Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Yoki dastur bajarilishida komandalar yoki buyruqlarning mantiqiy ketma-ketligidir. Blok-sxema
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Algoritm. Blok sxema. Algoritm xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmning 5 ta asosiy xossasi bor: 1. Diskretlilik (Cheklilik)
- Tushunarlilik
- Natijaviylik
Mahkamov.S.X Blok-sxema Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi . Yoki dastur bajarilishida komandalar yoki buyruqlarning mantiqiy ketma-ketligidir. Blok-sxema – bu algorimning grafik ko’rinishi bo’lib, bunda ma’lum ma’noga ega bo’lgan standart grafik elementlardan (to’rtburchak, romb, trapetsiya va h.k.lar) foydalangan holda dastur ishlash sxemasi chiziladi. Odatda algoritm 3 xil ko’rinishda bo’ladi ◦ Chiziqli ◦ Tarmoqlanuvchi ◦ Takrorlanuvchi Mahkamov.S.X Algoritmning asosiy xossalari. Algoritmning 5 ta asosiy xossasi bor: 1. Diskretlilik (Cheklilik)- Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi. 2. Tushunarlilik - Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin. 3. Aniqlilik - Ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi zarur. Chunki ko‘rsatmadagi noaniqliklar mo‘ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. 4. Ommaviylik- Har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi kerak. YA’ni masaladagi boshlang‘ich ma’lumotlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar algorim shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqli bo‘lishi kerak. 5. Natijaviylik- Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz. Mahkamov.S.X Mahkamov.S.X Algoritm turlari bo'yicha misollar Misol: UCHTA sonni qo’shish algoritmi (chiziqli algoritm) Boshlash d=a+b + c Tugash a,b,c ,d d Mahkamov.S.X Misol: Ikkita sonni bir-biriga nisbatan katta yoki kichikligini tekshirish algoritm blok-sxemasi (Tarmoqlanuvchi algoritm) Boshlash Tugash a,b a soni b dan kichkina a>b a soni b dan katta yo’q ha Mahkamov.S.X Misol: A soni 100 dan kichkina bo’lsa 5 ga orttirib borilsin (takrorlanuvchi algoritm) Boshlash a a<100 ha yo’q Tugash a=a+5 goto Kiritilgan 10 ta sonnini yig’indisini topuvchi dastur algoritmi Boshlash a Tugash i=0,10,1 s=0 s=s+a TEMURBEK A. KUCHKOROV Algoritm natijasida “a” ning qiymati NIMAGA TENG??? Boshlash Tugash a a< 73 Natija = a yo’q ha a=a+7 goto Algoritm natijasida “S” ning qiymati NIMAGA TENG??? \ Boshlash Boshlash i=0, 4 ,1 s=12 s=s*3 Natija = s TEMURBEK A. KUCHKOROV Quyidagi misollar yechilishining bloksxemasini chizing... Kiritilgan sonni 10 marta ekranga chiqarib beruvchi dastur blok-sxemasini chizing? Kiritilgan 5 ta sonning o’rta arifmetigini hisoblovchi dastur blok-sxemasini chizing? 3 ta sondan eng kattasini topib beruvchi dastur blok-sxemasini tuzing? Quyidagi o’yin algoritmining blok-sxemasini chizing? Ikkita boladan bittasi ikkinchi bola o’ylagan sonni topishi kerak. Ushbu dastur blok-sxemasini chizing? Kiritilgan a sonning n-darajasini topuvchi dastur blok-sxemasini chizing? Kompyuter z=250 so’m turadi. Xaridorda x so’m pul bor. Agar xaridorgi x summa kompyuter narxidan katta bo’lsa unda xaridor kompyuterni sotib olsin va dastur undagi qolgan x1 summani chiqarib bersin, aks holda dastur “siz kompyuterni sotib ololmaysiz va sizga y so’m yetmaydi” degan xabar chiqarsin. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling