Algoritm haqida. Algoritmga qo’yiladigan talablar. Algoritmlarning berilish usullari


Algoritmlarga quyidagi talablar qo’yiladi


Download 50 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi50 Kb.
#1708386
1   2   3
Bog'liq
Algoritm tushunchasi

Algoritmlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1.Boshlanishi va tugashi ko’rsatilishi kerak.
2.Har qanday amal buyruq tarzida ifodalanishi shart.
3.Har bir amal ijrochiga tushunarli bo’lgan ko’rinishda ifodalangan bo’lishi kerak.
4.Har bir amalda qatnashayetgan o’zgaruvchilarning qiymatlari oldindan aniqlangan bo’lishi kerak.
5.Har qanday amal natijasi bir qiymatli bo’lishi kerak.
6.Bajariladigan amallar soni cheklangan bo’lishi kerak.
7.Yakuniy natijalarni ajratib ko’rsatish va chiqarish shart.
8. Qo’yilgan masalani to’la yechish uchun berilgan hamma ma’lumotlar va mumkin bo’lgan barcha imkoniyatlar hisobga olingan bo’lishi kerak.
9.Algoritm ommaviy, ya’ni bitta sinfga taaluqli bo’lgan ko’plab masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Yuqoridagi talablardan birortasi buzilgan bo’lsa, qo’yilgan masalani yechish uchun tuzilgan algoritm to’laqonli bo’la olmaydi, ya’ni masalaning to’la yechimini bera olmaydi. Masalan: Biron bir amalni bajarishda qatnashayotgan barcha o’zgaruvchilarning qiymatlari oldindan aniqlanmagan (4-talab) bo’lsa, u holda ana shu o’zgaruvchining o’rniga odatda nol qo’yib hisoblanadi. Bu esa har doim xam to’g’ri natijaga olib kelavermaydi. Faraz qilaylik, K-o’zgaruvchining qiymati oldindan aniqlanmagan bo’lsin. U holda D:=(A+B)(K amali natijasini hisoblashning iloji yo’q, chunki nolga bo’lish mumkin emas. Endi 6-talabni buzib ko’raylik:
1. Hisoblansin I:=1 ;
2. Hisoblansin I:=I+1 ;
3. 1 - amalga o’tilsin ;
Bu holda tuzilgan algoritm “cheksiz algoritm” bo’lib qoladi, ya’ni xech qachon “ijrochi” uni tugata olmaydi.
Algoritmlarning berilish usullari
Algoritmlarni 3 xil usulda berilishi mumkin:
A) So’zlar yordamida berish. Bu usulda algoritmning har bir amali so’zlar orqali ifodalanadi.
1-misol. AB kesmani teng ikkiga bo’lish algoritmi.
1. Boshlansin
2. Sirkulning bir uchini A nuqtaga qo’yilsin.
3. Radiusi AB bo’lgan aylana chizilsin
4. Sirkulning uchini B nuqtaga qo’yilsin.
5. Radiusi BA bo’lgan aylana chizilsin.
6. Aylanalarning kesishish nuqtalarini CD kesma bilan birlashtirilsin.
7. CD va AB kesmalarning kesishishi nuqtasi M topilsin.
8. M nuqtani izlangan nuqta deb hisoblansin.
9. Ishni tugatilsin.
б)Matematik formulalar usuli. Bu usulda algoritmning har bir amali matematik ifodalar yordamida beriladi. Algoritmning buyruqlarini ifodalashda oddiy matematik yozuvlardan foydalanish mumkin.
2-misol: ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamaning yechish algoritmi:
1. Boshlansin ;
2. Aniqlansin (kiritilsin) a,b,c ;
3. Hisoblansin D:=b2-4ac ;
4. Agar D<0 bo’lsa chiqarilsin “yechim yo’q”; 8 ga o’t ;
5. Hisoblansin x1:=( -b + ) ( ( 2a ) ;
6. Hisoblansin x2:=( -b - ) ( ( 2a ) ;
7. Chiqarilsin x1, x2 ;
8. Tamom
C) Blok-sxemalar usuli. Bunda algoritmning har bir amali mahsus geometrik shakllar yordamida ifodalanadi. Blok-sxemalarda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:



Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling