
Samandar Sillabus


ALFRAGANUS UNIVERSITY
NODAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTI

TASDIQLAYMAN”
Alfraganus university nodavlat
oliy ta’lim tashkiloti rektori
____________________F.T. Egamberdiyev

“___”____________2023-yil



Tibbiy va biologik fizika” fanidan


FAN DASTURI


Bilim sohasi: 900000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi : 910000 – Sog’liqni saqlash
Ta’lim yo’nalishi: Davolash ishi








































Toshkent-2023



Fan/modul kodi



O‘quv yili
2022-2023

Semestr
1-2

ECTS - Kreditlar



Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Tibbiy va biologik fizika

48







2.

Tibbiy va biologik fizikadan asosiy nazariy qism(ma’ruza mashg‘ulotlari)

  1. Fanning mazmuni

Fan va texnikaviy taraqqiyot jadallashgan hozirgi davrda oliy ta’lim tizimini islohoti, oliy o’quv yurtlarida ta’lim sifatini yaxshilash, xususan tibbiy oliygohlardagi o‘quv jarayonini sifatini va omilkorligini oshirishga, tayyorlanayotgan mutaxassislarning nazariy bilimlarini, kasbiy mahoratini va ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Bo‘lajak mutaxassislarda organizmdagi a’zo va sistemalarning faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, har qanday kasallikning paydo bo‘lishi jarayonlari asosida biofizikaviy o‘zgarishlarni birlamchiligini ko‘rsatishda biofizika muhim hisoblanadi.
Tibbiy va biologik fizika fanining vazifalari:
Odam organizmi tashkiliy qismlarini faoliyatini amalga oshirishda fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlar ahamiyati va unda organizm a’zo va to‘qimalarining faoliyati asosida yotuvchi umumiy fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni o‘rganish, organizm to‘qimalari va suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik xossalarini o‘rganish, ularning fiziologik holati va anatomik tuzilishida tarkib va funksiyaning birligi nuqtai nazaridan bir butunligini tushunish, tashqi muhitning fizikaviy davolovchi va salbiy ta’sirlarining asosiy biofizikaviy mexanizmlari to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘lish. Fan boʼyicha talabalarning bilimlariga, koʼnikma va malakasiga qoʼyilgan talablar
Tibbiy va biologik fizika fanini oʼzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr bilishi kerak:
Organizm a’zo va to‘qimalarining faoliyati asosida yotuvchi umumiy fizikaviy va biofizikaviy qonuniyatlarni, organizm to‘qimalari va malakalariga qo‘yiladigan talablar suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik xossa va xususiyatlarini, tashqi muhitning fizikaviy davolovchi va salbiy ta’sirlarining asosiy biofizikaviy mexanizmlarini bilishi kerak; fizikaviy qonuniyatlarni tirik organizmdagi jarayonlarga tatbiq etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Tibbiy biologik ma’lumotlarni fizik-texnikaviy asboblar yordamida olish, qayd etish va tahlil etish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fizik kattaliklar va ularni birliklarini; o‘lchov asboblari va ularni o‘lchash aniqliligi;
- tibbiy biologik axborotlarni olish va uni statistik tahlil qilishni;
- xatoliklar nazariyasini;
-biologik to‘qimalarni fizik xossalarini;
-biologik suyuqliklarni qovushqoqligini, qovushqoqlikni o‘zgarishini organizmga ta’sirini;
-yurak faoliyatining fizik asoslarini;
- arterial bosimni aniqlashning fizik asoslarini;
- tovush va undan tibbiyotda foydalanishni;
tirik sistemalar termodinamikasini;
-organizmning elektrik va magnit xususiyati;
-o‘zgaruvchan tokni organizmga ta’sirini;
-o‘zgarmas tokni organizmga ta’sirini;
-ko‘zning optik sistemasini;
-linzalar va ularni xususiyatlarini;
-optikaviy qonuniyatlardan tibbiyotda foydalanishni;
-radioaktivlik asoslarini; ionlashtiriuvchi nurlanishni organizmga ta’sirini;
-ionlashtiriuvchi nurlanishdan tibbiyotda foydalanishning fizik asoslarini;
-tibbiyotda vizuallashtirishga asoslangan tashxislash usullarini.

Download 28.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling