Algebraning otasi Muhammad al-Xorazmiy va uning jahon faniga qo’shgan hissasi


Download 26 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26 Kb.
#211626
Bog'liq
Algebraning otasi


Algebraning otasi

Muhammad al-Xorazmiy va uning jahon faniga qo’shgan hissasi

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) Xorazmda tug’ilgan, shu yerda ta’lim olib, o’sib ulg’aygan va keyinchalik Bag’doddagi “Bayt al hikma” – Ma’mun akademiyasida etakchi olim sifatida tan olingan. U bir necha kitob yozgan. Al – Xorazmiyning algebra, astronomiya, geodeziya va boshqa fanlar bo’yicha yozgan asarlari qo’lyozmalari Nyu – York, Parij, London, Moskva shaharlari milliy kutubxonalarida saqlanmoqda va hozirga paytda ham o’z ahamiyatini yo’qatgani yo’q. Ulardan, ayniqsa, “Al – kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l-muqobala” va astronomiyaga oid risolalari jahonga mashhurdir. Algoritmlar nazariyasi deb ataluvchi zamonamiz faniga al-Xorazmiy fikrlari asos bo’lgan.

Al – Xorazmiyning ushbu kitobi XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilindi. Shundan boshlab kitob asrlar bo’yi ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarda ham nasr etildi.

Ayonki, bir tilda yozilgan bir so’z boshqa tillarda boshqacha yozilishi yoki talaffuz etilishi tabiiy. “Al – Xorazmiy” so’zi avval arab tilida “Alxvorazmiy” deb yozilgan. Lotinchada “Algorizmi”, inglizchada “Algoritm”, ruschada “Algorifm” va “Algoritm” shaklida yozilib keldi. Al – Xorazmiy haqida hamma mamlakatlar kitoblari, jurnallari va ensiklopediyalarida yozilgan. Qancha til bo’lsa shunca xil talaffuz al – Xorazmiy, Al-Xorezmi, Algnoarasmi, Alxorizm, Agoithmus, Algoritme, Algaratam, Algartom, Algoribia, Algaiism, Alcoarazmi, Algoazizm, Alkarezmi, Korishmi, Algorytmi va boshqalar.

“Algebra” atamasining kelib chiqishi so’zsiz bizning vatandoshimiz , buyuk alloma al – Xorazmiy nomi bilan bog’liq. Bu haqda bir necha xil taxminlar mavjud. “Algebra” atamasi al – Xorazmiyning yuqorida aytib o’tilgan “Al – kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l-muqobala” nomli asaridagi “al-jabr”dan kelib chiqqan deyiladi. Al-jabr atamasi shakli o’zgarib “Algebra” atamasiga asos bo’lgan degan taxmin mavjud. Ba’zi bir olimlar “Algebra” atamasi bevosita al – Xorazmiy nomidan nomidan olingan degan fikrni aytishadi.



Algebra atamasi qanday kelib chiqqanidan qat’iy nazar ushbu fanga asos solgan vatandoshimiz , buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hisoblanadi.

Butun dunyodagi mashhur matematiklarning hammasi al – Xorazmiyning yaratgan nazariyasi asosida algebra fanini o’rganishgan. Mana shu ma’lumotlarga asoslanib al – Xorazmiyni algebra fanining otasi deb ataymiz. Biz mana shunday buyuk olimlar avlodi ekanligimizdan faxrlanishimiz va shu nomga munosib bo’lmog’imiz kerak.
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling