1.Qiziqarli va turli hayotiy vaziyatlarga doir masalalar 7
1-masala. Stakanda bakteriyalar bor. Bir sekunddan so’ng bakteriya-ning har biri teng ikkiga bo’linadi, so’ngra har bir hosil bo’lgan bakteriya-lar bir sekunddan so’ng teng ikkiga bo’linadi va h.k. Bir minutdan so’ng stakan to’ladi. Qancha vaqtdan so’ng stakan yarmigacha to’lgan bo’ladi?
Javob. 59 sekundan so’ng.
2-masala. Anvar, Vali va Sanjar avtobusga o’tirishdi, ularda mayda mis tangalar yo’q edi, lekin yo’l haqini to’lashdi. har biri besh tiyindan to’ladilar. Bunga ular qanday erishdilar?
Yechish. Anvar va Vali Sanjarga 15 tiyin to’lashdi, undan 10 tiyindan qaytim olganlar. Shundan so’ng u 15 tiyin pul to’lagan.
3-masala. Kitobdan bir qismi tushib qoldi, uning birinchi beti 328 tartib raqamiga ega, oxirgisining nomeri o’sha raqamlar bilan yozilgan lekin qandaydir boshqa tartibda yozilgan. Tushib qolgan qismda nechta bet bor?
Javob: 495 bet
4-masala. Qopda 24 kg mix bor. Millarsiz taroziga ega bo’lmasdan 9 kg mixni qanday tortib olish mumkin?
Yechish. Dastlab mixlarni teng ikkiga - 12 kg dan ikki guruhga ajratamiz, so’ngra bu guruhlardan birini ham teng ikkiga bo’lamiz, so’ngra yana bir marta teng ikkiga bo’lamiz Olingan 3 kg mixni olib qo’yamiz va qoldiqda 9 kg ni olamiz.
5-masala Shilliqqurt ustun bo’ylab uning asosidan boshlab o’rmalamoqda, har kuni u yuqoriga 5 sm, har oqshom esa 4 sm pastga tushadi. Agar ustunning balandligi 75 sm bo’lsa, u qachon ustun uchiga yetadi?
Yechish. Shilliqqurt ustun uchida 71- kun kechqurun bo’ladi.
6-masala Biror yilning yanvarida to’rtta juma va to’rtta payshanba bo’lgan edi. Bu oyning 20-chi kuni haftaning qanday kuni bo’lgan?
Javob: Yakshanba.
7-masala 199 × 991 o’lchovli xonali to’g’ri to’rtburchakda diagonal nechta xonani kesib o’tadi?
Yechish. Diagonal 199 + 991 – 1 = 1189 xonani kesib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |