Algebraik materiallar haqida umumiy ma`lumotlar va ifodalar


Download 0.55 Mb.
bet1/19
Sana05.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1275368
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ХАКИМОВА ТАЙЁР


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSINETI
PEDAGOGIKA VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
5141600-BT va STI yo`nalishi, 4-bosqich,
401-guruh bitiruvchisi
HAKIMOVA MOHINUR AMINJON QIZIning


bakalavr darajasini olish uchun yozgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
MAVZU: BOSHLANGICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MATEMATIK O`YINLAR VA BOSHQOTIRMALARDAN FOYDALANISH METODIKASI


Ilmiy raxbar: p.f.n. H.Najmiddinova
Namangan – 2013


R E J A


KIRISH
I-BOB . BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MATEMATIK O`YINLAR VA BOSHQITIRMALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
1-§. Boshlang`ich sinflarda matematik o`yinlar va ularni o`tkazish uslubiyotining umumiy masalalari
2-§. Boshlang`ich sinflarda matematik o`yinlar va boshqotirmalarnnig mazmuni


2-BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA MATEMATIK O`YINLAR VA BOSHQITIRMALAR ASOSIDA O’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini oshirish metodikasi
1. Matematik o`yinlar va boshqotirmalar bilan o’quvchilar qobiliyatlarni oshirish usullari
2-§. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha mashqlar sistemasi va ularni qo’llash uslubiyati
TAJRIBA SINOV ISHLARI
XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Kirish
Muhtaram Prezidentimiz o`zlarining“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. asarlarida “Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat fuqorolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.1 deb ta`kidlagan edilar.
Ma`lumki, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin fan va texnikaga e`tibor yanada kuchaydi. Buni biz Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli kitoblarida keltirilgan quyidagi so’zlaridan ham bilib olsak bo’ladi: “Respublikada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratilgan bo’lib, ularda tadqiqotlar muvofaqiyatli olib borilmoqda. Jumladan, matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va xisoblash texnikasi sohasidagi tadqiqotlar.
Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differensial tenglamalar va matematik fizika, funksional taxlil sohasidagi yutuqlari respublikadan ancha uzoqda ham mashhur”.
Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning eng muhimlardan biri – bu ta`lim tizimini hozirgi zamon talablari asosida qayta tashkil etishdan iboratdir.
“Ta`lim – tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi” - deydi I.A.Karimov.
O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim tog’risida’’ va ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida’’ gi qonunlari hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 – yil 6 – oktabrdagi “Ta’lim – tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida” gi farmoni bu borada muhim ahamiyatga ega.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” – Islom Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tomomila yangi tushunchadir. Ta’lim-tarbiya esa shu keng qamrovli vazifaning tarkibiy bir qismidir. Ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini , ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir sohadir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uch bosqichda amalga oshirish mo’ljallangan edi. Har bir bosqichning o’z oldiga qo’ygan aniq vazifalari bor. Ularning sifatli bajarilishi keyingi bosqichning muvaffaqqiyatiga sabab bo’ladi.
Birinchi bosqich 1997 – 2001 yillarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda amalga oshiriladigan eng asosiy ishlardan biri bu uch yillik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tizimiga zamin tayyorlashdan iboratdir.Ularni moddiy va moliyaviy ta’minlashning 1999 – 2005 yillarga mo’ljallangan ikkinchi bosqich dasturi ishlab chiqildi va hukumat qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu dasturda akademik litsey va kasb – hunar kollejlarini qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, yangidan qurish zaruriyatidan kelib chiqqan holda (har bir viloyat, tuman, qishloq miqyosida) ularning moddiy ba`zasini ta`minlash masalalari o’z yechimini topgan va nihoyat, uchinchi bosqichda (2005 yildan keyin) kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish jarayonini amalga oshirildi.Yuqoridagi uch bosqich to’la to’kis bajarildi.
Prezidentimiz tomonidan parlament palatalarining 2010 yil 12 noyabrda bo’lib o’tgan qo’shma majlisida ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ni “O’zbek modeli” nazarda tutilgan tamoyil, xususan, bosqichma – bosqich va izchil olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishni mantiqiy davomi, deyish mumkin.
Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala – mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlikning roli va ulushini yanada kengaytirishni ta`minlay oladigan qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun dolzarb bo’lib qolmoqda. Konsepsiyada ilgari surilgan sud – huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish borasidagi vazifalarni samarali hal qilishga qaratilgan dastlabki tashkiliy – huquqiy chora sifatida “normativ huquqiy xujjatlar to’g’risida” gi qonunining yangi taxririni qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman aytganda, Prezidentimiz “Mamalakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarning ro’yobga chiqarilishi mamlakatimiz sud – huquq tizimini yanada demokratlashtirish, qonuniy manfaatlarni himoya qiluvchi haqiqiy mustaqil hokimiyatga aylanishiga hizmat qiladi.
Bugun O’zbekistonimiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’lini holisona baxolar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamiyatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, avvalambor, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan –yilga oshib, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro’-e’tiborining toboro yuksalib borayotgani –bularning barchasi Konstitutsiyamizning asosiga qo’yilgan , chuqur va puxta o’ylangan maqsad, prinsip va normalarning hayotbaxsh samarasi desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi.2
Muxtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov, muntazam ravishda yosh avlodning barkamol bo’lib yetishishi va mustaqil O’zbekistonimizning fidoiy kadrlari bo’lmog’i uchun sharoitlar yaratib bermoqdalar, o’zlarining har bir nutqida yoshlarning ta’lim tarbiyasi, bilim saviyasi, dunyoqarashini shaklantirish kabi dolzarb muammolarga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2011 yil 6 apreldagi “O’zbekiston Respublikasining 20 – yilligiga bag’ishlangan” qarorida ham mamlakatimizning 20 yilligini munosib ravishda kutib olishda vatanimiz yoshlarini o’rni beqiyosligini, ularni aqlan va jismonan rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish kerakligini aytib o’tganlar. Bunga misol qilib “Barkamol avlod” sport o’yinlarini, mamlakatimiz yoshlari ishtirokida “Biz – yigirma yoshdamiz” forumini, mehnat va o’quv jamoalari o’rtasida sport turlari bo’yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari, an’anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini, yosh ijrochilar o’rtasida “Nihol”, iste’dodli yoshlar o’rtasida “Kelajak ovozi”, jurnalistika sohasida “Eng ulug’, eng aziz”, “Oltin qalam”, “Ozod yurt to’lqinlari”, shuningdek, yangitdan tashkil etilayotgan “Istiqlol tarix ko’zgusida” (mustaqillik tarixini yoritishga bag’ishlangan eng yaxshi ilmiy va ilmiy – ommobop ishlar uchun). “Istiqlol solnomasi” (kino san’ati sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun) kabi tanlovlarini yuqori darajada o’tkazish, tashkillashtirishni ta’kidlab o’tganlar.
2013 ” Obod turmush yili ” bajarilgan ishlar ko’lami ham juda katta bo’lib, rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda ilm – fan yutuqlaridan, ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish bosh vazifa bo’lib qoladi, bunday ulkan ishlarni muvaffaqiyat bilan uddalash uchun aniq hisob – kitoblar, faning yutuqlaridan ustalik, izchillik bilan foydalanish lozim bo’ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilning asosiy yakunlari va 2013-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Davlat jami harajatlarining asosiy qismi, ya`ni qariyib 59,2 foizi ijdimoiy soha va aholini ijdimoiy himoya qilish chora tadbirlarining amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizidan ortig`i ta`lim, 14,5 foizi ko`prog`i sog`liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo`naltirildi”3 deb ta`kidlagan edilar.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling