Algebra fanining vujudga kelishi va rivojlanishi reja: Algebra fanining vujudga kelishi. Algebra faning rivojlanishi


To‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishishi


Download 227.39 Kb.
bet7/9
Sana04.04.2023
Hajmi227.39 Kb.
#1327684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ALGEBRA FANINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI

To‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishishi


Agar to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel yoki tegishli bo‘lmasa bu to‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishadi.
To‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishishi natijasida nuqta hosil bo‘ladi.
Bu nuqtani aniqlash uchun qo‘yidagi yasash algoritmlaridan foydalanadi (107-rasm)
· Berilgan a to‘g‘ri chiziqdan yordamchi S tekislik o‘tkaziladi: a Ì S
· va S tekisliklarning kesishish l chizig‘i yasayladi: S Ç R = l
· a to‘g‘ri chiziqning l bilan kesishgan nuqtasi K = al bo‘ladi.
·

 
107-rasm 108-rasm
Natijada, K nuqta a to‘g‘ri chiziqqa va P tekislikka tegishli umumiy nuqta bo‘ladi. Odatda, yordamchi S tekislikni proyeksiyalovchi vaziyatda o‘tkaziladi.
Chizmada a(a′, a″) to‘g‘ri chiziqning P(PHPV) tekislik bilan kesishish nuqtasi K ning K′ va K″ proyeksiyalarini yuqorida keltirilgan yasash algoritmlari bo‘yicha aniqlaymiz (108-rasm). Buning uchun:
· To‘g‘ri chiziqning a′ proyeksiyasidan yordamchi gorizontal proyeksiyalovchi S tekislikning SH izini o‘tkaziladi.
· S va P tekisliklarning kesishuv chizig‘ining l′ va l″ proyeksiyalarni yasaladi. Buning uchun tekisliklar izlarining kesishish nuqtalarining proyeksiyalari M′, M″ va N, N″ dan foydalaniladi.
· a to‘g‘ri chiziqning frontal aproyeksiyasi S va P tekisliklarning kesishish chizig‘i l ning frontal l″ proyeksiyasi bilan kesishib K nuqtaning K″ proyeksiyasi aniqlanadi: K″=a″Ç l″.
K nuqtaning Kproyeksiyasi tekislikning SH iziga yoki a to‘g‘ri chiziqning a′ proyeksiyasiga tegishli bo‘ladi: K′Îa′ va K′ÎSH.
Yuqoridagi misolni a to‘g‘ri chiziq orqali frontal proyeksiyalovchi tekislik o‘tkazish yo‘li bilan ham yechish mumkin.
P(mÇn) tekislik bilan a to‘g‘ri chiziqning K kesishish nuqtasining proyeksiyalari 109-rasmda a to‘g‘ri chiziq orqali S(SH) gorizontal proyeksiyalovchi tekislik o‘tkazish bilan aniqlangan. 110-rasmda m to‘g‘ri chiziq orqali S(SV) frontal proyeksiyalovchi tekislik o‘tkazish yo‘li bilan aniqlangan.

109-rasm 110-rasm
Ayrim hollarda to‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishish nuqtasi mazkur tekislikni ifodalovchi chegaralangan ABC tekis shaklning tashqarisida bo‘lishi mumkin (111-a, b rasm). Bunday hollarda tekislikni chegaralanmagan geometrik sirt ekanligini esda tutish lozim.

a) b)
111-rasm


Adabiyotlar:


1. Xorunov R. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1997.
2. Sobitov E. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1993.
3. Murodov Sh. va boshqalar. Chizma geometriya kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1988.
4. Abdullayev U. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.
5. Raxmonov I. Chizmalarni chizish va o’qish. – Toshkent: O’qituvchi, 1992.
6. Ismatullayev R. Chizma geometriya. – Toshkent: O’qituvchi, 2005.
7. J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.

Download 227.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling