Alfraganus university


O‘qitish va o‘rganish usullari


Download 73.48 Kb.
bet11/14
Sana11.08.2023
Hajmi73.48 Kb.
#1666469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
SILLABUS Farmasevtik botanika”Alfraganus

O‘qitish va o‘rganish usullari
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar: Modul bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari kompyuter, televizor, multimedia qurilmalari va laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot 8 texnologiyalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi: - amaliy mashg‘ulotlarni maqsadini aniq belgilab olish; - o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish; - talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash; - talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash.



Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

Ma’ruza

46

Amaliy mashg‘ulot

50

Mustaqil ta’lim

144

Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari

240


Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash seminar mashg’ulotlaridagitalabaning faolligi, joriy, oraliq nazorat xamda , yakuniy nazorat baholash orqali amalga oshiriladi.
Talaba fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha testlarni topshirishi kerak.
Baholash, joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Talaba nazoratlardan o‘tmagan taqdirda unga yana ikkinchi marta qayta topshirish imkoni beriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.




Download 73.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling