8-masala. 1234512345123451234512345 sonidan 10 ta raqamni shunday o’chiringki, qolgan son maksimal mumkin bo’lgan son bo’lsin.
Javob: Maksimal son bu- 553451234512345.
9-masala Petya aytdi: "Kechadan oldin men 10 yoshda edim, kelgusi yilda menga 13 yosh to’ladi" .Bunday bo’lishi mumkinmi?
Yechish: ha, bo’lishi mumkin, agar Petyaning tug’ilgan kuni – 31 dekabr bo’lsa, va u bu gapni u 1 yanvarda aytgan bo’lsa.
10-masala Petyaning mushugi yomg’ir oldidan hamma vaqt aksiradi. Bugun u aksirdi. «Demak, yomg’ir bo’ladi» – deb o’yladi Petya. U haqmi?
Javob:Yo’q, haq emas.
11-masala: O’qituvchi qog’oz varag’iga bir nechta aylana chizib va bir o’quvchidan so’radi: «Bu yerda nechta aylana bor?». «Yettita»– deb javob berdi o’quvchi. «To’g’ri. Bu yerda nechta aylana chizilgan?» – yana so’radi o’qituvchi boshqa o’quvchidan. «Beshta» – deb javob berdi u. «To’g’ri» – dedi yana o’qituvchi. Varaqqa u qancha aylana chizgan?
Javob'> Javob: Jami bo’lib 12 ta aylana chizilgan: beshtasi varaqning bir tomonida va yettitasi ikkinchi tomonida.
12-masala. Professor otasining o’g’li professor o’g’lining otasi bilan gaplashyapti, bunda professorning o’zi qatnashmayapti. Shunday bo’lishi mumkinmi?
Javob: ha, mumin, agar professor – ayol bo’lsa.
13-masala. Yo’l bo’ylab zanjir bo’lib uchta toshbaqa siljiyapti. «Mening orqamdan ikkita toshbaqa siljiyapti» – dedi birinchisi. «Mening orqamdan bita toshbaqa siljiyapti, oldinda ham bitta toshbaqa siljiyapti» –dedi ikkinchisi. «Mening oldimda ikki toshbaqa siljiyapti va mening orqamdan bitta toshbaqa siljiyapti» –dedi uchinchisi. Bu qanday bo’lishi mumkin?
14-masala. Poyezdda uchta donishmand ketyapti. Birdan poyezd tunnelga kirdi va shundan so’ng chiroq yondi, har bir donishmand ko’rdiki, ularning hamkasblarining yuzlari vagon oynasiga otilgan kuldan bulg’angan Uchchalasi ham yuzlari bulg’anga o’z yo’ldoshlari ustidan kula boshladilar. Lekin eng fikrlovchi donishmand o’yladiki, uning yuzi ham bulg’angan.Bunga u qanday erishdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |