Algebraik materiallar haqida umumiy ma`lumotlar va ifodalar


Ishning ilmiy metodik yangiliklari


Download 0.55 Mb.
bet3/19
Sana05.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1275368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ХАКИМОВА ТАЙЁР

Ishning ilmiy metodik yangiliklari
1. Boshlang`ich sinflarda darslarda didaktik o`yinlar va turli xil boshqotirmalardan foydalanish uslubiyotilari ko’rsatildi va zamonaviy o’quv adabiyotlaridan foydalanib kengaytirildi;
2. Boshlang`ich sinflarda darslarda didaktik o`yinlar va turli xil boshqotirmalardan foydalanish va ularni o`qitishdagi didaktik materiallar va didaktik o`yinlardan namunalari keltirilgan;
Ishning amaliy ahamiyati
Maktablardagi boshlang`ich sinflardagi matematika o`quv jarayonida o`qitish usullari va taklif etilgan tamoyillardan matematika o’qituvchilari hamda boshlang`ich sinflar ta’lim sohasidagi mutaxassislar boshlang`ich matematika kursini o’qitishda foydalanishlari mumkin.
I-BOB . BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MATEMATIK O`YINLAR VA BOSHQITIRMALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
1-§. Boshlang`ich sinflarda matematik o`yinlar va ularni o`tkazish uslubiyotining umumiy masalalari
Matematik boshqotirmalar va o’yinlar matematikaga layoqatni, idrok, mantiqiy mulohazani o’stiradi, xotirani mustaxkamlaydi. Matematik boshqotirma va o’yinlar ta’limni o’yin bilan, mehnatni xordiq bilan birlashtiradi, lekin shunday bo’lsada, bunday masalalar bilan shug’ullanish uchun iroda, matonat va qunt lozim.
Boshqotirmalar juda qadim zamonlardan ma’lum, ular misr popiruslaridayoq uchraydi. Eramizning I a.dan Rim tarixchisi Iosif Flaviy masalasi deb nom olgan masala ma’lum. Rivoyatga ko’ra bir guruh jangchi qurshovda qolib , ular orasida Flaviy va uning do’sti ham bo’ladi . Holdan toygan , qutilishga so’nggi umidini tikkan jangchilar orasidan qurshovdan yo’l izlashga ikki kishini tanlash kerak bo’ladi. Flaviy shunday tanlash usulini o’rtaga tashlaydi : jangchilar aylana shaklida terilib , sanay boshlashadi. Bunda har uchinchi jangchi davradan chiqib ketadi , sanoq faqat ikki kishi qolguncha davom etadi . Oqibatda so’nggi ikki jangchi –– dono Flaviy va uning do’sti bo’lib chiqadi . Agar otryadda 41 jangchi bo’lsa , Flaviy va uning do’sti davraning qaysi joylarida turishgan ? Qadimgi qo’lyozma ma’lum qilishicha –– 16- va 31-joylarida .
Bunday boshqotirmalar , o’yinlar avloddan avlodga o’tib keladi, yangi-yangilari o’ylab topiladi. Masalan, shaxmat, shashka, nard, domino,”15”,”Nim”,”Dengiz jangi”, yangi o’yinlardan “Rubik kubchasi” shular jumlasidandir. Bu boshqotirma va o’yinlar o’yinchidan bosh qotirishni , har bir yurishdan oldin imkoniyatlarini “hisob-kitob” qilishni , ya’ni matematik taxlilni taqazo etadi. Shu sababli ular bolalar aqlini charxlaydi. Qolaversa shaxmat o’yini bilan bog’liq mashqlar ustida L.Eyler , K.F.Gauss kabi atoqli matematiklar bosh qotirishgan. “15” o’yini haqida yirik matematiklar kitob yozgan, ”Xanoy minorasi” o’yini esa EHM da programmalashtirish bo’yicha asosiy masalalardan biri bo’lmoqda . Shunday ekan bunday o’yinlar o’quvchilar fikrlash doirasini kengaytirish, ularni mushohada qilishga o’rgatish , ongini rivojlantirishda ham ahamiyatlidir. Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Shu sababli zamon talablariga to’liq javob bera oladigan pedagogik texnalo’giyalarini boshlang’ich sinf matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida jumladan boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish zarurdir.
Ta’lim jarayoniga pedagogik tehnologiyalarni olib kirish. ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikinchi bosqich vazifalaridan biridir.Ta’lim kelajagida muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajagda huquqiy demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotga davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lgan yangilikni o’rganishga doim tayyor bo’lgan , hamkorlikdan cho’chimaydigan,muloqatga erkin kirisha oladigan shaxsni talim-tarbiya jarayonining asosiy maqadi bo’lishi kerak va bu borada texnologiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnalogiya elementi bo’lgan interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda. Shu sababli boshlang’ich sinf matematika darslarida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o’tilsa,o’qitish jarayoni takomillashadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling