Algoritm haqida. Algoritmga qo’yiladigan talablar. Algoritmlarning berilish usullari
Algoritmik til haqida qisqacha so’z
Download 50 Kb.
|
Algoritm tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmik til
Algoritmik til haqida qisqacha so’z
Yuqorida 3 xil ko’rinishdagi algoritmlar keltirildi. Ularni bilim darajasi o’rtacha bo’lgan ixtiyoriy o’quvchi bajara oladi, Chunki, bu algoritmlarda uning uchun tushunarli bo’lgan so’zlar va formulalardanfoydalanilgan. Informatika fani odatda algoritmlarning ijrochisi deganda EHM ni nazarda tutadi. EHM yuqoridagi usullarda ifodalangan algoritmlarni tushunmasligi mumkin. Demak biz turli masalalarning yechish algoritmlarini EHM larga tushunarli ko’rinishda ifodalash uchun qo’shimcha vositaga muxtoj bo’lib qoldik. Shunday vosita bo’lib algoritmik til xizmat qiladi. Ko’pincha algoritm va algoritmik til tushunchalarini chalkashtirib qo’yishadi yoki bir xil narsa deb qarashadi. Bu noto’g’ri. Algoritmik til deb, algoritmlarni ijrochiga tushunarli va bir xil ko’rinishda ifodalash uchun zarur bo’lgan belgilar va qonun-qoidalar majmuasiga aytiladi. Algoritmik tillarni ko’pincha dasturlash tillari deb xam yuritiladi. Xozirgi vaqtda zamonaviy EHM lar uchun ko’plab dasturlash tillari o’ylab topilgan bo’lib, hammasining o’ziga yarasha qonun-qoidalari mavjud. BEYSIK, TURBO PASKAL, FORTRAN, DELPHI dasturlash tillari ana shular jumlasidan-dir. Ular bir-birlaridan imkoniyatlarining turlichaligii bilan farq qiladilar. Masalan, BEYSIK dasturlash tilini o’rganish uchun sodda va qulay bo’lib, unchalik qiyin bo’lmagan injenerlik masalalari uchun qo’llash mumkin. PASKAL tili esa dastur yozish jarayonida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklarning oldini olish, yangi tipdagi ma’lumotlarni kiritish, rekursiv funksiyalar bilan ishlash, grafik imkoniyatlarining kengligi va boshqa ko’plab xususiyatlari bilan boshqa tillardan farq qiladi. PASKAL dasturlash tiliga 1969 yilda Syurixdagi informatika institutining hisoblash texnikasi bo’yicha mutaxassisi Nikolas Virt asos solgan. 1981 yilda PASKAL tilining xalkaro standarti taklif qilindi. IBM PC kompьyuterlari uchun bu tilning BORLAND firmasi tomonidan TURBO PASKAL versiyasi ishlab chiqildi. Xozirgacha TURBO PASKAL ning 7 dan ortiq versiyalari yaratilgan bo’lib, ular xalq xo’jaligining turli tarmoqlari masalalarini yechish uchun keng foydalanilmoqda. Jahondagi yetuk dasturchilarning ko’pchiligi shu tilda ijod qilishadi. TURBO PASKAL dasturlash tili EHM dasturiy ta’minotini hamda turli amaliy harakterdagi dasturlar dastasini yaratishda eng ko’p ishlatiladigan tillardan biri bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda WINDOWS uchun mo’ljallangan DELPHI vizual dasturlash muhiti yaratilgan bo’lib, u PASKAL tilining xozircha eng mukammal varianti hisoblanadi. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling