Algae tuban oʻsimliklar dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli
Download 105.13 Kb. Pdf ko'rish
|
Suvoʻtlar - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Suvoʻtlar Suvoʻtlar (Algae) — tuban oʻsimliklar dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda oʻsadi. S. bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya boʻlib yashaydigan, koʻp hujayrali va uz. 60 m gacha boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. Ayrim turlarida toʻqimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan, oʻtkazuvchi toʻqimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koʻkyashil va proxlorofit S. — prokariotlar; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida sianobakteriyalarga, evglenasimon S.ni koʻpincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini boʻlishi, ayrim turlarining golozoy oziqlanishi tufayli) kiritiladi. Eukariot S hujayrasi xloroplastlari (xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan S.da xivchin, baʼzan koʻzcha, qisqaruvchi vakuola boʻladi. Koʻpchiligi avtotrof, bir qancha turlari geterotrof va golozoy oziklanadi. S.ning bir qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga oʻtgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy (gologamiya, izogamiya, anizogamiya, oogamiya) koʻpayadi. S. zoosporalar hosil qilib koʻpayishi bilan yuksak oʻsimliklardan farq qiladi. Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobigʻi tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va gʻujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, S. 10 boʻlim; koʻkyashil, qizil, tillarang , diatom, dinofit, qoʻngʻir, sariqyashil, evglenasimon, yashil, harasimonlarga ajratiladi. 41000 dan ortiq turi maʼlum. Dengizlarda qirgʻoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va oʻta shoʻrlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, togʻ va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega boʻlgan S. 2 guruhga boʻlinadi: a va v xlorofillga ega boʻlgan yashil S. (evglenasimonlar, yashil S, harasimonlar) hamda v xlorofillsiz, lekin koʻpincha s
xlorofillga ega boʻlgan sariqqoʻngʻir S. (tillarang , diatom, sariqyashil S). S.ning har xil boʻlimlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. S. biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta ahamiyatga ega; okeanlarda Si biomassasi 1,7 mlrd. t ga yaqin (1 yilda 550,2 mlrd. t). S. 1 ga suv yuzasiga nisbatan 1,3—2,0 t quruq biomassa hosil qiladi.
Yer atmosferasida erkin kislorodning paydo boʻlishi ham S. bilan bogʻliq. S. eng qad. organizmlar boʻlib, ulardan boshqa oʻsimliklar kelib chiqqan. Koʻpchilik bir xujayrali S. zamburugʻlar bilan simbioz yashashi tufayli lishayniklar xrsil boʻlgan (qarang Lishayniklar ). S.ning Yer yuzidagi geokimyoviy ahamiyati kalsiy va kremniyning tabiatda aylanishi (diatom S. qoldiqlari) bilan bogʻliq. Yirik S. ovqat uchun ishlatiladi, chorva ozigʻi sifatida qoʻllanadi va tibbiyotda alginatlar, yod va mikrobiologiya sanoati uchun zarur boʻlgan agaragar olinadi. Laminariya, makrotsista, porfira va boshqa S. dengizlarda maxsus koʻpaytiriladi (qarang Akvakuloʻpura ), Koʻpchilik S.dan oqova suvlarni biologik tozalash va suv havzalarining ifloslanishini aniqlashda bioindikator sifatida foydalaniladi. Sni oʻrganuvchi fan — algologiya deyiladi.
Oʻktam Pratov.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
" https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Suvo tlar&oldid=2053318 " dan olindi Download 105.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling