Algebraik materiallar haqida umumiy ma`lumotlar va ifodalar
-BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA MATEMATIK O`YINLAR VA BOSHQITIRMALAR ASOSIDA
Download 0.55 Mb.
|
ХАКИМОВА ТАЙЁР
2-BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA MATEMATIK O`YINLAR VA BOSHQITIRMALAR ASOSIDA O’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini oshirish metodikasi
1-§. Matematik o`yinlar va boshqotirmalar bilan o’quvchilar qobiliyatlarni oshirish usullari Har bir sinfda matematika bilan qiziquvchi bir necha o’quvchi mavjud. Matematik o`yinlar va boshqotirmalardan foydalanishda o’qituvchi o’quvchilarga darslarda nima ishlar bilan shug’ullanishlarini gapirib berishi, bu mashg’ulotlar ularga qanday foyda keltirishi, mashg`ulotlarda qanday yangiliklarni va qiziqarli narsalarni bilib olishlarini aytib berishi yetarli. Matematik o`yinlar va boshqotirmalar o’quvchilarning matematikaga qiziqishlari oshishiga vaqti-vaqti bilan ularga uyga kichik hajmdagi qiziqarli masalalar, sofizmlar, matematik fokuslarning hamda o’rganilayotgan material bilan bog’liq tarixiy ma’lumotlarni berib borish muhim omil bo’ladi. Vatanimizning ulkan umidi bo‘lmish farzandlarimizning kelajakda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, o‘z vatani va xalqini jon-dildan sevuvchi insonlar qilib tarbiyalash, kichkintoylarni maktab ta’limiga tayyorlash, o‘quvchilarga ta’lim tarbiya berishda ota-onalarni jalb etish, har bir bolaga dars berishda individual yondashuv…… bularning bari «REAKS» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan «Qadamma-qadam» dasturining talab va maqsadlaridandir. Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim vazirligi xamkorligidagi ushbu dasturning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, u Respublika Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash milliy Dasturini amalga oshirish maqsadida turli interboll usullarni qo‘llagan holda olib borishni taqozo etadi. Matematika ta’lim mazmunida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini kuchaytirishga imkon beruvchi amaliy ishlar va rivojlantiruvchi topshiriqlar kiritish nihoyatda yaxshi natijalar beradi. Mustaqil fikrlash o‘quvchilarning tafakkur doirasini, ijodiy fikrlash salohiyatini kengaytiradi. Boshlang‘ich sinfda bolalarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, aqliy qobiliyatlarini o‘stirish juda muhim vazifasidir. Donolarimiz «Yoshlikda olingan bilim, toshga bitilgan naqsh singari o‘chmasdir», -deb bejiz aytmagan. Umumiy o‘rta ta’limning poydevori boshlang‘ich ta’lim hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematika mavzularini sindirishda eng qulay usullardan biri qiziqarli, didaktik o‘yinlar o‘tkazishdir. O‘yin jarayonida o‘quvchilarda matematika faniga qiziqish, ijodiy fikrlash ortib boradi. Bunday o‘quvchilardan kelajakda yaxshi hisobchi, ishbilarmon, hayotni to‘g‘ri tasavvur qiluvchilar yetishib chiqishi mumkin. Bolalarda o‘yinni o‘rgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. O‘yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundandir. O‘yin o‘tkazish shakllari va usullari ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o‘yin usullari cheksiz, takrorlash va o‘zgartirish, unda turli yangiliklar kiritish, imkoni bor. Masalan, biz “Jimjitlik” o‘yinining 5-7 xilini butun sinf bilan xamda ayrim bolalar bilan o‘n martadan ko‘proq, takrorlab o‘tkazdik. “Nima o‘zgardi?” turidagi o‘yin 5 xil turli ko‘rsatmali materiallar bilan o‘tkazildi. Natijada o‘yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo‘lishiga hamda o‘yinning har bir qoidasini tinglay bilish va o‘yin qoidasiga rioya qilishiga yetishish imkonini berdi. Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli jihatidan asosan bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‘yinlardan ham har tomonlama farq qiladi. Didaktik o‘yinlar o‘qitish va zifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli va tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jon dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir mashqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar. Natijada ularga didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan qiziqish ortib boradi. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadi, har maqsadning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar ta’limning ko‘rgazmaliligini, o‘qituvchilarning nutqini va bolalar harakatini o‘z ichiga oladi. Buning natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlikk tug‘iladi. Bu esa o‘qituvchining aytganlarini bolalarning o‘ylab olishiga va aytilganlarini ifodalab berishlariga yahni, didaktik o‘yin qoidalarini o‘zlari bajarishga undaydi. Didaktik o‘yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o‘qituvchilar faoliyatini tashkil qilish imkonini beradi. SHuning uchun ham barcha bolalar o‘yin vaqtida zo‘r qiziqish bilan harakat qiladilar. Didaktik o‘yinlar bolaning has-tuy g‘usiga tahsir etib, unda o‘qishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o‘yinda zo‘r mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. O‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar. Ularning ongida beixtiyor ertangi o‘quv kunining quvonchli, manzarasi gavdalanadi. Har bir didaktik o‘yinda ko‘pchilik bolalar yoki butun bir sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Masalan, “Dioraviy misolar” o‘yinida hamma bolalar masala yechadi. “Zanjircha”da o‘n nafar, “Do‘koncha”da sakkiz-o‘n ikki nafar, “Narvoncha”da esa hamma o‘quvchilar masala yechadilar. Bundan tashqari o‘yin jarayonida hatto bolalardan bahzi birlari ishtirok etmasa ham, ular o‘yinda imo-ishoralar bilan qatnashadilar. Masalan, ko‘zlarini yumib kim necha marta taqillatganini tinglaydilar. “Eng yaxshi xisobchi”, “Kim aniqroq va tezroq” kabi o‘yinlarda o‘z o‘rtoqlarining misolini qanchalik to‘g‘ri-noto‘g‘ri yechayotganliklarini kuzatib boradilar. Bu esa o‘qituvchiga o‘quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo‘lish imkoniyatini beradi. Didaktik o‘yinlar o‘tkazish jarayonida bolalarning o‘zlarini mustaqil boshqara olishga o‘rganishlarini ta’kidlab turish lozim. Didaktik o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyatlari nimalardan iborat?6 Tajriba shuni ko‘rsatdiki didaktik o‘yinlar hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki o‘yin g‘alaba qozonishga intilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘yin shartlari va qoidalariga qathiy va izchil rioya qilishni talab qiladi. “Kim aniqroq va tezroq”, “Bo‘sh kelma”, “Eng yaxshi hisobchi”, “Ko‘rganini eslab qolish” kabi o‘yinlar o‘tkazish paytida o‘quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo‘lishiga o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishdariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o‘tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar. Darslarda o‘yinqaroqlik qilib o‘tiradigan va o‘qituvchining bitta dars davomida 10-15 martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o‘yin o‘tkaziladigan vaqtda bunday bollarning xulq atvori tamoman o‘zgarib ketadi. Ular darhol o‘zlarini tutib oladilar. O‘qituvchining o‘yin qoidalarini ko‘rsatib berishini kutib o‘tirmaydilar ham. Qoidalarni o‘zlari mustaqil bajaradilar. Didaktik o‘yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish xislatlari tarbiyalanadi. Didaktik o‘yinlar bolalarda do‘stlik birodarlik, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash va taraqqiy ettirishda yordam beradi. «Kim tuzgan so‘z yaxshiroq», «Zanjircha», «Narvoncha», «Bilgan kishi sanashni davom ettiraversin» singari o‘yinlar o‘tkazilayotganda bolalar o‘z o‘rtoqlari, o‘zi tuzgan so‘z va o‘z sinflarining sharafi uchun kurashadilar. Bir safga tizilganlar ikkinchi safga turgan o‘quvchilar bilan musobaqalashayotganda topshiriqni saflardan birining o‘quvchisi yoki bir necha o‘quvchilari, yoxud butun bir saf bajaradi. Odatda, bolalar o‘z sheriklariga dalda berib turadilar. Agar o‘rtoqlari topshiriqni to‘g‘ri bajarsa, undan behad xursand bo‘ladilar, u Bilan faxrlanadilar. SHuni ham aytish kerakki, o‘yin o‘tkazilayotgan paytda bolalarda hasad, qizishib ketish singari salbiy xislatlar uchramaydi. Didaktik o‘yinlar ijodiy shaxsni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o‘yinning takrorlanishi topshiriqni bajarishga yangicha munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib chiqaradi. Didaktik o‘yinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan ishni oxirigacha yetkaza bilish singari eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Masalan, «Doiraviy misollar» o‘yinida oltita misolning hammasini yechish kerak, aks holda oxirgi sonning birinchisiga to‘g‘ri kelish-kelmasligini bilib bo‘lmaydi. Anna shuning o‘zi bolalrni faollashtirib yuboradi va ular misolni yechmay qo‘ymaydilar. «Do‘koncha» turidagi o‘yinda «o‘yinchoqlar» sotib olishning o‘zi Bilan ish bitmaydi, balki bir necha o‘yinchoqlar narxini hisoblab chiqishga, necha pul «qaytarib» berish kerakligi xaqida o‘ylab ko‘rishga ham to‘g‘ri keladi. Bolalar «Qiziqarli kvadratlar» o‘yinida murakkab matematik amallarni bajaradilar. Bunda o‘quvchilarga bir yo‘la bir necha amallarni bajarishga, chiqqan natijalarni taqqoslashga, yechilishi mumkin bo‘lgan natijalar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga va xatarli xisobdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Bularning hammasi tez, zo‘r qiziqish va aqliy faoliyat bilan o‘tadi. Katta chiroyli to‘pni ko‘rgan o‘quvchilarda tortinchoqlik yo‘qola borib, dadillik bilan sonlarni o‘ylab topishga kirishadilar. O‘yin jarayonida bollarda tevarak-atrof haqida to‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Bu esa bolalarda topshiriq mazmunini turli xil tushunishlariga yordam beradi. «Do‘koncha» , «Nimani taqqillatdim?», «Teatr», «Bolalar bog‘chasida», «Mehmondorchilikda» kabi o‘yinlarda bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, narsalarning sifatini, og‘irlik o‘lchovi, narx-navolar va boshqalarni bilib oladilar. Ularda fazoviy tasavvurlar mustahkamlanadi. Didaktik o‘yinlar o‘qituvchini bolalarga yaqinlashtiradi. O‘qituvchi bollar nazarida tarbiyachigina emas, balki chinakam do‘stga aylanadi. Bu esa ayniqsa, dastlabki kunlarda yuz beradigan yotsirash hollarida yordam beradi. SHunday qilib, o‘yinlar bolalarda o‘qituvchi va o‘quvchiga nisbatan ijobiy munosabat paydo qiladi. O‘quvchi didaktik o‘yinlar sifatida har qadamda didaktik mashqlardan foydalanadi. Bolalar jon dillari Bilan darsdan keyin qolishga rozi bo‘ladilar va o‘zlariga berilgan topshiriqni tezda bajaradilar. O‘quvchi didaktik o‘yinlar sifatida har qadamda didaktik mashqlardan foydalanadi. Agar o‘qituvchi rasmlar dan didaktik o‘yin sifatida foydalanmoqchi bo‘lsa, unda u bolalarga «Har bir qatordan ikkitadan eng yaxshi hisobchini tanlang. Ulardan biri birinchi misolni, ikkinchisi esa ikkinchi misolni yechadi. Ulardan qaysi biri tez yechsa, o‘sha qator g‘olib bo‘ladi» -deydi. Avval birinchi qatordagi partadan ikki o‘quvchi chiqib, misollarni tez yechadilar va natijasiga qarab chap yoki o‘ng qatorga o‘tiradi. Keyin bu o‘yin takrorlanadi va boshqa qatordagi partada o‘tirgan o‘quvchilar bajaradi. Bu ishni didaktik mashq sifatida bajarish mumkin. Bu vaqtda faqat chap tomonda yoki o‘ng tomonda yozilgan misollar ishlanadi. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar mazmuni va ahamiyatini chuqur va aniqroq tasavvur qilish maqsadida men bu ijodiy ishimda ta’lim didaktik o‘yin-topshiriqlari singari dasturchalarning ta’siriga va ularning ma’nosini ochib berishga to‘xtalib o‘tmoqdaman. Ta’lim – o‘quvchilarga ko‘nikma va malakalar berishning, bu bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘quvchilar uqib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab olishining kerakli jarayonidir. Ta’lim jarayoni – bolalar xotirasining boyishi, ularning tafakkurining o‘sishi, turli xil metodlar yordamida sodir bo‘ladigan fazilatdir. O‘yin – bolalarning ongi va qalbiga singib ketgan faoliyatidir, ularning bu faoliyati o‘yin turlariga qarab ob’ektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o‘zida aks ettiradi. O‘yin sinfda o‘tiladigan o‘quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishidir. Tajribada shu narsa isbotlandiki, o‘yin kichik maktab yoshidagi o‘quvchi bolalarning zarur hayotiy extiyojidir. Didaktik o‘yin – ta’lim beruvchi usul bo‘lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuvda, ya’ni o‘tilgan o‘quv materialini aniqlashga mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Har bir didaktik o‘yinni o‘tkazishda muayyan bir vazifa maqad qilib olinadi. Didaktik topshiriq darsga qo‘yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o‘yinning ham har qanday o‘yinddagi singari qoidalari bo‘ladi. O‘sha qoidalarga amal qilinmasa, o‘yinning o‘yin sifatidagi ahamiyati, binobarin, o‘yinning ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo‘qoladi. O‘yin qoidalari o‘yin topshirig‘iga kiritiladi. O‘yin topshirig‘i – o‘qituvchining bolalarga o‘yinning qanday o‘ynalishi, kim g‘olibligini aniqlashdan iborat. Darsning maqsadiga va mustaqil tshga ajratilgan vaqtiga qarab, o‘qituvchi bolalarga kartochkalarning bir tomoniga joylashgan vazifalarni taklif qilishi mumkin. Topshiriqlarni to‘g‘ri bajarilganidan keyin kartochkalardan tekshirish mumkin. O‘qituchi o‘quvchilarga yo‘l qo‘ygan xatosini aytadi yoki bunday xatolar paydo bo‘lishining oldini olish uchun bajarilgan ishlarni sinf bilan birga tashkil qiladi. O‘qituvchi tayyor kartochkalardan foydalanishi mumkin. O‘qituvchining ixtiyori bo‘yicha kartochkalarni kitobcha qilib yoki har bir kartochkani alohida qilib, tartib raqamlari bo‘yicha konvertda saqlab ishlatish mumkin. Kartochkalarni konvertlarda saqlagan xolda o‘qituvchi mazkur tartib raqamlari topshiriqlarini o‘z ish daftariga ko‘chirib yozib qo‘ysa, bolalarga nimani bajarish kerakligini tushuntirish oson bo‘ladi. 3-sinfda mustaqil ish uchun foydalaniladigan kartochkalardan namunalar keltiramiz. Kartochka № 1 Masalani qisqa yozing va yeching. Beshta bir xil ko‘zada 40 litr sut bor. Sakkizta shunday ko‘zada qancha sut bo‘ladi? Amallarni bajaring: 429+1 450-1 399+1 430-1 209+1 600-1 Ifodalarni taqqoslang: 3*99*3 7*34*7 52-5084-54 50-2759+28 6*3+66*5 3*4-33*3 Kartochka № 2 Masalani qisqa yozing va uni yeching: Filbir sutkada 81 kg, tuya esa undan 9 marta kam ovqat yeydi. Tuya bilan fil bir sutkada qancha ovqat yeydi? Berilgan misollardan to‘g‘ri yechilganini ko‘chirib yozing: 28-8:4=5 70-28:7=6 28-8:4=26 70-28:7=66 Amallarni bajaring : (42-28):228:4 (60-39):75*(13-9) Kartochka № 3 1.5 metr shoyi uchun 100 so‘m, 4 metr jun gazlama uchun 120 so‘m to‘landi. 1 metr jun gazlama necha so‘m turadi? Kvadratchalar o‘rniga qanday raqamlar yozilishi kerak? *=5 +1=30 2:=8 *=6 -1=29 7:=9 Kesmani o‘lchang. Undan ikki marta uun kesma chizing Sanoqqa doir ba’zi didiaktik o‘yinlarning tasnifi: 1-guruh: Birinchi o‘nlik doirasidagi son tarkibi malakalarini mustahkamlovchi o‘yinlar 1. buyumlarni 10 gacha sanash Didaktik o‘yin: “Jimjitlik”. Didaktik topshiriq: Bolalarning oddiy sanoq haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash O‘yin topshirig‘i: aniq buyumlarni “xayolda” sanab kerakli sonni barmoqlar bilan ko‘rsatish. O‘yinnig borishi: o‘qituvchi 4 ta qo‘g‘irchoqni ko‘rsatganda bolalarning hammasi 4 ta barmoqni ko‘rsatadi. Sinfda jimjitlik. Bolalarning butun diqqat e’tibori topshiriqni bajarishga qaratilgan. 2-guruh: Son tarkibini mustahkamlovchi o‘yinlar. Ko‘pchilik o‘yinlar eng qiyin matematik boshg‘lanishlardan biri son tarkibining bolalar tomonidan o‘zlashtirilishiga ko‘maklashuvchi ajoyib vositalardan hisoblanadi. O‘quvchilarning son va raqamlarning uzoq vaqt esda saqlab qolishlarining o‘zi bilan ish bitmaydi. SHuni unutmaslik kerakki, son va raqamlarni shu tarzda esalab qolish yetti yashar bolalar uchun ham xarakterlidir. Materiallarni puxtaroq o‘zlashtirish va aniqlash uchun “Teatr”, “Nima o‘zgardi?” kabi maxsus o‘yinlar o‘ztkazish yaxshi natija beradi. 2. 4 soni va raqami. Didaktik o‘yin: “Nima o‘zgardi?” Didaktik topshiriq: 4 soni tarkibining turli usullarini mustahkamlash. O‘yin topshirig‘i: bolalarning turgan joylarini eslab qolish, ularning almashganlarini bilish. O‘yin jonli va qiziqarli bo‘ladi. Alohida – alohida so‘rash natijasida doskaga chiqarilgan o‘quvchilargina emas, sinfda o‘tirgan boshqa o‘quvchilar ham to‘rt sonining tarkibini yaxshi tushunganlari aniqlanadi. O‘yin besh minut ddavom etadi. 3-guruh: O‘nlikdan o‘tib hisoblash malakalarini mustahkamlovchi o‘yinlar. Birinchi o‘nlik ichida hisoblash dastur asosida uzoq davom etadi. Bolalarda faqat o‘nlik ichida hisoblash malakasi hosil bo‘ladi. Ular o‘ngacha yoki hatto ikkinchi o‘nlik ichida ham tez va dadil hisoblayveradilar. Biroq o‘nlikdan o‘tish ular uchun qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘pincha 1-sinfda 7 ga 5 ni, 8 ga 6 ni qo‘shishda, shuning singari qo‘shish amallarini bajarish paytida ham bolalar barmoq yordamida hisoblashda davom etadilar. O‘nlikdan o‘tib hisoblashda birinchi o‘nlik ichida hisoblash paytida mustahkamlangan ikkilik, uchliklarni qo‘shib hisoblash malakalari yo‘qola borib, yana bittadan qo‘shib hisoblash qoidasi paydo bo‘ladi. O‘nlikdan o‘tib hisoblashni yana yaxshtroq mustahkamlash maqsadida “Tuk-tuk”, “Do‘koncha”, “Narvoncha”, “Jadvalni qidirib top”, “Sanayver”, “Hisoblashni kim bilsa, davom ettiraversin” kabi o‘yinlar o‘tkazilgani ma’qul. 4-guruh: Bir necha birliklar kamaytirish va orttirish, masalasini yechish malakalarini mustahkamlovchi o‘yinlar. Bir necha o‘nlikni orttirish kamaytirish masala hamda misollarni yechish asosan ikkinchi yarim yillikdagi masalalarning eng qiyin tkrlaridan biridir. Bu xildagi masala va misollarni yechishdagi murakkablik shundaki, savollarni ifodalash va bajariladigan amallarni tartib bilan so‘zlab berish fikrning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Fikrning bu tarzda mantiqan to‘g‘ri bo‘lishi lozimligi katta o‘rin tutishi aslida oddiygina bo‘lgan masalani tushunib olishiga to‘sqinlik qiladi. Hamma bolalar raqamlar bilan istalgan bir amalni bemalol uddalay oladilar. Biroq ularni ko‘paytirish va kamaytirish misollarini yechishda ko‘pincha qiynaladilar. Ular hali sonlarni oddiy sur’atda qo‘shishni, masalan, 5+2=7 amali bilan huddi shu amalni so‘zlar vositasida ifoda qilinganda chiqalidigan natija (masalan, “Menda beshta olma bor edi, Vasilada esa mendagidan 2 ta ko‘p” iborasi) teng ekanligini yaxshi tushuna olmaydilar. Bolalar ruhan yaxshi dam olishlari maqsadida “Narvoncha”, “Kim biladi?”, “Topchi qancha” va boshqa o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. “Sharlar yorildi” o‘yini Didaktik topshiriq: O‘quvchilarning arifmetik amallarni to‘g‘ri bajarishga oid bilimini mustahkamlash O‘yin topshirig‘i: Misollar yozilgan o‘yin sharlaridagi topshiriqlarni hisoblashga o‘rgatish. O‘yin bayoni: O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘yin qoidasi bilan tanishtiradi. Har xil rangdagi sharlar, ularning har birida misol yozilgan. Kim misolni javobini to‘g‘ri topsa, o‘sha shar yorilgan bo‘ladi. O‘quvchilar bu misollarning javobini topishga oshiqadilar. SHuning uchun bu o‘yin topqirlikka, hozirjavoblikka, chaqqonlikka, zukkolikka chorlaydi. SHarlar qizil, sariq, ko‘k, yashil bo‘lishi mumkin. O‘qish samaradorligini oshirish maqsadida o‘yinlarni turli usullarda tashkil qilish mumkin. “Quvnoq vagonlar” o‘yini Didaktik topshiriq: O‘quvchilarning arifmetik amallarni bajarishlar jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini bartaraf etishga o‘rgatish O‘yin topshirig‘i: Topshiriqlarni doiraviy misollar yechish orqali o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash O‘yin bayoni: O‘qituvchi o‘quvchilarga savol beradi: Siz qanday transportlarni bilasiz? Avtobus, tramvay, poyezd metro, yengil mashinalar Juda to‘g‘ri javob qildingiz, endi biz sizlar bilan “Quvnoq vagonlar” o‘yinini o‘ynaymiz. Yuk tashuvchi poezd vagonlariga sabzavotlar, mevalar yuklab, ularni bir shahardan ikkinchi shaharga jo‘natish mumkin. O‘quvchilar misollar javobini topib, necha kg jo‘natilayotganganini chaqqonlik bilan aytib berishlari lozim. Bu bilan bolalarning massa o‘lchovlari g‘aqida olgan bilimlari mustahkamlanib boriladi. Dam olish daqiqasida “Svetofor qo‘shig‘i” aytiladi. Uchta chaqmoq ko‘zim bor Svetofor, svetofor, svetofor. Qizil, yashil sap-sariq, Svetofor, svetofor, svetofor. Yashil ko‘zim chaqnasa. Demak, bilki yo‘l ochiq. Qizil ko‘zim chaqnasa, Yo‘l berkilar taqqa – taq. Sariq ko‘zim chaqnasa, Biroz kutgil hamma vaqt. Ko‘zlprimga og‘ayni, Nazar tashla hamisha. Ko‘chalardan o‘tganda, Kapalakdek shoshilma! O‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga qattiq rioya qilish zarurligi tushuntiriladi. O`qituvchi faoliyatining samaradorligi pedagogik mahoratga, kasbiy faoliyatga bog‘liq. Qobiliyatli o‘quvchi fanni kursidagina emas, balki ancha keng va chuqur biladi. O‘quv materiallarini o‘quvchilarga sodda, qiziqarli, tushunarli qilib bayon etadi. O‘quvchilarga mustaqil ravishda faol fikrlarni shakllantiradi. Qiyin va murakkab narsani oddiy va tushunarli qilib yetkazadi. O‘qituvchining nutqi butun diqqat-e’tibori o‘quvchilarga qaratilgan. Xulosa qilib aytganda, o‘quvchi shaxsini shakllantirishda o‘qituvchining ahamiyati va ta’siri beqiyosdir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling