Algoritm haqida. Algoritmga qo’yiladigan talablar. Algoritmlarning berilish usullari
Download 50 Kb.
|
Algoritm tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritm deb
Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xususiyatlari. REJA: Algoritm haqida. Algoritmga qo’yiladigan talablar. Algoritmlarning berilish usullari. Algoritmik til haqida qisqacha so’z. Inson butun hayoti davomida algoritmlar ichida yashaydi, lekin buni o’zi sezmaydi. U dunyoga kelishidan tortib to dunyodan ketishigacha bo’lgan davr mobaynida o’z oldiga doim qandaydir masalalar qo’yadi, bu masalalarin yechish yo’llarini qidiradi va turli qonun-qoidalar yaratadi. Agar ana shu qonun-qoidalarni inson belgilangan tartibda bajara olsa, u masalaning to’g’ri yechimiga erishadi, aks holda olingan natija uni qanoatlantirmasligi mumkin. Qandaydir maqsadga erishish yo’lida belgilangan amallar ketma-ketligini bajarayotgan kishi yoki texnik vositalarni ijrochi deb ataladi. Algoritm deb qo’yilgan masalani to’la xal qilish uchun ijrochining bajarishi zarur bo’lgan amallar ketma-ketligining qat’iy tartibiga aytiladi. 1-Misol:Choy damlash uchun qilinadigan ishlar. 1. Choynakni chaying. 2. Choynakka 5 gramm quruq choy soling. 3. Choynakni qaynab turgan suv bilan to’ldiring. 4. Choynakni qopqog’ini yoping. 5. Choynakni o’t ustiga qo’yib, 5 daqiqa dam bering. 6. Choy tayyor. 2-Misol: Ko’chani havfsiz kesib o’tish qoidasi. 1. Dastlab yo’lning chap tomoniga qarang. 2.Agar chap tomoningizda kelayotgan transport vositalari yaqin kelib qolgan bo’lsa, o’tib ketguncha kuting. 3.Chap tomoningizda transport vositalari qolmagan bo’lsa, yo’lning o’rtasiga o’ting. 4.To’xtang. 5. Yo’lning o’ng tomoniga qarang. 6.Agar o’ng tomoningizda kelayotgan transport vositalari yaqin kelib qolgan bo’lsa, o’tib ketguncha kuting. 7.O’ng tomoningizda transport vositalari qolmagandan keyin yo’lni kesib o’ting. 1-misolda ijrochi sifatida choy damlayotgan shaxs, 2-misolda esa ko’chani kesib o’tayotgan inson kelmoqda. Shuningdek ixtiyoriy ovqatni tayyorlash yo’llari, dorivor qaynatmalarni tayyorlash, xakim tomonidan tayinlangan dorilarni qabul qilish va xokazolarni xam algoritm sifatida qabul qilish mumkin. Algoritmga turli fan sohalaridagi masalalarni yechish yo’llari xam kiradi. 3- misol. x20 ni 5 ta amal yordamida hisoblang.
Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling