35-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi “B” sinf majlisi yig`ilish bayonnomasi №3
Download 13.79 Kb.
|
II ЧОРАК ЯКУНИ СИНФ БАЁННОМАСИ Мажлис12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinf yig`ilishi qaror qiladi
135-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi _1 _- “B” sinf majlisi yig`ilish BAYONNOMASI № 3 2023__ -yil._12_.12. ____________MFY Qatnashdilar: 25 nafar, maktab psixologi _Eshonova Gulbahor__ . KUN TARTIBI: 1. II-chorak yakunlari va III-chorakda qilinadigan ishlar haqida. 2 Ta`tilda qilinadigan ishlar haqida , fan to`garaklariga qatnashish ahvoli. 3. Ma`ruza. “Yangi yilni qanday kutib olasiz?” ESHITILDI: 1-masala yuzasidan sinf rahabri _Yo’ldosheva Madina Ravshan qizi_________ so`zga chiqdi va I -yarim yillikda ta`lim tarbiya bo`yicha bajarilgan ishlar haqida hisobotni o`qib berdi. I -yarim yillik davomida o`quvchilarni bilim samaradorliklarini aytib o`tdi, bunga ko`ra 1_-“B” sinf o`quvchilarining chorak yakuni bo`yicha 12 nafar o`quvchi “5” baholarga,13 nafar o`quvchi “4” baholarga, 5 nafari “3” baholarga yakunladilar.Yil davomida past baholarga o`qigan o`quvchilarga tanbeh berdi. O`qishda ham, jamoat ishlarida ham faol bo`lgan o`quvchilar : _Anvarova Shahzoda_, __Tohirov Jasur, _Ashurova Malika_,larga minnatdorchilik izhor qildi.Bundan tashqari III-chorak rejalari bilan ham tanishtirdi. Sinf faollaridan Mo`minjonova Sarvinoz muzokaraga chiqib sinf faollari bilan bayram sanalariga devoriy gazetalarni o`z vaqtida chiqarish va tadbirlar o`tkazish haqida fikr bildirdi. Sinf yig`ilishi qaror qiladi: III-chorak mobaynida ta`lim-tarbiya ishlarini davom ettirilishini nazorat qilish sinf rahbari ____ Yo’ldosheva Madina Ravshan qizi zimmasiga yuklatilsin. 2-masala yuzasidan maktab psixologi __Eshonova Gulbahor__so`zga chiqdi va qaysi fan to`garaklariga kim qatnashayotganligi haqida savol-javob o`tkazdi.Fan to`garaklariga qatnashishni tavsiya qildi. Sinf rahbari so`z olib Ta`til vaqtida bo`sh vaqtlarini samarali o`tkazish uchun barcha o`quvchilar fan to`garaklari, sport to`garaklariga qatnashishlari zarurligini uqtirdi.O`quvchilarga ta`til vaqtida texnika havfsizliklari qoidalari haqida ham eslatib o`tdi.Muzokaraga o`quvchilardan Saidova Mahliyo chiqib o`zini musiqa fan to`garagiga qatnashishi haqida, to`garakda qilinayotgan ishlar, mashg`ulotlar haqida gapirib berdi. Sinf yig`ilishi qaror qiladi: III-chorak mobaynida va t`til vaqtida barcha o`quvchilar fan va sport to`garaklariga qatnashishlarini nazorat qilish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. 3-masala yuzasidan sinf rahbari Yo’ldosheva Madina Ravshan qizi “Yangi yilni qanday kutib olasiz?” mavzusida ma`ruzani o`qib berdi. Ma`ruzada yangi yilni qaysi xalqlar qanday kutishlari haqida qiziqarli ma`lumotlarni eshittirdi.muzokaraga sinf rahbari chiqib yangi yil haqida qo`shimcha fikrlarni bildirdi va o`quvchilarni pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik haqida ogohlantirdi, uning zararli oqibatlari haqida tushuntirdi. Sinf yig`ilishi qaror qiladi: Yangi yil bayramini tinch va osuda o`tishini ta`minlash maqsadida turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi: Download 13.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling